Optik filtrlar Optik filtr uzatilayotgan umumiy nurlanish spektridan muayyan to'lqin uzunlikli nurlanishni ajratish uchun ishlatiladigan optik element bo‘lib, spektr bo‘yicha zichlashtirilgan tolali optik aloqa tizimlarida undan optik tola bo'ylab tarqalayotgan turli to'lqin uzunlikli optik signallar majmuini to'lqin uzunligi bo‘yicha alohida kanallarga ajratish maqsadida foydalaniladi. Yarimo‘tkazgichli fotoqabulqilgichlarning v>A Wm.es/h chastotali nurlanish ta’sirida spektral tanlash xususiyatiga ega emasligini e'tiborga olsak, qo‘shni optik kanallarni bartaraf etib, faqat muayyan to‘lqin uzunlikli kanalni uzatish imkonini beruvchi optik filtrlarning muhim ahamiyatga ega ekanligi ma'lum bo‘ladi. 0 ‘zlarining shu xususiyatlariga ko‘ra optik filtrlar nafaqat alohida element sifatida, shuningdek, spektr bo'yicha zichlashtirilgan aloqa tizimlarida turli to‘lqin uzunlikli alohida signallarni guruhiy optik signalga birlashtiruvchi multpleksorlar va bu guruhiy signalni alohida signallarga ajratuvchi demultipleksorlarning asosiy tarkibiy elementi sifatida ham ishlatiladi. Foydalanilgan adabiyotlar. Optik aloqa asoslari (N.Yusupov, R.Isayev) Elektromagnetizm. Elektrodinamika va elektrostatika. E’tiboringiz uchun rahmat!!!
Do'stlaringiz bilan baham: |