Muhammad-al xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti radio va mobil aloqa fakulteti


Rangli televizion qabul qilgichning tuzilish sxemasi


Download 1.75 Mb.
bet68/81
Sana20.10.2023
Hajmi1.75 Mb.
#1712072
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   81
Bog'liq
TELERADIOESHITTIRISHDA-UZATISHVAQABULQILISHQURILMALARI (1)

13.2. Rangli televizion qabul qilgichning tuzilish sxemasi

Rangli televizion qabul qilgichning tuzilish sxemasi 15.2- rasmda keltirilgan. Rangli televizion qabul qilgichning asosiy farqi uchta EG, ER va EV ranglilik signallarini shakllantiradigan ranglilik blokining mavjudligi hisoblanadi. Videokuchaytirgichning chiqishiga qo‘yilgan 6,5 MGs polosali EY filtr yorqinlik signalini ajratadi.


15.2-rasm. Rangli televizion qabul qilgichning tuzilish sxemasi


Videokuchaytirgichning chiqishidan EY signal ranglar farq signallari (RFS) filtrlariga ham beriladi, ular fOCh.V va fOCh.R tashuvchi chastotalarli ChM ranglar farq signallarini ajratadi. Satrlar sinxroimpulslari orqali boshqariladigan elektron kommutator yordamida ranglar farq signallari ChDga beriladi. Kuchaytirgichlar chiqishlaridan detektorlangan EG - EY va ER - EY ranglar farq signallari EY yorqinlik signallari bilan birga matritsaga beriladi, uning chiqishidan EG, ER va EV ranglilik signallari olinadi. Bu signallar EY yorqinlik signallari bilan birga rangi kineskopga beriladi va ekranda rangli tasvirni shakllantiradi.


15.3. SK televizorning tuzilish sxemasi

15.3-rasmda LVDS texnologiyadagi zamonaviy SK televizorning tuzilish sxemasi keltirilgan. Bu yerda asosan signalga raqamli ishlov berish ishlatiladi. Masalan, COFDM televideniyeda keng ishlatiladigan kodlashli kanallarni ortogonal chastota bo‘yicha ajaratish bilan ma’lumotlarga ishlov berish hisoblanadi. LVDS qisqartmasi bu matritsaga signallarni uzatish usuli. Invertor yoritish lampalari (yoki LCD va OLED televizorlaridagi yorug‘lik diodlari) uchun kuchlanishni ta’minlaydi va uni rostlaydi. Flesh-xotira (DXQ) sozlashlar, o‘rnatilgan funksiyalar, qabul qilgichni boshqarish haqidagi ma’lumotlarni saqlaydigan televizorning o‘z xotirasi hisoblanadi. OXQ operativ xotira bo‘lib, u TV ishlaganida ma’lumotlarga ishlov berishda qatnashadi.


15.3-rasm. SK televizorning tuzilish sxemasi



Download 1.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling