OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI
MUHAMMAD AL-XOZAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
KOMPYUTERNI TASHKIL ETILISHI
Mustaqil ish
Fakultet: Axborot xavsizligi.
Grupa: 070-20 guruh.
Bajardi: Eshmanov Ixtiyor
Tekshirdi: Ahmadova Kamola
19-variant
Mavzu: Virtual xotira, uning tuzilishi va vazifalari.
Reja:
Virual xotira.
Xotirani sahifali tashkil qilisnishi
Qattiq disk
Virual xotira.
Dastlabki kompyuterlarda xotira juda kichik va narxi baland bo’lgan. 1950-yillarning oxiridagi eng yaxshi kompyuter IBM-650 ning xotirasi 2000 ta so’zga ega bo’lgan. ALGOL ning 60 ta kompilyatori 1024 so’z xotirali kompyuterlar uchun ishlab chiilgan. U davr dasturchilari o’z dasturini xotiraga joylashtirishni eng asosiy muammo deb bilganlar va bunga juda ko’p vaqtlarini sarflaganlar. Ko’pincha tezkor algoritmning o’rniga sekinroq algoritmlarni ishlatishgan, chunki tezkor algoritm xotirada ko’p joy egallagan.
Bu muammoni hal qilishda asosan tashqi xotiralarga suyanilgan. Dasturchi dasturni overley deb nomlanuvchi bir necha qismlarga bo’lib, xotiraga joylashtirgan. Dasturni to’liq ishlatish uchun dastlab 1-overley ishlatilgan, u ishini yakunlagach, 2-overlay va h.k. dasturchi dasturni overleylarga bo’lish masalasini va qaysi overley yordamchi xotiraning qaysi qismida joylashihsi masalasini hal qilgan, yana asosiy va tashqi xotira o’rtasida overleylar almashinishini nazorat qilgan, umuman, bu jarayonni kompyuter ishtirokisiz o’zi bajargan.
Bunday texnologiya juda murakkab bo’lishiga qaramasdan ancha vaqt davomida qo’llab kelingan. 1961-yilda bir guruh olimlar (Manchester, Angliya) bu jarayonni avtomatik bajarilish uslubini taqdim etgan. Hozirgi kunda virtual xotira deb nomlanuvchi bu metod 1960-yillarda ishlab chiqarilgan kompyuterlarda qo’llanilgan. 1970-yillardan keyin esa barcha kompyuterlarda joriy qilingan.
Do'stlaringiz bilan baham: |