Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti m. A. Raxmatullayev, B. I. Ganiyeva


EIFL.NET xalqaro kutubxona konsorsiumi


Download 1.96 Mb.
bet79/116
Sana06.11.2023
Hajmi1.96 Mb.
#1750219
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   116
Bog'liq
JAHON-AXBOROTRESURSLARI

4.2.EIFL.NET xalqaro kutubxona konsorsiumi
Quyida xalqaro EIFL konsorsiumi misolida kutubxona konsorsiumi qurish strategiyasi va mexanizmlari haqida ma’lumot berilgan. Axborot umumiy muammolarini hal qilish uchun o‘z kuchlarini birlashtirishni, o‘zlarining moddiy, xodimlar va vaqtga bog‘liq zaxiralarini tejashni xohlovchi tashkilotlar uchun muhim ahamiyatga ega.
YEIFL – tarmoq bu yangi, mustaqil, notijorat, xalqaro konsorsiumi bo‘lib, o‘tish davridagi barcha kutubxona foydalanuvchilarining elektron axborot ehtiyojini yuritish, ta’minlash va himoya qilishga ixtisoslashgandir. Hozirgi vaqtda EIFL – tarmog‘i 40 dan ortiq a’zo – davlatlarga ega bo‘lib, istiqbolda 70 dan ortiq davlat bo‘lishi ko‘zda tutilgan. YEIFL konsorsium a’zolari orasida kutubxonalar nomidan bu davlatlarda manbalardan birgalikda foydalanish va hamkorlik orqasi global axborotga kirish uchun samarali, qulay, o‘z vaqtida xizmat ko‘rsatish va uning dasturini ishlab chiqish va tarqatishga yo‘naltirilgan. Birinchi uch yildagi moliyaviy barqarorlik Ochiq Jamiyat institutining jiddiy qo‘llab-quvvatlashi orqali bo‘lishi mumkin.
Missiyasi: EIFL kutubxona konsorsiumlarining o‘tish davrida konsorsiumga a’zo – davlatlar kutubxonalari foydalanuvchilarning axborotga kirishini ta’minlash, yuritish, qo‘llab-quvvatlash, asoslash va himoya qilishga yo‘naltirilgan xalqaro konsorsiumidir.
Faoliyati. EIFL tomonidan: (1) kuchli milliy konsorsium shakllanishiga yordam beradi; (2) tijorat axborot xizmatlariga kirishni ta’minlash uchun muzokaralar olib boruvchi davlatlararo bosh shaxs hisoblanadi; (3) lokal raqamli manbalar ishlanmalarini qattiq turib himoya qilish; (4) yetkazib beruvchilar bilan kuchli markazlashtirilgan aloqalarni ta’minlash; (5) axborotlarga kirishni kengaytirishga imkon beruvchi xalqaro ekspertiza va manbalarni ta’minlash; (6) ta’lim va maslahat xizmatining yuqori sifatini ta’minlash; (7) samarali axborot distributiv moddalarini qabul qilish va ilgari surish bo‘yicha himoyachi bo‘lishi; (8) xalqaro moliyaviy agentlar, fondlar, agentliklar, konsorsium guruhlari, yetkazib beruvchilar bilan hamkorlik modellarini ishlab chiqish ko‘zda tutiladi.
Ahamiyati. EIFL – tarmog‘i va uning a’zolarining asosiy prinsiplari quyidagilar bo‘lish kerak: hamkorlik (barcha a’zolar bilan teng huquqli hamkorlik va demokratik ishtirok etish); aniq yo‘nalish; tarmoq a’zolari va jahon hamjamiyati bilan yaqin aloqa; noziklik (nozikligini, ijodiy yondashuv va yechimning samarali tannarxi); manbalar va g‘oyalardan birgalikda foydalanish uchun, xarid qilish imkoniyatlarini olgan holda a’zolarni qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish; standartlarga asoslanish.



Download 1.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   116




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling