Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti 1-mustaqil ish
Download 57.93 Kb.
|
Komp tarmoq-maruza1
BROADCOST, MULTICOST, LOOPBACK IP protokolida IP adreslarini moslashtirish haqidagi bir nechta kelishuvlar mavjud: agar IP adres faqat ikkilik nollaridan tashkil topgan bo‘lsa, ya'ni 0000 0000, u holda bu paketni qayta ishlagan element adresini bildiradi; agarda tarmoq nomeri maydonida 0 tursa, ya'ni u holda element pastga jo‘natilgan tarmoqqa tegishli bo‘ladi; agarda IP adresning barcha ikkilik razryadlari 1 ga teng bo‘lsa, ya'ni 1111. 11, u holda bunday adres bilan belgilangan paket ushbu tarmoqda joylashgan barcha elementlarga jo‘natilishi kerak. Bunday jo‘natma chegaralangan barcha uchun ma'lum xabar (limited broadcost) deb ataladi; agarda boshlangan adres maydonida to‘liq nollar tursa, u holda bunday adresga ega bo‘lgan paketning berilgan nomeri barcha tarmoq elementlariga jo‘natiladi. Bunday jo‘natma barcha uchun ma'lum bo‘lgan xabar (broadcost) deb ataladi; 127.0.0.1 adresi tarmoqdagi elementlarga paketni real jo‘natmalarsiz dasturiy ta'minotning ishini testdan o‘tkazishda javob aloqasini tashkil qilish uchun zaxiraga olingan. Bu adres loopback nomiga ega. Guruhli IP adres formasi multicost paketining bir vaqtning o‘zida bir nechta, ya'ni adres maydonda ko‘rsatilgan nomerga ega bo‘lgan elementlarga jo‘natishni bildiradi. Elementlar o‘z- o‘zini identifikatsiya qiladi, ya'ni qaysi guruhga tegishli ekanli- gini aniqlaydi. Bir element bir nechta guruhga kirishi mumkin. Bunday xabar keng tarqatuvchidan (barchaga ma'lum) farqli ravishda multi tarqatuvchi (multi ma'lum) deb ataladi. Guruhli adres tarmoq va element nomeriga ajratilmaydi va marshru- tizator orqali qayta ishlanadi. IP protokolida barcha uchun ma'lum tushunchasi yo‘q, ya'ni u lokal tarmoqning kanal sathidagi protokolidan foy- dalanadi. Bunda ma'lumot barcha elementlarga yetkazilishi kerak bo‘ladi. Chegaralangan barcha uchun ma'lum IP adres va Internet tarmoqda barcha uchun ma'lum IP adres kengayishi mumkin – ular paket manbayi – element joylashgan tarmoq yoki belgilangan adresda nomer ko‘rsatilgan tarmoq orqali chegaralangan bo‘lishi mumkin. Shuning uchun ham tarmoq marshrutizator yordamida bo‘lingan va uning qismlari barchaga ma'lum holda lokalizatsiya qilinganida ham baribir u umumiy tarmoqning bir qismi hisoblanadi. Shu sababdan ham paketni tarmoqning barcha tashkil etuvchi tarmoq elementlariga adres- lash usuli mavjud emas. Download 57.93 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling