6.6. Kvadraturali fazaviy manipulyatsiyalash (QPSK)
Fazaviy manipulyatsiyalashning BPSK, QPSK, 8-PSK va boshqa turlari mavjud. Ularning tavsiflari 6.2- jadvalda keltirilgan.
6.2- jadval
BPSK, QPSK, 8-PSK fazaviy modulyatsiyalash turlarining nisbiy xarakteristikalari
BPSK
|
QPSK
|
8-PSK
|
Binary Phase Shift Keying –oddiy binar fazaviy manipulyatsiyalash hisoblanadi va bitta signalda 1 bit axborotni kodlashga imkon beradi
|
Kvadraturali fazaviy manipulyatsiyalash (Quadrature Phase Shift Keying) bo‘lib, 4 fazaga bo‘linadi va bitta signalda 2 bit axborotni kodlashga imkon beradi
|
8 Phase Shift Keying manipulyatsiyalashda 8 ga bo‘linadi va bitta signalda 3 bit axborotni kodlashga imkon beradi
|
BPSK, QPSK, 8-PSK fazaviy manipulyatsiyalash yulduzlar turkumlari diagrammalari 6.17- rasmda keltirilgan.
Bitta BPSK simvoli bir bit ma’lumotni kodlaydi, bunda BPSK vektorlar diagrammasida I(t) sinfaz o‘qda atigi ikkita nuqtalar – nolga va uzatiladigan ma’lumotlar birligiga mos keladigan nuqtalar bo‘ladi. Q(t) kvadraturali kanal BPSK bo‘lganida doimo nolga teng bo‘ladi.
6.17- rasm. BPSK, QPSK, 8-PSK fazaviy manipulyatsiyalash yulduzlar turkumlari diagrammalari
6.18- rasm. QPSK yulduzlar turkumi asosida sinfaz va kvadraturali tashkil etuvchilarni shartli kodlash qurilmasi
Ikki bit ma’lumotni bitta simvol bilan kodlashni amalga oshirish uchun signallar turkumi 6.17- rasmdagi QPSK vektorlar diagrammasida tasvirlanganidek, to‘rtta nuqtalardan tashkil topishi kerak. U holda biz ham I(t), ham Q(t) noldan farqli bo‘lishi, signallar turkumining barcha nuqtalari birlik aylanada joylashishini olamiz. Bunda kodlashni quyidagi tarzda amalga oshirish mumkin. Bitlar oqimi juft va toq bitlarga bo‘linadi, I(t) juft bitlarni, Q(t) esa toq bitlarni kodlaydi. Ikkita bir-birlaridan keyin ketma-ketma keladigan ma’lumotlar bitlari bir vaqtda sinfaz I(t) va kvadraturali Q(t) signallar bilan kodlanadi. Bu 6.20- rasmda keltirilgan «1100101101100001» axborot oqimi uchun ossillogrammalarda yaqqol tasvirlangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |