Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti r. R. Ibraimov, D. А. Davronbekov, M. O. Sultonova, E. B. Tashmanov, U. T. Aliyev «simsiz aloqa tizimlari va dasturlari»
Download 3.49 Mb. Pdf ko'rish
|
5.5. Kognitiv radio Kognitiv radio (Cognitive Radio System, CRS) bu o‘z ishlatilishi o‘ziga xos xususiyatlari haqida ma’lumotlarni ola oladigan va bu ma’lumotlar asosida o‘zining ishlashi parametrlarini tuzata oladigan radiotizim hisoblanadi. Bunday tizim alohida radioaloqa xizmati hisoblanmaydi, balki mavjud radioxizmatlardan istalgani doirasida texnologiya sifatida ishlatiladi. Buning uchun u mos chastotalar polosasida birlamchi yoki ikkilamchi asosda ishlatilishi imkoniyati bo‘lishi kerak [28,29]. Kognitiv radio texnologiyasi ishlatiladigan radiochastota spektri resurslarini samaraliroq boshqarish uchun terminallar va bir necha radiotizimlar, radioaloqa tizimlari operatorlari orasida bog‘lanishlarni rekonfiguratsiyalashda, shuningdek radiochastotalar spektriga yanada tez moslashuvchan ulanishni tashkil etishda va jamoaviy vosita sifatida ishlatilishi mumkin. Smartfonlarning keskin ortishi tufayli simli tarmoqlarda ma’lumotlarni uzatish chastotalarning halokatli yetishmasligiga uchrashi mumkin, shuning uchun XEAI mobil operatorlarga va tadqiqotlar laboratoriyalariga spektrdan yanada samaraliroq foydalanish uchun yechimlarni qidirish bo‘yicha urinishlarni kengaytirishni tavsiya etdi. Bunday yechimlardan biri kognitiv radioning ishlatilishi hisoblanadi, u bu momentda ishlatilmayotgan chastotalar polosasini aniqlashi va ma’lumotlarni uzatilishi uzilmasdan bunday bo‘sh kanallar orasida qayta ulanishi mumkin. Kognitiv radio tamoyilini ishlatadigan va CogRadio deyiladigan bunday qurilmalarning birinchilaridan biri Nyu-Jersida yaratilgan. Ishlab chiqilgan yuqori tezlikli namuna bo‘lishi mumkin maksimal 100 MGsdan 7.5 GGsgacha chastotalar diapazonlarida, shu jumladan televidenie, Wi-Fi va GSM uchun chastotalarda ishlashi mumkin va spektrdan samaraliroq foydalanishga imkon beradi. Qurilma band bo‘lmagan chastotalarni detektorlay oladi va ular orasida 50 mikrosekundda qayta ulana oladi, alohida hollarda esa videoqimlarni translyasilash uzilmasdan 1 mikrosekundda qayta ulana oladi. Shuningdek qurilma tijorat mahsulotlarida ishlatiladigan dasturiy ta’minotlarni ishlatishi va testlashi mumkin. Ma’lumotlar sekundiga 197 400 Mbit tezlikda uzatiladi, bu mavjud Wi-Fi qurilmalardagidan ancha tez. Kognitiv radio butun qator yangi xizmatlarni yaratishi mumkin. Masalan, u sotali qo‘ng‘iroqlarni Wi-Figa marshrutlashtirishi mumkin, bu bugungi kunda uncha katta bo‘lmagan simsiz microcell bazaviy stansiyalarda amalga oshirilmoqda va Internetga ulanish uchun optik toladan foydalanishni inkor etishi mumkin, buning o‘rniga esa mavjud 400 MGs diapazondagi televidenie spektri ishlatilishi mumkin. Barcha bunday loyihalardagi eng katta muammo katta chastotaning tez qayta ulanishi va yuqori o‘tkazish qobiliyati hisoblanadi. Katta unumdorlikni ishlatilishi uchun ko‘p ishlar - chip dizayni, interfeys va boshqa ko‘p ishlarni amalga oshirilishi turgan bo‘lsada, kognitiv radio bunday loyihalar uchun ideal to‘g‘ri keladi Shu bilan birga, dunyoda ehtiroslar jo‘sh urmoqda, chunki mobil tarmoqlarga talablar ortmoqda. Bell Labs 2020 yilga kelib mobil trafik 25 martaga, Cisco 18 martaga oshadi deb hisoblaydi, FCC esa mavjud spektr yaqin yillarda tugashini va bu holda yangi texnologiyalar hayotiy zarur bo‘lishini ta’kidlaydi. Bularning barchasi sohani yangi texnologiyalarni rivojlantirishga majburlaydi. Maxsus chastotalarni ajratilishiga ehtiyoji bo‘lmagan va qandaydir qo‘shimcha simsiz texnologiyalarga ehtiyoji bo‘lmagan Download 3.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling