Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti g. Tulenova, D. Sagdullaeva


Download 4.43 Mb.
Pdf ko'rish
bet209/463
Sana19.10.2023
Hajmi4.43 Mb.
#1709820
1   ...   205   206   207   208   209   210   211   212   ...   463
Bog'liq
Z0m2Y3xIsiTPCBv4SIeXYLrHBdo5K7T8Eh3vfQpX

237
 
Shuning uchun ham biz ayrim, alohida kategoriyalar yordamida u yoki bu tarzda 
narsalarning bir butunligini, ularning umumiy aloqalarini anglaymiz. Ikkinchi 
tomondan, har qanday alohida minglab vositalar orqali boshqa jinsdagi alohida 
narsalar, hodisalar, jarayonlar bilan bog‘langan va hokazo. Shuning uchun ham har 
bir kategoriya, har bir tushuncha qolgan barcha tushunchalar bilan ma’lum bog‘liqlikda 
bo‘ladi. 
Kategoriyalarning ana shu o‘zaro aloqadorligi tufayli narsaning barcha aloqa 
va vositalarini to‘laligicha bilish imkoniyati yaratiladi. 
Kategoriyalar orasidagi aloqadorlik ularning biri ikkinchisiga o‘tishini inkor 
etmaydi. Taraqqiyot dialektikasi shundayki, kategoriyalar ma’lum munosabatlarda 
bir-birlariga o‘tadilar, o‘zgarishga uchraydilar. Zaruriyat tasodifga, tasodif zaruriyatga, 
imkoniyat voqelikka aylanadi, voqelik esa o‘z navbatida yangi imkoniyatlarni vujudga 
keltiradi va hokazo. Dialektik kategoriyalarning o‘zgaruvchanligi, ixchamligi mana 
shunda ham namoyon bo‘ladi. 
Kategoriyalarning biridan ikkinchisiga o‘tishi real borliqga asoslanadi. Xuddi 
narsa va hodisalar o‘z taraqqiyotlarida bir sifat holatidan ikkinchi sifat holatiga 
o‘tganlari singari mantiqiy kategoriyalar ham o‘zaro bir-birlariga aylanish 
xususiyatiga egadirlar. Shuning uchun ham ilmiy tahlil narsalar orasidagi o‘zaro 
aloqadorlik va bog‘liqlikni aniqlash va qayd etishnigina emas, balki ularning o‘zaro 
biri ikkinchisiga aylanishini ham aniqlashni talab etadi. 
Kategoriyalarning biri 
ikkinchisiga 
o‘tishi dialektikaning 
asosiy 
elementlaridan biri hisoblanadi. 
Ilmiy tafakkur hamda amaliy faoliyat jarayonida kategoriyalarning o‘zaro biri 
ikkinchisiga o‘tishi dialektikasini hisobga olish muhim ahamiyatga ega. Busiz 
ob’ektiv dunyodagi narsa va hodisalarning doimo o‘zgarib turuvchi o‘zaro 
aloqalarini to‘g‘ri aks ettirish mumkin emas. 
Kategoriyalar turlicha aloqa, munosabatlar tufayli o‘zgarishga uchrar ekan, 
ular relyativ, nisbiy xarakterga ega bo‘ladi. Lekin kategoriyalar relyativligini 
mutlaqlashtirmaslik lozim. Ob’ektiv dialektika relyativlikda mutlaqiylik bor deydi. 





Download 4.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   205   206   207   208   209   210   211   212   ...   463




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling