Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti g. Tulenova, D. Sagdullaeva


Download 4.43 Mb.
Pdf ko'rish
bet200/463
Sana19.10.2023
Hajmi4.43 Mb.
#1709820
1   ...   196   197   198   199   200   201   202   203   ...   463
Bog'liq
Z0m2Y3xIsiTPCBv4SIeXYLrHBdo5K7T8Eh3vfQpX

228
 
Umumiylik deganda ob’ektiv reallikning barcha yoki bir qancha narsa yoki 
hodisalardagi ob’ektiv mavjud bo‘lgan tomonlar, xossalar va belgilarning majmui, ular 
o‘rtasidagi aloqa va munosabatlarning o‘xshashligi tushuniladi. 
Xususiylik shunday narsa yoki hodisalar guruhidirki, ular ma’lum ma’noda 
umumiy bo‘lsa-da, lekin undan ham umumiyroq bo‘lgan boshqa bir guruhga kiradi va 
bu guruhda u alohidalik yoki yakkalikdir, butunning qismidir. Xususiylik narsa yoki 
hodisalarning shunday doirasiki, bunda ular ma’lum bir munosabatda umumiy, 
boshqasida esa yakkalik, alohidalikdadir. 
Yakkalik, xususiylik va umumiylik bir-biri bilan uzviy bog‘langan, shuning 
uchun ham ularni bir-biridan ajratish mumkin emas. Har qanday yakkalik ma’lum 
vaqt va sharoitda xususiylikka va umumiylikka olib keladi. Shuningdek, umumiylik 
narsa va hodisalarning eng umumiy tomonlari orasidagi aloqalarni o‘zida aks 
ettirib, o‘z ko‘rinishini faqat yakkalik va xususiylik orqali konkretlashtiradi. 
Umumiylik, xususiylik va yakkalik bir butunlikni tashkil qilsada, ularning har 
biri o‘ziga xos xususiyatga ega. Yakkalik va xususiyliklar orqali namoyon 
bo‘ladigan umumiylik o‘zining mustaqil qiymatiga ega. Shuningdek, har qanday 
yakkalik, xususiylik umumiylikni ifodalaydigan xossa, belgi va tomonlar bilan bir 
qatorda faqat o‘zlariga xos bo‘lgan va shu orqali boshqa turdoshlaridan farq 
qiladigan xususiyatlarga ham ega. 
Falsafa tarixida yakkalik, xususiylik va umumiylik kategoriyalarini bir-biridan 
ajratib, bir-biriga qarama-qarshi qilib talqin etuvchi turli xil ta’limotlar mavjud 
bo‘lganligini eslatib o‘tish joizdir. 
Yakkalik, xususiylik va umumiylikning birligi ular o‘rtasida muayyan shart-
sharoitlarda vujudga keladigan ma’lum ziddiyatlarning kelib chiqishini, inkor 
etmaydi. Ularni o‘z vaqtida bartaraf etish uchun mazkur xususiyatlar birligini yaxshi 
anglab olish maqsadga muvofiqdir. 
Yakkalik, xususiylik va umumiylik kategoriyalari orqali inson o‘z ongida 
olamdagi narsa va hodisalar o‘rtasidagi aloqadorlikni chuqur va atroflicha bilib olish 
imkoniyatiga ega bo‘ladi. 





Download 4.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   196   197   198   199   200   201   202   203   ...   463




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling