Toshkent — Markaziy Osiyoning yirik qadimiy shaharlaridan biri, Oʻzbekiston
Respublikasining poytaxti. Oʻrta Osiyoning ulkan sanoat-transport chorraxasi va
madaniyat markazlaridan biri. Mamlakatning shimoli-sharqiy qismida, Tyanshan
togʻlari etaklarida, 440-480 m tepalikda, Chirchiq daryosi vodiysida joylashgan. Aholisi
2 485 900 kishini tashkil etadi (2020).
[4]
Shahar Qozogʻistonning chegarasiga
yaqin
joylashgan. Maydoni 334,8 km².
2007-yili Toshkent Islom madaniyati markazi, deb eʼlon qilindi. Bunga sabab
sifatida shaharda koʻplab tarixiy islomiy inshootlar
va Toshkent Islom
Universiteti borligi, shahar madaniy tarixi islomiy anʼanalar bilan bogʻlanganligidir.
2009-yilda Toshkentning 2200 yilligi nishonlandi. Bu munosabat bilan shahar
infra- va
transport tizimi yangilandi
.
Aholisi
009-yilining boshiga kelib Toshkentning doimiy aholisi soni 2206,3 ming kishiga
etdi. Bundan 50.8 % — ayollar, 49.2 % — erkaklar. Aholi soni boʻyicha
Toshkent
shahri
MDH
davlatlari orasida toʻrtinchi oʻrinda turadi (
Moskva
,
Kiyev
va
Sankt-
Peterburg
shaharlaridan keyin).
[20]
1-yanvar
2009
-yilgi maʼlumotlarga qaraganda Toshkentda
muntazam yashovchilar
soni 2 206,3 ming kishini tashkil qiladi .
2008
-yilgi maʼlumotlarga koʻra, 63,0 % —
oʻzbeklar
, 20,0 % —
ruslar
,
4,5 % —
tatarlar
, 2,2 % —
koreyslar
, 2,1 % —
qozoqlar
, 1,2 % —
tojiklar
va 7,0 % —
boshqa millatlar istiqomat qiladi.