Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filialida “TechnoWays” texnologik rivojlanish marafonini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi Nizom


Download 364.76 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/4
Sana18.06.2023
Hajmi364.76 Kb.
#1568522
  1   2   3   4
Bog'liq
TechnoWays texnologik rivojlanish marafoni nizomi



Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari 
universiteti Samarqand filialida “TechnoWays” texnologik rivojlanish 
marafonini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi 
Nizom 
1. Umumiy qoidalar 
1.1. Ilmiy va innovatsion g‘oyalar, loyihalarni saralab olish, yoshlarni qo‘llab-
quvvatlash maqsadida “TechnoWays” texnologik rivojlanish marafoni (keyingi 
o‘rinlarda - Marafon) Oliy ta’lim muassasalari doirasidagi Marafon bo‘lib, 
yoshlarning ilmiy va innovatsion salohiyatini namoyon etish, mazkur sohadagi 
istiqbolli loyihalarni dastlabki bosqichda aniqlash va ularni har tomonlama qo‘llab-
quvvatlashga, tijoratlashtirish darajasiga olib chiqishga va o‘z navbatida, loyihani 
amaliyotga joriy etishga qaratilgan. Shu bilan birga Marafon to‘g‘risidagi Nizom 
Marafon o‘tkazish shartlari, g‘oliblarni aniqlash va ularni taqdirlash tartibini 
belgilaydi.
1.2. Marafonning filial bosqichlari Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, 
Yoshlar akademiyasi, Innovatsion rivojlanish agentligi, Innovatsiyalarni joriy qilish 
va texnologiyalar transferi Milliy ofisi bilan birgalikda tashkil etiladi.
1.3. Marafon qatnashchilar o‘rtasida ilmiy va innovatsion loyiha 
yo‘nalishlarida ilmiy-texnik ijodkorlik va ixtirochilikni rag‘batlantirish, innovatsion 
faollikni oshirish hamda yangi texnika, texnologiya va raqobatbardosh 
mahsulotlarni yaratishni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan.
1.4. Marafonda ishtirok etayotgan qatnashchilarning loyihalarini baholash va 
g‘oliblarni aniqlash uchun tegishli soha mutaxassislaridan iborat, Marafon 
komissiyasi (keyingi o‘rinlarda-Komissiya) tuziladi hamda Komissiya kotibi 
aniqlanadi.
1.5. Marafonning filial bosqichini tashkil etish va o‘tkazish bilan bog‘liq 
xarajatlarni filialning budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.

Download 364.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling