O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR VAZIRLIGI
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI
TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
“O’rnatilgan tizimlar”
fanidan
Mustaqil ish
Bajardi: Kompyuter injiniringi
ta’lim yo‘nalishi
012-18 guruh talabasi
Mirzajanov Xusan
Toshkent- 2023
O’rnatilgan tizimlarda Bluetooth Reja: Bluetooth asoschisi va simsiz texnologiyaning kelajagi haqida
Bozorda Bluetoothga ega ko‘plab qurilmalar mavjud
Nega menga Bluetooth kerak? Kompyuterga bluetooth o'rnatish Foydalanilgan adabiyotlar ro`yhati Bluetooth asoschisi va simsiz texnologiyaning kelajagi haqida
Bluetooth texnologiyasi xay-tek sohasi uchun nisbatan uzun tarixga ega. Mazkur simsiz texnologiya biznes-muhitda foydalanishda afzallikka ega, biroq kam tarqalgan standartdan boshlab, asta ommaviy segmentga joriy etilgan. Bugungi kun bozorida Bluetooth-interfeysga ega ko‘plab simsiz dinamiklar, naushniklar, manipulyatorlar, klaviaturalar va boshqa qurilmalar mavjud. Standartning eng oxirgi versiyalari paydo bo‘lishi bilan Bluetoothning sohada yanada mustahkam o‘rin egallashini tasdiqlovchi ko‘plab qiziqarli yangiliklar taqdim etilmoqda.
Yap Xarsten — Bluetooth asoschisi
«Bluetooth’ning otasi» Yap Xarsten (Jaap Haarsten) bo‘lib, Ericsson kompaniyasida ishlagan davrida, ya’ni 1994-yildayoq, yangi texnologiyalarni ilgari sura boshlagandi. Yap Xarsten Bluetooth’ni rivojlantirishning muhim yo‘nalishlari sifatida eng yaqin qurilmagacha masofani aniqlashdagi funksiyasini aniqlagan. Yapning fikriga ko‘ra, texnologiyalar zamonaviy olamda kommunikatsiya va joylashgan joyni bilishning mujassam ilg‘or funksiyalarini yaratish uchun ajralmas shart bo‘lib hisoblanadi. Masalan, noutbugingizdagi nimanidir bosib chiqarishni xohlasangiz, qidiruv asosida bir necha qurilmani topishingiz mumkin, biroq bundan foyda kam bo‘ladi. Agar foydalanuvchi, masalan, 5 metr masofada printer mavjudligidan boxabar bo‘lsa, bu juda yaxshi natijadir.
Do'stlaringiz bilan baham: |