Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti farg’ona filiali dasturiy injiniringi va raqamli iqtisodiyot fakulteti dasturiy injinering
Mavzu: Windows operatsion tizimi. Yordam tizimi va standart dasturlarni ishga tushirish. Windows operatsion tizimini sozlash
Download 1.93 Mb.
|
Operatsion tizimlar 6-10 Xasanjon
- Bu sahifa navigatsiya:
- Muvofiqlik bilan bog‘liq muammoni bartaraf etish vositasini ishga tushirish
- Yuqori sig‘imli ekranda tasvirni kengaytirishni o‘chirib qo‘yish
- Pusk menyusi
- Tanlangan dasturni shu turdagi barcha fayllarni ochishda foydalanish
- Beso‘roq ravishda ochish kerak bo‘lgan ilova
Mavzu: Windows operatsion tizimi. Yordam tizimi va standart dasturlarni ishga tushirish. Windows operatsion tizimini sozlash
Ishdan maqsad: Windows operatsion tizimi. Yordam tizimi va standart dasturlarni ishga tushirish. Windows operatsion tizimini sozlash Kompyuter operatsion tizimini yangilash doim ham silliq ko‘chmagan. Yangi tizimda zarur dastur yoki sevimli biror ilovaning ishlamay qolishi foydalanuvchining ko‘nglini xira qilishi turgan gap. Shu sababli ham ko‘pchilik foydalanuvchilar kompyuterlaridagi operatsion tizimni yangisiga almashtirmaslikni ma’qul ko‘radilar. Windows 10 operatsion tizimi e’lon qilinishi bilan bir qancha mish-mish, taxmin va munozaralar ham bolalab ketdi. Yangi operatsion tizimda noqonuniy tarqatilayotgan o‘yinlarga ta’qiq qo‘yilishi, litsenziyasiz o‘rnatilgan dastur va o‘yinlarning o‘chirilishi, operatsion tizimdagi ilova, dastur va hatto tizimning o‘zi pullik asosda bo‘lishi, pullik reklamalarning mavjud bo‘lishi kabi tasdiqlanmagan fikrlar ko‘payib ketgan edi. Aslida esa unday bo‘lib chiqmadi. Windows’ning aksariyat ilova-dasturlari Windows 10 tizimida faoliyat ko‘rsatadi. Windows 7 qo‘llab-quvvatlagan barcha dasturlarni Windows 10 ham qo‘llab-quvvatlaydi. Ba’zi bir eskirib qolgan dasturlar esa faoliyatini tugatadi. Ammo, ularni ham Windows 10 tizimiga muvofiqlashtirishning bir qancha yo‘llari bor. 19-rasm Windows 10 sozlamalarida eskirgan dasturlarni ham faollashtirish imkonini beradigan muvofiqlashtiruvchi jihat bor. Uni yoqish uchun dastur yoki ilova yoki faylning .exe yorlig‘iga sichqonchaning o‘ng tugmasini bosib, “Muvofiq kelmaslik bilan bog‘liq nosozlikni tuzatish” buyrug‘ini bosing. Yoki Windows 10 “Pusk” menyusidagi dastur yorlig‘i ustiga sichqonchaning o‘ng tugmasini bosib, “Faylli papkani ochish” buyrug‘ini tanlang. Bu yerda ochilgan yorliq ustiga sichqonchani keltirib, “Xususiyatlari“ni tanlang. Ko‘rinib turgan 5 ta bo‘lim ichidan siz “Muvofiq kelishi” (Sovmestimost) bo‘limini tanlang. Bu yerda esa “Muvofiqlik bilan bog‘liq muammoni bartaraf etish vositasini ishga tushirish” buyrug‘ini belgilab, buni tasdiqlang. Boshqa qator sozalmalar orqali ham eski dasturlarni ishga tushirish mumkin. Misol uchun, juda eski o‘yinlar Windows 10 tizimida “Pasaytirilgan rangdorlik rejimi” (Rejim ponijennoy svetnosti)ni tanlaganda ham ishlab ketadi. DPI, ya’ni piksel sig‘imi juda yuqori bo‘lgan displeylarda esa “Yuqori sig‘imli ekranda tasvirni kengaytirishni o‘chirib qo‘yish” rejimi ham qurilmaga ba’zi eskirgan ilovalarni o‘qish yoki sifatli namoyish etish imkoniyatini yaratadi. Windows 10 tizimi siz kompyuterda operatsion tizimni yangilaganingizga qadar unda ishlagan barcha qurilma va aksessuarlarni qo‘llab-quvvatlaydi. Shu sababli, drayverlarga o‘zgartirish kiritish shart emas. Biror bir qurilma drayveri yangi tizimga mos kelmagan taqdirda tizim bu haqda sizni ogohlantiradi. Kamdan-kam holda va nisbatan malakali bo‘lgan foydalanuvchilargina kompyuterdagi operatsion tizimni yangisiga almashtirgach, muayyan qurilma yoki aksessuar ishlab chiqaruvchisining saytidan drayverning yangilagan talqinini yuklab oladi. To‘g‘ri, ba’zida nosozlik ham bo‘lishi mumkin. Ularni to‘g‘irlash uchun esa bu drayverni Internetdan qayta yuklab olish shart emas. Uni sozlash uchun qurilmalar Dispetcherini oching (buni oddiy usuli – sichqonchaning o‘ng tugmasini Pusk menyusiga bosing –> kerakli qurilma drayverini toping. Agar bu yerda qurilma drayveri sariq tusda bo‘lsa, unda bu yerda chindan ham nosozlik bor. Siz “Drayver –> Yangilash (Obnovit) –> Bu kompyuterda drayver qidiruvini amalga oshirish (Vipolnit poisk drayvera na etom kompyutere) –> O‘rnatilgan drayverlar orasidan drayver tanlash” amalini bajaring. 20-rasm Tizim uni yangilashi uchun bir oz vaqt talab etiladi. Bu drayver qidir Internet tarmoqlarida sarson kezgandan ko‘ra yaxshiroq. Tizim ishlab chiqaruvchisi tomonidan foydalanuvchiga biror faylni muayyan ilova yoki dastur orqali ochish taklif qilinadi. Bu ilovalar ba’zi fayllarni to‘liq hajmda ochmasligi yoki yaxshi o‘qimasligi mumkin. Shu sababli, foydalanuvchi mazkur taklifni rad etib, o‘zi ma’qul ko‘rgan ilovadan ham foydalanishi mumkin. Buning uchun shu turdagi faylni “beso‘roq ravishda” ochishga sozlash lozim. Ya’ni, bundan keyin shu turdagi fayllar faqat tanlangan ilovada ochiladi. Tizim har gal buni foydalanuvchidan so‘rab o‘tirmaydi. Foydalanuvchi ilova, filmlarni qaysi usulda ochishi, misol uchun, film yoki fotosuratlarni qay yo‘sinda ochishi, Internetda qaysi brauzerdan foydalanishini belgilab olsa, Windows 10 juda qulay tizimga aylanadi. Windows 10 operatsion tizimida dasturlarni beso‘roq ravishda (po umolchaniyu), har doim muayyan ilova yoki dastur orqali ochishning yangicha talqini taklif etilmoqda. 21-rasm Dasturni kontekst menyusidan bu usulda tanlash uchun sichqonchaning o‘ng tugmasini kengaytirish kerak bo‘lgan fayl ustiga bosing va ochilgan kontekst menyusidagi “Ko‘mak orqali ochish” (Otkrit s pomoщyu)ni tanlang. Bu faylni boshqa bir ilova yordamida bir marta ishga tushirish uchun ro‘yxatdan unga mos keladigan dasturni tanlang. Agar faylni boshqa ilova orqali ishga tushirish zarurati tug‘ilsa, “Boshqa dasturni tanlash” punktini tanlang. Shunda turli ilovalar o‘rin olgan menyu paydo bo‘ladi. Bu yerdan esa faylni o‘qiy oladigan boshqa ilovani tanlang. Modomiki, ular orasida kerakli ilova bo‘lmasa, “Yana ilovalar” (Yeщye prilojeniya)ni bosish orqali menyuni kengaytirish mumkin. 22-rasm Shuningdek, menyu ostidagi “Tanlangan dasturni shu turdagi barcha fayllarni ochishda foydalanish” yozuvini tasdiqlasangiz, har doim shu fayllar mazkur dastur orqali ochiladigan bo‘ladi. Shu bilan bira, Windows 10 tizimida buni “Tizimlar parametrlari” (Parametri sistemi) dan qilish ham qulay. «Pusk» menyusiga kiramiz –> “Tizimlar parametrlari“ni ochamiz –> keyingi qadamda “Tizim“ni tanlab, “Beso‘roq ravishda ochish kerak bo‘lgan ilova” (Prilojeniya po umolchaniyu) buyrug‘ini tanlaymiz. Bu yerdagi “Sozlamani tatbiq etish” (reset-sbros) tugmasi asosiy deb hisoblangan ilovalar nosoz ishlagan taqdirda buning oldini oladi. Uni bosish orqali barcha sozlamalarni dastlabki holatga qaytarish mumkin. 23-rasm Shu orqali siz har gal biror faylni ochishda dastur tanlash jarayonida xalos bo‘lasiz. Windows 10 xohlagan muvofiq keluvchi va 3-tomon orqali ishlab chiqarilgan dasturga fayllarni beso‘roq ochishga ruxsat beradi. U brazuyer, proigrivatel yoki fotosuratlar uchun ilova bo‘ladimi, bu ahamiyatsiz – parametrlarni doimo o‘zgartirish mumkin. Download 1.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling