Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkentaxborottexnologiyalari


Download 0.83 Mb.
bet1/3
Sana28.12.2022
Hajmi0.83 Mb.
#1021240
  1   2   3

MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI
TOSHKENTAXBOROTTEXNOLOGIYALARI
UNIVERSITETI

AMALIY ISH


Mavzu: Uzatish tizimining standart raqamli oqimlarini tuzilish prinsiplarini o‘rganish, xalqaro, shaharlararo va mahalliy tarmoqlarda qo‘llaniladigan raqamli uzatish tizimlarida
raqamli oqimlarni birlashtirish usullarini o‘rganish
Bajardi:415-19 guruh talabasi
To’yqulov Otabek
Tekshirdi: Komilov Rasul
Toshkent 2022


11 – amaliy mashg‘ulot
UZATISH TIZIMINING STANDART RAQAMLI OQIMLARINI
TUZILISH PRINSIPLARINI O‘RGANISH, XALQARO,
SHAHARLARARO VA MAHALLIY TARMOQLARDA
QO‘LLANILADIGAN RAQAMLI UZATISH TIZIMLARIDA
RAQAMLI OQIMLARNI BIRLASHTIRISH USULLARINI O‘RGANISH
Mashg‘ulotning maqsadi
Uzatish tizimining standart raqamli oqimlarini tuzilish prinsiplarini, xalqaro, shaharlararo va mahalliy tarmoqlarda qo‘llaniladigan raqamli uzatish tizimlarida raqamli oqimlarni birlashtirish usullarini o’zlashtirish ko‘nikmalarini shakllantirish.
Topshiriq
Mashg‘ulotga tayyorlanishda quyidagi o‘quv materiallarini o‘rganish va keltirilgan nazorat savollariga javob tayyorlash (ulardan 6 savolga yozma ravishda javob berish) zarur:
Nazorat savollari:
11.3.3. Nima uchun RUT lar ierarxiya usulida tuzulishi kerak?
11.3.4. Xalqaro tarmoqlarda qanday raqamli uzatish tizimlari qo‘llaniladi?
11.3.7. IKM li RUT larining ierarxiyasi xaqida ma’lumot bering.
11.3.9. IKMli raqamli uzatish tizimlarida raqamli oqimlar qanday birlashtiriladi?
11.3.10. Raqamli oqimlarni simvol bo‘yicha birlashtirishnning xususiyatlari nimada?
11.3.14. IKM-30 raqamli uzatish tizimi siklining tuzilishini tavsiflang.
Javoblar





3. Nima uchun RUT lar ierarxiya usulida tuzulishi kerak?


Telekommunikasiya tarmoqlarida foydalaniladigan raqamli uzatish tizimlari ma’lum ierarxiya asosida tashkil qilinadi.
RUT larining ierarxiya usulida tuzilishi, kanal hosil qiluvchi qurilmalarni takomillashtirish, tayyorlash jarayonini yengillashtirish, texnikasidan foydalanuvchi qurilmalarni yaratish imkonini beradi. Hozirgi paytda RUTlarning uch ierarxiya turi keng tarqalgan: Yevropa va Shimoliy Amerika va Yaponiya. Yevropa ierarxiyasi IKM-30 turidagi birlamchi raqamli uzatish tizimlariga asoslangan. Bunda analog-raqamli qurilma har birining o‘tkazuvchanlik qobiliyati 64 kbit/s ga teng bo‘lgan 30 ta kanalni shakllantiradi. Guruxli signalni uzatish tezligi 2048 kbit/s ga teng. Ancha yuqori bo‘lgan satxdagi RUTlarning guruxli signallarini shakllantirishda, raqamli oqimlarni vaqtli birlashtirish usuli qo‘llaniladi.
Bunday oqimlar past satxli RUTlarning qurilmalarida shakllanadi. 11.1rasmdan ko‘rinib turibdiki, ierarxiyaning barcha pog‘onalari uchun birlashtirish koeffisienti 4 ga teng. Xuddi shunga o‘xshagan holda shimoliy Amerika va Yaponiya ierarxiyalari ham tuziladi, faqat unda birlamchi RUT sifatida IKM-24 qo‘llaniladi va ierarxiyaning turli pog‘onasi uchun birlashtirish koeffisienti har xil. Yuqoridagi uch ierarxiya, pleziaxron raqamli ierarxiya nomini olgan. Bunday ierarxiyada raqamli oqimlarni birlashtirish asinxron usulda amalga oshadi, ya’ni raqamli oqimlarni tezligi bir-birisidan ozgina bo‘lsada, farq qiladi.
Bunday xolatda oqimlarni birlashtirish uchun tezliklarni sozlash amalga oshiriladi. Oxirgi yillarda sinxron raqamli ierarxiyaga tegishli yuqori ko‘rsatkichiga ega bo‘lgan tizimlar keng tarqalmoqda. Bu pleziaxron raqamli ierarxiyaning kamchiliklari bilan bog‘liq. Chunki tarmoq rivojlana borgan sari tarmoqni nazorat qilish va boshqarish muammolari yuzaga keldi va ushbu raqamli uzatish tizimlarini takomillashtirish ehtiyoji tug‘ildi.
Plezioxron raqamli ierarxiya 80-yillarning boshida tarkib topgan tezliklarning uch standartini o‘z ichiga oladi. Shimoliy Amerika standarti deb ataluvchi birinchi standartda (AQSh va Kanadada qabul qilingan) BRO birlamchi raqamli oqim (yoki DS1-Digital Signal of Level 1) tezligi 24 DS0 (ARK) ning tezligiga mos bo‘lgan 1544 kbit/s ga teng qilib tanlangan.

11.1-rasm. RUT ierarxiyasining turlari
Yaponiyada qabul qilingan ikkinchi standartda birlamchi raqamli oqimning Shimoliy Amerika standarti, ya’ni DS1 dagi tezlikdan foydalanilgan. Yevropa va Janubiy Amerikada qabul qilingan uchinchi standartda BRO birlamchi raqamli oqim tezligi 2048 kbit/s ga teng qilib tanlangan. Bunday tezlik 32 ARK ning tezligiga to‘g‘ri keladi. Amalda 30 ARK plyus uzatish tezligi 64 kbit/s ga teng bo‘lgan ikkita sinxronizasiyalash va boshqarish kanalidan foydalaniladi.
4. Xalqaro tarmoqlarda qanday raqamli uzatish tizimlari qo‘llaniladi?

Download 0.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling