Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Chet tillar kafedrasi o‘qituvchilari yig‘ilishining
Download 20.17 Kb.
|
Abduraxmonovabayonnoma kafedra
- Bu sahifa navigatsiya:
- QAROR QILINDI
- Kafedra mudiri A. Sharipova Kotiba H. Alimuhamedova
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Chet tillar kafedrasi o‘qituvchilari yig‘ilishining 9 - sonli bayonnomasidan KO‘CHIRMA Toshkent shahri 2023-yil 26-aprel Qatnashdilar: 29 ta o‘qituvchi K U N T A R T I B I: 1. Chet tillar kafedrasi katta o‘qituvchisi M. Abduraxmonovaning ingliz tilida yozilgan “Engliah for Mobile Communication Students” nomli uslubiy qo‘llanmasining bajarilishi haqida. TINGLANDI: 2. Kafedra mudiri A. Sharipova so‘zga chiqdi: 2022-2023 o‘quv yilida kafedra katta o‘qituvchisi M. Abduraxmonova tomonidan yozilgan “Engliah for Mobile Communication Students” nomli uslubiy qo‘llanmasi kafedra o‘qituvchilari muhokamasiga berildi. Mazkur uslubiy qo‘llanma Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida tahsil oluvchi 1-bosqich bakalavriat 60611500 – Mobil aloqa tizimlari (Mobil aloqa texnologiyalari) yo‘nalishi talabalarining amaliy mashg‘ulotlari, o‘tilgan mavzularni mustahkamlash hamda mustaqil ishlashlari uchun mo‘ljallangan. Kafedra katta o‘qituvchisi E.Salaxova so‘zga chiqdi:M. Abduraxmonovaning tomonidan bajarilgan “Engliah for Mobile Communication Students” nomli uslubiy qo‘llanmasida, kiritilgan matnlar barchasi namunaviy dasturdan olingan va to‘liq davlat ta’lim standartlariga mos keladi. Har bir dars, til o‘rganishning, gapirish, o‘qish va yo‘zish ko‘nikmalarini qamrab olgan bo‘lib, berilgan mavzular talabalarning kelajakda o‘z sohasi bo‘yicha faoliyatida zarur bo‘lgan til ko‘nikmalarini shakllantirishga xizmat qiladi. Uslubiy qo‘llanmalar 10 ta darslardan iborat bo‘lib, unda mutaxassislikka oid bo‘lgan matnlar, ularni o‘qib tarjima qilish, so‘ng matnga oid mashqlarni bajarish, o‘z fikrini bildirishga undovchi mashqlar tuzilganligi haqida aytib o‘tdi. Har bir darsni qamrab olgan vazifalar ilg‘or pedagogok texnologiyalar asosida yaratilagan bo‘lib, o‘ziga xos rang-barang qiziqarli matnlar, sohaga oid ma'lumotlar va vazifalardan iborat. Sohaga oid matnlar zamonaviy jahon talablariga mos ilmiy ommabop adabiyotlardan olingan. Jumladan, mazkur uslubiy qo‘llanmalar talabalarning mutaxassisliklariga oid bilimlarini kengaytirish bilan bir qatorda ingliz tili grammatikasiga oid bo‘lgan mashq va vazifalarni o‘zida mujassamlashtirgan. Har bir dars til o‘rganishning gapirish, o‘qish, tinglab tushunish va yozish ko‘nikmalarini qamrab olgan bo‘lib, mavzular maxsus maqsadlarga yo‘naltirilgan (ESP) va talabalar kelajakda o‘z mutaxassisliklari bo‘yicha ish faoliyatlarida kerak bo‘ladigan til ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qiladi. Bundan tashqari, mazkur uslubiy qo‘llanma talabalar bilan mustaqil ishlash, talabaning o‘z yo‘nalishi bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini oshirish, berilgan mavzular asosida fikrlarini og‘zaki nutq orqali ifoda etish, berilgan mashqlar yordamida mavzuni chuqurroq o‘rganib mustaxkamlash, so‘z boyligini kengaytirish bundan tashqari o‘qish va yozuv texnikasini oshirish uchun mo‘ljallangan. Mavzuni mustahkamlash uchun keltirilgan mashqlar turli ko‘rinishlarda bo‘lib, talabalarning mantiqiy, leksik bilim va ko‘nikmalarini oshirishga, sohaga oid terminlarni tushunishi va matn ma'nosini chuqur tahlil qilishiga qaratilganligi talabalarning sohaga oid mavzularda fikrini og‘zaki bayon etish qobiliyatini o‘stiradi. Kafedra katta o‘qituvchisi E.Salaxova “Engliah for Mobile Communication Students” nomli uslubiy qo‘llanmasida berilgan yangi so‘zlar o‘quv matnlarni yanada yaxshiroq tushunish imkonini berishini va talabalarning erkin fikrlash va gapirish qobiliyatini, tarjima qilish mahoratini, o‘qish texnikasini oshirishini, sohaga oid tor doiradagi atamalarni o‘rganishga, talabalarning kelgusi mutaxassisligi bo‘yicha malakalarini oshirishga yordam berishini aytib o‘tdi. Kafedra ushbu uslubiy qo‘llanmasi Mobil aloqa tizimlari (Mobile aloqa texnologiyalari) fakultetidagi ilmiy-uslubiy Kengash a'zolariga tasdiqlash uchun tavsiya etdi. QAROR QILINDI: 6. Chet tillar kafedrasi katta o‘qituvchisi S.Abdiyevaning ingliz tilida yozilgan “Engliah for Mobile Communication Students” nomli uslubiy qo‘llanmasi Mobil aloqa tizimlari (Mobil aloqa texnologiyalari) fakulteti ilmiy-uslubiy Kengashiga tasdiqlash uchun tavsiya etilsin. Kafedra mudiri A. Sharipova Kotiba H. Alimuhamedova Download 20.17 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling