O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI RAQAMLI TEXNOLOGIYALARI VAZIRLIGI
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT
TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
AKT SOHASIDA IQTISODIYOT VA MENEJMENT FAKULTETI
“MENEJMENT VA MARKETING” KAFEDRASI
BOSHQARUV QOBILIYATATINI SHAKLLANTIRISH FANIDAN
1-MUSTAQIL ISH
Bajardi: Yuldashev Muhammadyusuf
Tekshirdi: Raxmatullayev Mirjalol
Toshkent – 2023
BOSHQARUV FUNKSIYALARI
Reja:
Menejment funksiyalari
Texnologik funksiyalar
Boshqaruv uslublari
Menejment funksiyalari —bu boshqaruv faoliyatining bajarilgan ishlarni mazmunan bir turda bo‘lishi va ularning maqsadli yo‘naltirilishi
alomati bo‘yicha ajratiladigan ixtisoslashgan turlari.
Menejment funksiyalari boshqaruv faoliyatini maqsadlar, harakatlarning yoki ular tatbiq etiladigan obyektlarning bir turdaligi bilan tavsiflanadigan ixtisoslashgan turlarining barqaror tarkibini belgilab beradi.
Menejment funksiyalarining tabaqalanishi (differensiatsiyasi) ularni amalga oshirishning oqilona qoidalari va muolajalarini reglamentga solish imkonini beradi.
Farmatsevtika menejmenti uchta guruhga ajratiladi:
umumiy;
ijtimoiy-psixologik;
texnologik.
Farmatsevtika menejmentining umumiy funksiyalari iyerarxiyaning barcha pog‘onalarida tashkilot faoliyatini boshqaruv jarayonining asosiy bosqichlari mohiyatini aks ettiradi:
rejalashtirish;
tashkilotchilik;
asoslanganlik;
nazorat;
muvofiqlashtirish.
Umumiy funksiyalar farmatsevtika tashkiloti boshqaruvining umumiy tartibini aks ettiradi.
Menejmentning funksiyasi sifatida rejalashtirish butun tashkilot va uning tuzulmaviy bo‘linmalarini rivojlantirish maqsadlari, chora-tadbirlari hamda ko‘rsatkichlarini ishlab chiqish, vosita (resurs)larni, muddatlarni va ularni amalga oshirish ketma-ketligini belgilash jarayonini o‘zida aks ettiradi. Bu tashqi muhitning vaziyatlari va omillarini tahlil qilish; istiqbolni belgilash, maqbullashtirish va maqsadga erishishning muqobil variantlarini baholash; rejaning eng yaxshi variantini tanlash bo‘yicha bajariladigan ishlar majmuasi. Bu tashkilotning siyosati va strategiyasini shakllantirish hamda tanlash demakdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |