Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti qarshi filiali ki 12-22-guruh talabasi Bahodirov Boburbekning fizika fanidan yozgan 4-mustaqil Topshirdi. Bahodirov. B qabul qildi


Mavzu: Fizikaviy jarayonlarni modellashtirish imkonini beruvchi dasturlar orqali fizikaviy jarayonlarni modellashtirish


Download 32.31 Kb.
bet2/4
Sana18.06.2023
Hajmi32.31 Kb.
#1580284
1   2   3   4
Bog'liq
fizika 4-mustaqil ish2

Mavzu: Fizikaviy jarayonlarni modellashtirish imkonini beruvchi dasturlar orqali fizikaviy jarayonlarni modellashtirish.
Fizikadan amaliyotlarni tashkil qilishdagi asosiy masalalardan biri talabalarning dars jarayonidan, tajriba jarayonidan yetarli fizik ma’lumotlarni olishlaridir. laboratoriya ishlarida tajribalari natijasida qurilmalartni tayyorlash va ishlatish murakkab bo’lgani uchun ko’p bo’lmaydi. Olingan tajriba natijalaridan fizik xulosalar chiqarish uchun ma’lumotlarni qayta ishlash kerak bo’ladi. Matematik qayta ishlash esa har bir laboratoriya shi uchun kerak bo’ladi.Oxirgi yillarda keng ko’lamda rivojlanayotgan hisoblash mashinalari fizik jarayonlarni matematik modellashtirishda, natijalarni qayta ishlashda va boshqa ishlarga juda qo’l keladi.
EHMlarni yuqoridagi masalalar bo’yicha qo’llashga quyidagi yo’nalishlarni ajratish mumkin. Fizik jarayonlarni matematik modellashtirish usuli yordamida tuzilgan algoritm asosida va ekranda namoyish qiladigan, tajriba natijalarini qayta ishlaydigan dasturlar yaratish. Bunday dasturlar o’tilgan ma’ruzalardan foydalanib, formula yordamida turli jarayonlarni matematik modellashtirishda grafik elementlardan foydalanib jarayonlarni ekranga nomoyish qilishi mumkin. Fizik jarayonlarni bir marta parametrlarning biror bir qiymatiga tajriba qilib, qolgan parametrlarning boshqa qiymatlarida esa kompyuterda nomoyish qilish mumkin. Bunda ham vaqtdan yutiladi, ham material tejaladi. Tajriba natijalarida qayta ishlash va tuzilgan matematik model fizik jarayonni qanchalik to’g’ri aks ettirayotganini aniqlash mumkin. Shuningdek bir laboratoriya ishini bir necha marta qaytarib so’ng olingan natijalarni statistik qayta ishlash ham mumkin. Tekshiruvchi va baholovchi dasturlarni tuzishning yaxshi tomoni shuki talaba yoki o’quvchiga biror savolga javobni bir qancha variantlar ichidan tanlash mumkin. Bunda talabaga javob berishga mustaqil fikrlash vaqtdan unumli foydalanish imkonini beradi. Bunday dasturlarning ya’na bir yaxshi tomoni shundan iboratki, talaba yoki o’quvchi javob berishdan oldin ham bunday dasturlar yordamida mashq qilishi mumkin. Savollarni shunday tuzish mumkinki, ular mavzularni barcha mazmunini qamrab olsin, shu tariqa savollar soni ham oshadi, ularga tayyorgarlik barobarida o’quvchi ham bu mavzularni to’laroq o’rganib boradi. O’rgatadigan dasturlar dasturlar mantiqiy dasturlar bo’yicha katta imkoniyatlarga ega bo’lishi uchun kattaroq xotiraga ega bo’lgan EHMlarni talab qiladi. Bunda mavzuni o’quvchiga tushunarli qilib yetqazishda ma’ruza matnlaridan virtual stendlardan unumli ravishda foydalanish maqsadga muvofiqdir. O’rgatuvchi dasturlarni odatda ikkiga ajratishadi: chiziqli va tarmoqlangan.
Chiziqli dasturlar yordamida o’rgatish yoki o’qitishda barcha o’quvchilarga bir xil mavzu beriladi, har bir o’quvchi keyingi mavzuga o’tishi uchun shu mavzuni to’liq o’zlashtirishi ya’ni mavzuni o’qib bo’lganidan so’ng beriladigan savollarga yetarlicha javob bera olishi kerak. Shunday qilib barcha o’quvchilar bir xil ketmaketlikda oldinga intilishadi, lekin tezliklar har xil bo’lishi mumkin., bu o’quvchining mavchining mavzuni qanchalik tez o’zlashtira olishiga bog’liq. Tarmoqlangan o’rgatuvchi dasturlar ham har bir o’quvchi o’z qobiliyati bo’yicha o’z yo’lini tanlashiga imkon beradi, bu qo’shimcha tushintirishlar oldingi mavzuni qanchalik o’zlashtirib olganligi savollargsa bergan javoblari mazmuniga qarab o’quvchiga kattaroq qadam tashlashga imkon berishi mumkin. Matematik model yordamida o’rganishning hozirgi davrda qo’llanilishi asosiy sabablaridan biri EHMni qo’llash bo’lsa boshqa tomondan u material jihozlar talab qilmaydi va tez har xil variantlarni sonli tajriba o’tkazish imkonini beradi. Bundan tashqari shunday jarayonlar mavjudki, ularni faqatgina matematik model yordamida o’rganish mumkin. Masalan yuqori haroratli issiqlik tarqalish masalalari yoki hokazo shunga o’xshash ekologik masalalar matematik model yordamida o’rganilishi mumkin bo’ladi. Ikkinchi yani tajriba usuli eng qadimiy usullardan bo’lib ko’p tabiat qonunlari, kuzatish va biror qurilma model andoza yordamida ochilgan va o’rganilgan. Bu usul albatta material jihozlar talab qilishidan tashqari tajriba qurilmasini yaratishni talab qiladi. Agar bu yaratgan qurilma aytgan natijalarni bermasa qurilma qismlari almashtirilishi yoki butunlay boshqadan yaratilishi kerak bo’ladi. Bu albatta juda ko’p vaqt va material talab qiladi. Shunga qaramasdan bu usul ham qo’llaniladi. Ko’p hollarda matematik usul bilan olingan natijalarning to’g’riligi o’xshash tajriba natijalari bilan taqqoslanadi. Bu ikkala usul ana shunday bir-birini to’ldirishi mumkin. Fizik nazariyalarni formulasi o’rnatilgan so’ng haqiqiy olamni tavsiflash tajriba va nazariyalar ketma-ket o’zaro aloqasidan iborat bo’ladi. Bunda misollar juda ko’p (Kepler qonuni va Neptun planetasining kashf etisilihi va hokazo). Ushbu o’zaro aloqa fizikaning barcha darajalarida amalga oshiriladi. O’zaro aloqaning sxematik ko’rinishlari. Sonli model tajriba orqali tekshiriladi, xuddi shunday nazariya ham. O’z havbatida sonli model tajribaga bashoratlash vositasi sifatida foydalanishi mumkin-bunda no’malumlar yoki tajribada tekshirilmaydigan hodisalar modellashtiriladi va songra model tajriba natijaslaridagi qiymatlariga eng ko’p yaqinlashguvchi talabida mukammallashtirilib boriladi. Sonli modelning qaysi ustunlari va qaysi kamchiliklari bor? Tajriba nuqtainazaridan sonli modelning kamchiliklari shuki u faqat oddiy bir modeldir. Nazariya beradigan qiymatlar bilan sonli model beradigan qiymatlar orasidagi farqni anglay olish kerak. Bularga yaxlitlash , yechimning turg’unligi buzilishi, xatoliklarning oshib borishi kabilar misol bo’ladi. Sonli model boy semantikaga ega so’zlar bilan ifodalangan ham bo’lishi mumkin. Biror-bir masalaning matematik tahlili ko’pgina hollarda chegaralanishlarni talab qiladi. Ayrim paytlarda boshlang’ich qiymatdagi ozgina o’zgarish natijalarining kattaroq o’zgarishiga olib keladi.

Har qanday to’laqonli sonli model albatta boshlang’ich qiymatning chegarasi bo’lishi talab qiladi, bu chegaradan chiqqanda endi model yechimi natijasidan foydalanib bo’lmaydi. Sonli modelni tajribadan ustunlik tomoni shuki, tajribada bitta qiymat-natija olish uchun juda ko’p tayyorgarlik ko’riladi, chiqimlarga ega bo’lingan bo’ladi, sonli modelga esa bu paytda bir necha boshlang’ich parametrlar bilan bir necha natijaviy qiymatlarga ega bo’lish mumkin. Sonli modelda oraliq qiymatlarni ham ancha yengil usullarda olish mumkin, tajribada esa bunday qiymatlarni olish imkoniyati juda kam. Sonli model to’g’ri aniqlangan nazariy modelga suyanadi. Agar nazariy model konkret qo’yilmagan bo’lsa, uni EHMda tuzatib bo’lmaydi. Agar bordi-yu nazariy model o’zi qiymat bera olsa, masala yechilgan hisoblanadi. Agar to’la javob olib bo’lmasa sonli modelga murojaat qilinadi. Masalani tez va kamroq xarajatlar bilan yechish kerak bo’lgan paytlarda ham sonli modelga murojaat qilinadi. Bunday paytlarda tajribaning qiyinchiligi, kompyuterda qayta ishlash dasturlarini tayyorlash uslublarini o’zaro taqqoslash lozim. Sonli model ayniqsa murakkab tajribalardagi kam o’rganilgan hodisalarni bashoratlashda qo’l keladi. Ana shu maqsadda EHMlar amaliy fizikada ko’p martalab foydalanilyapti. Bunda astrofizika va materologiyada, nazariya taxminan ma’lum, tajribalar ko’pu, lekin to’liq bo’lmagan hollarda misol qilish mumkin. EHM jarayonlar rivojlanishi va kechishi haqida bir qancha natijaviy qiymaylarni berishi mumkin.

Download 32.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling