Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti telekommunikatsiya texnologiyalari


Ma’naviyat va ma’rifat – ma’naviy barkamollikning asosi


Download 186.01 Kb.
bet3/3
Sana18.06.2023
Hajmi186.01 Kb.
#1576282
1   2   3
Bog'liq
Mustaqil ish (pedagogika va psixologiya)

Ma’naviyat va ma’rifat – ma’naviy barkamollikning asosi
Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayotni barpo etishimizda ma’naviy barkamol, komil insonni tarbiyalab voyaga etkazish biz uchun umummilliy miqyosidagi kechiktirib bo‘lmaydigan vazifa bo‘lib qolmoqda. O‘z istiqboli, kelajagini o‘ylagan har qaysi inson, xalq, millat, mamlakat o‘z farzandlarining ma’naviy – ma’rifiy tarbiyasi haqida o‘ylashi va qayg‘urishi kerak. Zero buyuk ma’rifatparvar bobomiz Abdulla Avloniy ta’kidlaganidek: «Tarbiya bizlar uchun yo hayot-yo mamot, yo najot – yo halokat, yo saodat – yo falokat masalasidur».11 Jamiyatni, mamlakatni, xalqni tanazzul va halokatdan asrovchi va qutqaruvchi kuch ma’naviyat va ma’rifatdir. Buni bizning ajdodlarimiz to‘g‘ri tushunib etgan va o‘z farzandlarini kamolga etkazishda ularning ma’naviy va ma’rifiy tarbiyasiga katta ahamiyat berganlar. Bu haqda eng qadimgi qo‘lyozmamiz «Avesto»da shunday deyilgan: «Tarbiya hayotning eng muhim tirgagi, tayanchi bo‘lib hisoblanishi lozim. Har bir yoshni shunday tarbiyalash lozimki, u avvalo yaxshi o‘qishni, keyin esa yozishni o‘rganishi bilan eng yuksak pog‘onaga ko‘tarilsin».12
Ma’naviyat va ma’rifat birgalikda bir maqsadni ko‘zlaydi, ya’ni kishilarni kamolot cho‘qqisini egallashlari uchun yo‘l ochadi. Zaminimizda yashab ijod qilgan mutafakkirlar o‘z asarlarida ma’rifat ya’ni ilm – fanning inson ma’naviy barkamolligida tutgan o‘rni va ahamiyati haqida qimmatli fikrlarni bayon qilganlar. Ularning ma’naviyat va ma’rifatning inson barkamolligida tutgan o‘rni va ahamiyati haqidagi qarashlarini o‘rganish – bugungi kunda ma’naviy barkamol yoshlarni tarbiyalash borasidagi vazifalarni amalga oshirishimizda muhim ahamiyat kasb etadi. «Bizlarni (ilm) jaholat qorong‘ulig‘idan qutqarur. Madaniyat, insoniyat, ma’rifat dunyosiga chiqarur, yomon fe’llardan, buzug‘ ishlardan qaytarur, yaxshi xulq va adab sohibi qilur. Alloh taologa muhabbat va e’tiqodimizni orttirur...
Alhosil, butun hayotimiz, salomatimiz, saodatimiz, sarvatimiz, maishatimiz, himmatimiz, g‘ayratimiz, dunyo va oxiratimiz ilma bog‘lidur,»13 - deb yozgan edi Abdulla Avloniy. U yana jaholat, ilmsizlik, ma’rifatsizlik va ularning zarari haqida shunday deydi: «Jaholat deb o‘qumagan, bilimsiz, hech narsaga tushunmaydurgan nodonlig‘ni aytilur. Jaholat insoniyatning eng zo‘r dushmani va yomon xulqlarining boshlig‘idur... Jaholat arbobi qayu-erda bo‘lsa bo‘lsin, loyiqi e’tibor o‘lmaq sharafindan mahrumdur. Moddiy jihatdan qancha boy va sarvatdor bo‘lsa, ma’naviy jihatdan shuncha faqir va zalil hisoblanur. Zeroki, jaholat eng qo‘rqinch faqir va muhtojlikdan ziyoda dahshatliroq bir musibatdur».14
Haqiqatan ham kishida jaholat kuchli bo‘lsa, uning xatti harakatini jaholat boshqarsa, bunday kishi ma’naviy tubanlik botqog‘iga botadi va oxir oqibat halokatga uchraydi. Agar bunday holat butun jamiyat, millatni o‘z domiga tortsa, unda jamiyat tanazzulga uchraydi, millat esa o‘zligini yo‘qotadi.
Ko‘rinadiki, odamzot naslining ulo‘g‘ligi ma’rifat va ma’naviyatdan. U aql-idrok, ilm tufayli ne-ne tugunlarni echishga qodir. Ma’rifat va ma’naviyat o‘ylab ko‘rilsa, misoli bir jilov. U insonlarni barcha yomon, yaramas ishlardan, ma’naviyatsizlikdan tiyib turadi. Ma’rifatli va ma’naviyatli insonlar o‘z orzu-istaklariga etadi, maqsadlariga erishadi. Ma’rifat va ma’naviyatni o‘zida mujassam etgan kishilarning foydasi har doim ko‘pchilikka tegib turadi. Ular elda aziz bo‘lib, hurmatga sazovor bo‘ladilar.
Ma’naviyat va ma’rifatning inson ma’naviy barkamolligidagi beqiyos ahamiyatini hisobga olgan holda mustaqillikka erishganimizdan buyon Prezidentimiz Islom Karimov mamlakatimizda ma’naviyat va ma’rifat rivojiga katta ahamiyat berib kelmoqda. Zero, “... bugungi shiddatli davrda chinakam ma’naviyatli va ma’rifatli odamgina inson qadrini bilishi, o‘z milliy qadriyatlarini, milliy o‘zligini anglashi, erkin va ozod jamiyatda yashash, mustaqil davlatimizning jahon hamjamiyatida o‘ziga munosib o‘rin egallashi uchun fidoiylik bilan kurasha olishi mumkin”15.
YUqoridagilarni hisobga olgan holda, mamlakatimizda ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy masalalar bilan bir qatorda ma’naviyat va ma’rifatni uyg‘un holda rivojiga alohida ahamiyat berib kelinmoqda.
Bunga Prezidentimizning «Ma’naviyat va ma’rifat jaioatchilik markazini tashkil qilish to‘g‘risida» (1994 yil 23 aprel); «Ma’naviyat va ma’rifat» markazi faoliyatini yanada takomillashtirish va samaradorligini oshirish to‘g‘risida «(1996yil 9 sentyabrr);» Respublika ma’naviyat va ma’naviyat kengashini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida (1999 yil 3 sentyabrr)ga farmonlari; Vazirlar Mahkamasining «Ma’naviy – ma’rifiy islohotlarini yanada chuqurlashtirish va uning samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» (1998 yil 24 iyul) qarori; Oliy Majlis tomonidan «Ta’lim tizimini isloh qilish» va «Kadrlar tayyorlashning milliy dasturi» to‘g‘risida (1997 yil 29 avgust) qabul qilingan qonunlar yaqqol misoldir. Mamlakatimizda ma’rifatni rag‘batlantiruvchi, unga xomiylik qiluvchi «Is’tedod», «Kamolot» kabi jamg‘arma va uyushmalar faoliyat ko‘rsatayotir.
Ko‘rinadiki, mustaqillik yillarida ma’naviyat, ta’lim-tarbiya sohasida amalga oshirgan, ko‘lami va mohiyatiga ko‘ra ulkan ishlarimiz xalqimiz ko‘zlagan ezgu niyatlariga erishish, hech kimdan kam bo‘lmaydigan hayot barpo etish, yoshlarimiz, butun xalqimizning ma’naviy yuksalishi yo‘lida mustahkam zamin yaratadi.
Ma’naviyat va ma’rifat mamlakat miqyosida va joylarda olib boriladigan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar orqali kishilar ongiga singdiriladi.
Bunday ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar sirasiga hozir jamiyat hayotida tobora katta ahamiyat kasb etayotgan ommaviy axborot vositalari, ilmiy, badiiy adabiyotlar, barcha bilim yurtlarida, jamoatchilik orasida o‘tkazilayotgan suhbatlar, uchrashuvlar, munozaralar va boshqalar kiradi. Jamiyat rivojlanib ma’naviy kamolotga ehtiyoj kuchaygan sari ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarning ko‘lami kengaya boradi. Ammo ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar qancha yaxshi yo‘lga qo‘yilsa ham, insonning aqliy va axloqiy ya’niki ma’naviy kamoloti birdaniga amalga oshadigan ish emas. Garchi insonda ma’naviy barkamollikning nasliy imkoniyatlari bo‘lsa ham, ular o‘z-o‘zicha, stixiyali yoki biologik imkoniyatlar asosida amalga oshavermaydi. Ma’naviyatli va ma’rifatli ota va onadan tug‘ilgan farzand o‘z-o‘zidan ma’naviy barkamol, komil inson darajasiga etmaydi. Ma’lum maqsadlar bilan bog‘langan ma’naviy – ma’rifiy tadbirlar, ta’lim va tarbiya natijasi, oila, jamoa, mahalla, jamiyat ta’siri insonning ichki, tug‘ma ma’naviy – ruhiy, nasliy imkoniyatlarini ma’naviylik darajasiga ko‘taradi, odam farzandiga insoniylik fazilatlarini baxshida etadi, uning axloqi, odobi, bilimi, malakasi, iymon-e’tiqodi, dunyoqarashini shakllantiradi, barkamol insonlar bo‘lib voyaga etishlariga olib keladi.
Ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarga e’tibor bermagan, ta’lim – tarbiya ishlarini o‘z oldidagi maqsadlar bilan bog‘lay olmagan jamiyat, davlat ko‘zlagan maqsadlariga erisha olmaydi. Xalqimizning ertangi kuni qanday bo‘lishi farzandlarimizning bugun qanday ta’lim va tarbiya olishiga bog‘liq.
Ma’naviyat va ma’rifat O‘zbekistonning buyuk kelajagini yaratuvchi ma’naviy barkamol, komil insonlarning quyidagi xislat va fazilatlarga ega bo‘lish ruhida tarbiyalab voyaga etkazishda muhim ahamiyatga egadir:

  • aqlli, iymonli, mustaqil fikr yurtga oladigan;

  • odobli-millatimiz to‘plagan barcha ezgu, yaxshi, ijobiy axloqiy fazilatlarga ega bo‘lishlik;

  • mehnatsevarlik – aqliy va jismoniy mehnatni o‘zining hayotiy ehtiyojiga aylanganlik holati;

  • bilimli – dunyoviy va diniy bilimlarni chuqur egallab, ularni hayotda qo‘llay olishligiga;

  • sog‘lomlik- jismoniy, ruhiy, ijtimoiy-siyosiy dunyo qarashlari va ma’naviy jihatdan sog‘lom fikr yuritishlilik;

  • milliy g‘ururga egalik- ajdodlarimiz yaratgan moddiy va ma’naviy merosni chuqur egallab, ular bilan faxrlanuvchi va ularni boyituvchi;

  • vatanparvar – vatan taraqqiyoti va kelajagi uchun fidokorona mehnat qiluvchi, zarur bo‘lsa, uning uchun jonini ham beruvchi;

  • baynalminal – boshqa millatlarni o‘zining millati qatorida hurmat qilishi;

  • insonparvar – inson zotiga faqat yaxshilik qilishni o‘ylovchi;

  • jasur va shijoatli – qo‘rqmas, har bir ishga faol kirishib, uni oxiriga etkazuvchi va boshqalar. YUqoridagilarning ja’mi uzviy birgalikda inson ma’naviy barkamolligini o‘zida mujassam etadi. Ma’naviy –ma’rifiy tarbiyadan ko‘zlangan maqsad ham ana shunday xislat va fazilatlarga ega bo‘lgan ma’naviy barkamol insonlarni tarbiyalab voyaga etkazishdir.

Ajdodlarimiz tashbehiga ko‘ra, ma’naviyat inson qalbida aks etgan ilohiy nur, Oliy haqiqat nuri bo‘lib, uni o‘zida aks ettira olishi uchun inson qalbi sayqal topmog‘i zarur. Zero, sayqallanmagan ko‘ngilni xudbinlik zangi, g‘araz chirki egallab oladi va bunday inson ruhiyatida jaholat va zulmat ustunlik qila boshlaydi. "Ko‘ngil ko‘chalari qaylarga boshlamaydi" deyilganda, ana shu zulmatda qolgan ko‘ngil ko‘chalaridagi adashuv, gumrohlik nazarda tutilsa kerak.

1 Имомназаров М. Миллий маънавиятимиз асослари. Ўқув қўлл./ -Т.: Ўзбекистон файласуфлари миллий жамияти. 2006.-Б. 217.

2 Абдулла Авлоний.Туркий гулистон ёхуд ахлоқ. –Т.: “Ўқитувчи”, 1992.-Б 22.

3 Каримов И.А. Юксак маънавият-енгилмас куч. –Т.: “Маънавият”, 2008.-Б. 62.

4 Муҳаммад пайғамбар қиссаси. Ҳадислар. –Т.: «Камалак», 1991,.-Б.61.

5 Абу Ҳамид Муҳаммад Ғаззолий, «Охиратнома». Бухоро, 1992.-Б.12.

6Каримов И. А. Юксак маънавият-енгилмас куч. –Т.: “Маънавият”, 2008-Б. 49-60.

7 Ўша жойда. 61-бет.

8 Ўша жойда. 130-бет.

9 Каримов И. А. Юксак маънавият-енгилмас куч. –Т.: “Маънавият”, 2008,.-Б.94-95.

10 Каримов И. А. Юксак маънавият-енгилмас куч. –Т.:“Маънавият”, 2008.-Б. 95-96.

11 Абдулла Авлоний. Туркий гулистон ёхуд ахлоқ. -Т.: “Ўқитувчи”, 1992. –Б.14.

12 Макавелъский А.О. Авесто.Баку, «Азербажан,» 1960. -Б. 18.

13 Абдулла Авлоний. Туркий гулистон ёхуд ахлоқ. -Т.: “Ўқитувчи”, 1992. –Б.22-23.

14 Ўша жойда: -Б. 43.

15 Каримов И. А. Юксак маънавият-енгилмас куч. Тошкент, “Маънавият”, 2008, 16- бет

Download 186.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling