Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti 1-mustaqil ish


Download 57.93 Kb.
bet3/4
Sana11.11.2023
Hajmi57.93 Kb.
#1766663
1   2   3   4
Bog'liq
Komp tarmoq-maruza1

ARP, RARP protokollari.

Elementning IP adres protokolida, ya'ni kompyuter yoki port marshrutizator adresi tarmoq administratori tomonidan ixtiyoriy belgilanadi va u lokal adres bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri bog‘lanmagan bo‘ladi, misol uchun IPX protokolida buni ko‘rishimiz mumkin. IR da foydalanilgan yondashuvlarni katta tarmoqlarda qo‘llash qulay hisoblanadi.


Lokal adres IR protokolida faqatgina marshrutizator va ushbu tarmoq elementlari o‘rtasida ma'lumotlarni almashinuvi uchun ishlatiladi. Marshrutizator element uchun paketni biror- bir tarmoqdan olib, paketni jo‘natish uchun ushbu tarmoqda qabul qilingan talablarga mos keluvchi kadrni yaratish kerak va elementning lokal adresi ko‘rsatiladi. Misol uchun uning MAS adresi. Kelayotgan paketlarda bu adres ko‘rsatilmagan bo‘ladi. Shuning uchun marshrutizatorlarni oldiga uning paketida bel- gilangan adres sifatida ko‘rsatilgan IP adresini qidirish vazifasi turadi.
Lokal adresni IP adres bo‘yicha aniqlash uchun ruxsat etil-
gan adres protokoli Address Resolution Protocol foydalaniladi. Yana xuddi shunday qaytish masalalarini yechadigan protokol mavjud bo‘lib, uning vazifasi – ma'lum lokal adres orqali IP adresini topishdan iborat. U reversiv ARP-RARP (Revirse Address Resolution Protocol) deb ataladi va undan boshlang‘ich daqiqalarda o‘zining IP adresini bilmaydigan disksiz stansiyalar startida foydalaniladi.
Lokal tarmoqda ARP protokoli IP adres bilan berilgan elementni qidirish kanal sathi protokolining barchaga ma'lum kadrlaridan foydalaniladi.
IP adresni lokal adresda aks ettirishi kerak bo‘lgan element ARP so‘rovini yaratib, kanal sathidagi protokol kadriga ma'lum IP adresni ko‘rsatgan holda joylashtiradi va barchaga ma'lum holda so‘rovni jo‘natadi. Barcha elementlar ARP so‘rovini oladi va o‘zining IP adresi bilan ko‘rsatilgan IP adresni solishtiradi. Mos kelgan hollarda element ARP javob tayyorlaydi. ARP javobda o‘zining IP adresi va lokal adresini joylashtiradi va uni ARP so‘rov jo‘natuvchi ko‘rsatgan lokal adres bo‘yicha jo‘nata- di. ARP so‘rovlar va javoblarda bir xil paket formatida ishlatila- di. Huddi lokal adres har xil turdagi tarmoqlarda har xil uzun- likda bo‘lishi mumkin. ARP protokolining paket formati esa tar- moq turidan farq qiladi.
S.6-rasmda Ethernet tarmog‘i bo‘ylab jo‘natish uchun ARP protokolining paket formati ko‘rsatilgan.

Tarmoq turi maydonida Ethernet tarmog‘i uchun 1 qiymat ko‘rsatiladi. Protokol turi maydonida ARP paketlaridan foy- dalanamiz. ARP ni esa boshqa tarmoq protokollari uchun ham
qo‘llash mumkin. IP uchun bu maydonning qiymati 080016 ga teng.
Lokal adresning uzunligi Ethernet protokoli uchun 6 baytga teng. IP adres uzunligi esa 4 bayt. Operatsiyalar maydonida ARP so‘rovlari uchun 1 va RARP protokoli uchun 2 qiymat ko‘rsatiladi.
ARP so‘rovini jo‘natuvchi element qidirilayotgan lokal adres maydonidan tashqari barcha maydonni to‘ldiradi. Qidirilayotgan lokal adres maydoni o‘zining IP adresini tanigan element orqali to‘ldiradi.



Download 57.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling