Bajarilgan ish bo‘yicha xulosa
Men ushbu loyiha ishimda Toshkent– Samarqand viloyatlari o'rtasida
optik tolali
aloqa liyasini qurish jarayonini ko'rib chiqdim. Tolali optik aloqa
liniyalarining
qurilishini tashkil etish va uni ekspluatasiya qilish O’zbekiston Respublikasi
telekommunikasiya tarmoqlarini raqamlashtirish bo’yicha qo’yilgan asosiy
masalalardan biri. Hozirgi zamon tolali optik aloqa liniyalari va sinxron raqamli
iyerarxiya asosidagi aloqa uzatish vositalari qo’llanilgan aloqa tarmog’i bo’yicha sifatli
va juda ham ko’plab aloqa kanallarini (trafiklarini) hosil qilib aloqa
tashkil etish
mumkin. Ushbu loyiha ishimda loyixalashtirilayotgan OTALning viloyatlar orasida
lozim bo’ladigan aloqa kanallar (trafiklar) sonini, tolali optik aloqa
liniyalarini
loyihalashtirishda asosiy masalalardan biri bo’lgan transport modulining satxi va optik
kabel rusumini aniqlangan. Optik tolali aloqa liniya o’tadigan optimal trassa tanlovi
katta ahamiyatga ega bo’lib, bunday tanlov jarayoni bir qancha variantlarni solishtirish
taxlili asosida olib boriladi. Optik tolali aloqa liniyaning qurilishi jarayonida hozirgi
zamon texnologiyalarini qo’llash bo’yicha bir qancha ma’lumotlar
ushbu loyiha
ishimning bo’limlarida keltirilgan. Kabelni mexanizasiya usuli bo’yicha
yotqizish
jarayonida kabelga ta’sir qiluvchi kuchlanganlik hisobi loyihaishimning asosiy
momentlaridan biridir.
Foydalanilgan adabiyotlar va internet xavolalari ro’yhati
1. O’zbegiston milliy ensiklopediyasi.2005.Toshkent;
2. Aloqa liniyalari fanidan kurs ishini bajarish uchun o'quv qo'llanma;
3. Optik aloqa asoslari fanidan o’quv qo’llanma.Mirazimova G.2008.TATU;
4. http://uz.wikipedia.org/wiki/Samarqand;
5. http://uz.wikipedia.org/wiki/Toshkent;
6.
WWW.GOOGLE.COM
7. WWW.ZIYONET.COM