Muhammad al xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti samarqand filiali


Taqsimlangan tizimning biron bir kompyuteri nuqtai nazaridan, ti-zim tarkibidagi boshqa kompyuterlar masofa jihatidan uzoqda joylashgan axborot qayta ishlash tizimlari hisoblanadi


Download 187.65 Kb.
bet2/2
Sana05.08.2020
Hajmi187.65 Kb.
#125540
1   2
Bog'liq
Mustaqil ish1

Taqsimlangan tizimning biron bir kompyuteri nuqtai nazaridan, ti-zim tarkibidagi boshqa kompyuterlar masofa jihatidan uzoqda joylashgan axborot qayta ishlash tizimlari hisoblanadi.


TT doirasida bir – biridan uzoqda joylashgan kompyuterlarning orasidagi o’zaro axborot almashish jarayonlari ochiq tizimlarning muno-sabatlarini ta’minlovchi OSI/ISO modeli asosida amalga oshiriladi. Mazkur bobning ikkinchi bandida ochiq tizimlar orasidagi munosa-batlar standart yetti sathli protokollar asosida belgilanishi, ularning funksional vazifalari imkon qadar batafsil yoritilgan.

OSI modelining quyi sathlari (1 – 4 sathlari) TT komponentalari orasida axborot uzatish vazifalarini bajaradi, seans va taqdim etish sathlarining protokollari TT ning oraliq sath (ya’ni, oraliq sath dastu-riy ta’minotining) (middleware) vazifalarini amalga oshiradi (17 – chizma). Boshqa so’z bilan, seans va taqdim etish sathlari bitta oraliq sath bilan almashtiriladi. Ular ilovalar taqdim etish protokollariga bog’liq bo’lmaydi.

Oraliq sath muhiti ochiq, masshtablangan va ishonchli taqsimlangan tizimlarni yaratilishiga imkon yaratadi.

Bunday maqsadga erishish uchun oraliq sath muhiti taqsimlangan ti-zim komponentalarini o’zaro munasabatlarini tashkil etish xizmatlari bilan ta’minlashi kerak. Bunday xizmatlarga quyidagilar kiradi:



  • TT ma’lum bir dasturiy komponentasini uning boshqa komponen-talarining xizmatlaridan operasion tizim dasturlariga bog’liq bo’lmagan holda foydalanishining yaxlit (yedinogo) mexanizmlari bilan ta’minlash;

  • TT xavfsizligini ta’minlash: hamma foydalanuvchilar va servis-larni autentifikasiyalash va avtorizasiya qilish va komponentalar tomo-nidan uzatilayotgan axborotlarni xatoliklardan va ularni uchinchi shaxslar o’qishidan himoya qilish;

  • ma’lumotlar to’liqligini ta’minlash, ya’ni masofadagi komponenta-lar orasida taqsimlangan tranzaksiyalar boshqaruvini ta’minlash;

  • dasturiy komponentalarga ega serverlar yuklamalarini balansirovka qilish;

  • uzoq masofadagi komponentalarni aniqlash;

Bitta TT doirasida bir necha xil oraliq sath muhitlari ishlatilishi mumkin. TT ning taqsimlangan har bir komponentasi o’zining servislarini faqat bir turdagi oraliq sath muhiti asosida taqdim etishi va bir turdagi oraliq muhit asosida boshqa komponentalarning xizmatlaridan foydalani-shi mumkin.

17 – chizma. TT kompyuterlarining o’zaro munosabatlarini

tashkil etish modeli.

Oraliq sathning asosiy xizmat turi TTning komponentalari ora-sida ma’lumot uzatilishini ta’minlash hisoblanadi. Bugungi kunda dasturiy ta’minot komponentalari orasida munosabatlarni tashkil etishning ikkita konsepsiyasi mavjud:



  1. komponentalar orasida ma’lumot almashuvi;

  2. va prosedura yoki uzoq masofadagi komponenta obyektini chaqirish.

Agar taqsimlangan tizimning bir komponentasi ikkinchisi bilan bir necha oraliq muhit orqali bog’lansa, bunday tizimni “geterogen” tizim (18 – chizma) deb va, aksincha, bir muhit orqali bog’lansa “gomogen” tizim deb nomlash qabul qilingan.

18 - chizma. “Geterogen” taqsimlangan tizimining sxemasi.
“Geterogen” taqsimlangan tizimlarida bir oraliq muhit o’zini funk-sional vazifalarini bajarishi uchun boshqa oraliq muhitning servislari-dan foydalanishi mumkin.

TTning uzoq masofadagi komponentalari orasida axborot uzatilishi-ning ikki usuli mavjud – muntazam axborot almashish va navbatlardan foydalangan holda axborot uzatish.

Birinchi usulda uzatish jarayoni to’g’ridan-to’g’ri amalga oshiriladi. Bu usul faqat va faqat qabul taraf ushbu vaqtda axborot qabul qilishga tayyor bo’lgan hollarda qo’llaniladi.

Ikkinchi usulda axborot navbatlarining “bajaruvchi-menejeri” nom-li dastur ishlatiladi.

TT komponentasi o’z ma’lumotini bajaruvchi-menejerining navbat-laridan biriga uzatadi. So’ng u o’zining ishini davom ettirishi mumkin. Qabul qiladigan taraf ma’lumotni bajaruvchi-menejerining navbatlari ichidan qidirib topadi va uni qayti ishlashga kirishadi.

Ma’lumot navbatlarining menejeri bunday tizimlarda ma’lumot uzatishda qatnashayotgan kompyuterlarda emas, balki tarmoqdagi butunlay boshqa kompyuterda bo’lishi mumkin.



Bunday holatda ma’lumot dastlab TT komponentasining ma’lumot uzatadigan kompyuteriga navbatga qo’yiladi, so’ng talab qilingan kompyuter navbatlar menejeriga o’tkaziladi (19 – chizma).

19 – chizma. Ma’lumot navbatlarining tizimi.
Bunday tizimlarning asosiy afzalliklari quyidagicha ifodalanadi:

server kompyuterining ishlash vaqti foydalanuvchining ishlash vaqti-ga bog’liq emas;

oraliq muhit TT ning dasturiy komponentalarini ishlab chiqish vosita va foydalanilayotgan dasturlash tiliga bog’liq emas;

navbatdagi mavjud chaqiriqlarni o’qish va ularni qayta ishlash jarayonlari TT ning bir-biriga bog’liq bo’lmagan mustaqil br nechta komponentalari tomonidan amalga oshirilishi mumkin. Bunday holat ishonchli va masshtablangan tizimlarni nisbatan sodda yo’l bilan yaratish imkoniyatini beradi.

Oraliq dasturiy ta’minot yordamida uzoq masofadagi kompyuter funksiyasini xuddi lokal kompyuter funksiyasini chaqirgandek amalga oshirish mumkin (20 - chizma) .

Uzoq masofadagi TT komponentasini chaqirish proseduralarini quyidagi variantlarda amalga oshirish mumkin:

- sinxron chaqiruv: foydalanuvchi server bajarayotgan masalasining yechimini tamom bo’lishini kutadi va kerak bo’lganida undan uzoq masofadagi funksiya bajarilishining natijasini oladi;

- asinxron chaqiruv: foydalanuvchi o’z ishini bajarishni davom ettiradi, server tomonidan ish yakunlanganida, u kerak bo’lganida masofaviy funksiyalar bo’yicha bajarilgan ishlarning natijalari bilan tanishtiriladi.



Quyida WWW (World Wide Web - jahon o’rgimchak to’ri) tizimida dasturiy ta’minotlarning o’zaro munosabatlari keltiriladi.

Mijoz dasturi foydalanuvchining interfeys funksiyasini bajaradi va Internet tizimining deyarli barcha resurslariga kirishni ta’minlaydi. Mijoz amaliyotda HTML tilining interpretatori hisoblanadi va tipik interpretator singari, mijoz komandalar mazmuniga qarab har xil funksiyalarni bajaradi. Funksiyalar qatoriga faqat tekstlarni joylashtirish emas, balki qabul qilingan tekstni tahlili jarayonida server bilan axborot almashish ham kiradi.

WWW tizimining server dasturiy kompleksi HTTP protokoli, server tomonidan boshqariladigan HTML formatidagi hujatlarning ma’lumotlar bazasi va b. Bugungi kunda MS-Windows, Apachie-server, Unix- platformasidagi va boshqa server dasturlari mavjud.




XULOSA
Men ushbu mustaqil ishni bajarish davomida taqsimlangan fayl tizimlari, FTP tizimi, www da fayl tizimi haqida bilimlarga ega bo’ldim.

Taqsimlangan tizimlarning komponentalari, turli sxemalari va OSI modeli uning sathlari, bajaradigan vazifasi haqida yanada ko’p ma’lumotlarga ega bo’ldim. Ko’plab tushunchalarni o’rgandim va bilimlarim yanada ortdi.



Adabiyotlar
1. Tanenbaum E., Van Steyen M. Raspredelennыye sistemы. – SPb.: Piter, 2003.

2. Yakobovskiy M.V. Raspredelennыye sistemы i seti. Uchebnoye posobiye. - M.: MGTU "Stankin", 2000.

3. WeijiaJia, Wanlei Zhou, “Distributed Network Systems-From Concepts to Implementations”, Springer publication, 2004.

4. S. Krakowiak, “Middleware Architecture with Patterns and Frameworks”, http://creativecommons.org/licenses/by

5. G.Coulouris, J.Dollimore, T.Kindberg, “Distributed Sysytems: Concepts and Design”, Addison

6. Behrouz A. Forouzen. “Data communication and networking”, Mc Graw-Hill Springer, New York 2010.



7. Stallings, William. Data and Computer Communications, 8th ed. Upper Saddle River, NJ: Prentice Hall, 2010.
Download 187.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling