Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti “O’rnatilgan tizimlar”
Bozorda Bluetoothga ega ko‘plab qurilmalar mavjud
Download 1.46 Mb.
|
Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari u
Bozorda Bluetoothga ega ko‘plab qurilmalar mavjud
Yap Xarstenning ma’lum qilishicha, undan ko‘pchilik qachon bo‘lsa ham hayotning barcha holatlari uchun va mavjud simli texnologiyalarni surib chiqara oladigan simsiz texnologiya yaratilishi mumkinmi, deb so‘raydilar. Yapning fikricha, yaqin orada bunday texnologiya yaratilmasa kerak. Hozirda mobil simsiz texnologiya uchun uch asosiy soha mavjud — katta maydonni qoplab oluvchi texnologiya, simsiz LAN va Bluetooth kabi personal tarmoqlar. Mazkur tizimlarning har biri o‘z vazifasini yaxshi bajaradi. Biroq barcha talablarga javob bera oladigan bir universal tizimni yaratish juda qiyin. Internet narsalar soha oldiga alohida talablarni qo‘yadi. Kelajakda bir kvadrat kilometrda millionlab IoT-qurilmalarga ega bo‘lamiz. Ular o‘zaro bir-birlari bilan qanday muloqot qiladilar? Xarstenning fikricha, bu borada router Cassia Hub-Bluetooth kabi qurilmalar istiqbolli bo‘lib ko‘rinadi. Ma’lumki, slave-qurilmalarining soni o‘sib bormoqda, foydalanuvchilar uchun ham barcha narchalarni birlashtira oladigan shunday xablar zarur. Albatta, Yap Bluetooth tarixi haqida ham to‘xtalib o‘tgan, 1994-yilda undan ovos va ma’lumotlarni uzata oladigan raqamli simsiz tizim ishlab chiqishini so‘rab murojaat etadilar. Shu sababli Xarsten zamonaviy va shu bilan birga, yaqin radius ta’siriga ega texnologiyalar ustida tadqiqot yuritdi. Ko‘plab tizimlar juda murakkab, ko‘p energiya talab etar, bundan tashqari, ixcham edi. DECT kabi tizimlar bazoviy stansiya infrastrukturasi va uning atrofidagi qurilmalar talab etilganligi sababli to‘g‘ri kelmadi. Biroq oldinda teng bog‘lamali oraliq stansiyalarsiz aloqa o‘rnata oladigan peer-tarmoq yaratish vazifasi turardi. Mazmunan Bluetooth’ga eng yaqin qurilmalar bu bolalikdan ko‘pchilikka tanish «walkie-talkie» so‘zlashuv ratsiyalari edi. Biroq ularda faqat ikki qurilma o‘rtasida muloqot imkoniyati ko‘zda tutilgandi. Xarsten Bluetooth’ni taqdim etganida, bu qurilma «walkie-talkie»ga o‘xshash, faqat jahon miqyosidagi qurilmadir degandi. Aslida, aloqa modulining ta’sir radiusida bo‘lgan har qanday qurilmalarda o‘zaro muloqot qilish mumkin. Bu boradagi ishlar 1994-yilda boshlandi va standart yaratuvchilari ilgari hech kim amalga oshirmagan bir chipda bajarish zarur bo‘lgan kelishuvga juda tez keldilar. Nihoyat uch yildan keyin ular o‘ylagan g‘oyalarini amalga oshirishga erishdilar. Ishlanma ustida faoliyat yuritgan bo‘linmalar rahbarlari bir kompaniya standarti sifatida bunday texnologiyani jahon bozoriga olib chiqishning uddasidan chiqolmasligi, balki butun ekotizim zarurligini tushunib yetdilar. Shu sababli 1997-yilda ular faol tarzda o‘zlariga hamkor izlay boshladilar. Loyihaga Nokia, Intel, Toshiba, IBM kompaniyalari qo‘shildi. Beshta kompaniya birgalikda Bluetooth SIG texnologiyasiga asos soldi. Faqat shundan keyingina dastlabki final spetsifikatsiyasi paydo bo‘ldi. Download 1.46 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling