Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy
Download 8.31 Kb.
|
3-mavzu
Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy (780-847) Qadimiy Xorazm Sharqda ilm-fanning rivojlanishida juda katta orin tutgan. Tarixchilarning tasdiqlashlaricha, Xorazmda aniq fanlar - geometriya, trigonometriya, astronomiya, topografiya, kimyo, mineralogiya va boshqa tabiiy fanlar VIII—IX asrlardayoq yuksak darajada taraqqiy etgan. Geografik bilimlarning yuksak darajada bolishi va jamlanishi xorazmlik savdogarlarga uzoq mamlakatlarga sayohatlarga bora olish imkonini bergan. Xorazm arab xalifaligi tarkibiga kirgach, xorazmlik olimlar oz iqtidori va qomusiy bilim darajasining yuksakligi tufayli tez orada shuhrat qozonib, bir qator fanlar asoschilari orasida yetakchi oringa chiqib oldilar. Xorazm ilmiy maktabining ilk kozga koringan namoyandasi Muhammad Xorazmiy bolib, u amerikalik sharqshunos D.Sarton ta’biri bilan aytganda «barcha zamonlarning eng ulug matematiklaridan biri» edi.Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy (qisqacha Al-Xorazmiy) Xorazmda tugilgan va Bagdodda vafot etgan. Olimning tugilgan va vafot etgan yillari aniq ma’lum emas. Ammo ba’zi manbalarda Al-Xorazmiy 780-yilda tugilgan va 847-yilda vafot etgan, deb taxmin qilinadi. Qadimda yashagan bir qator olimlar kabi Al-Xorazmiy ham u yoki bu fan bilan chegaralanib qolmay, qomusiy ilm sohibi bolgan. Jumladan, olimning tarix matematika, astronomiya va geografiya sohasida yozib qoldirgan ilmiy merosi jahon ilm ahli tomonidan dunyo fani rivojiga qoshilgan bebaho hissa sifatida tan olingan. Al-Xorazmiyning xususan, arifmetika va algebraga oid asarlari Yevropaning qator tillariga kop marta tarjima qilinib, unda keltirilgan ilmiy dalillar matematika fanida va amaliyotda keng qollanilgan. Olim qoldirgan hisob-kitoblarning kopchiligi hozirga qadar oz ahamiyatini yoqotgan emas. Xususan, Al-Xorazmiy nomi lotincha kitoblarda Algoritmus, Algorismus, Al-Xoarismus, Alkauresmus, Alxoharitmus va hokazo shakllarda keltirilgan bolib, bu oz navbatida yangi arifmetika - algoritmga asos bolgan. Fransiyalik sharqshunos olim J.Reyno 1849-yilda Yevropa mamlakatlarida matematikaga oid turli davrlarda chop etilgan asarlarda keltirilgan ushbu nomlar aslida Xorazm ilmiy maktabi vakili Al- Xorazmiy nomi bilan bevosita bogliq ekanligini isbotlab bergan. Al-Xorazmiy matematikasi Hindcha sanoq va shunga asoslangan arifmetik amallar tizimining rivojlanishiga zamin tayyorladi. Olimning «Al-jabr va muqobala» deb nomlangan mashhur asarining nomidan yangi «algebra» termini paydo bolgan va u alohida fan sifatida rivojlana boshlagan. Xorazm halifasi ham mashhur olim Al-Xorazmiyga alohida e’tibor korsatgan. Jumladan, Xazariyaga yuborilgan elchilar orasida Al-Xorazmiy ham bolgan. Olim ushbu safar natijasi ularoq ozi borgan yurtlarga oid geografik ma’lumotlarni ustalik bilan tasvirlashga muvaffaq boldi. Mutaxassislarning fikricha, Sharqiy Yevropa geografiyasi va etnografiyasiga doyr dastlabki ma’lumotlarga, aynan, Al-Xorazmiy asos solgan. Keyinchalik bu ma’lumotlar sharq mamlakatlarida yaratilgan geografik asarlarning biridan-ikkinchisiga otib, eng aniq va ozgarmas ma’lumot bolib qolgan. Al-Xorazmiy ilmiy faoliyatida Bagdod shahrida VIII asr oxiri IX asr boshlarida Xorun ar-Rashidning ogli Ma’mun davrida tashkil etilgan olimlar akademiyasi - «Bayt al-hikma» («Donishmandlar uyi») katta rol oynagan. Bagdod Akademiyasida Halifa Ma’munning topshirigiga kora, Al-Xorazmiy boshchiligida 70 dan ortiq; olim jahonning va osmonning batafsil tasvirini oz ichiga olgan «Jahon xaritalari», ya’ni dunyo atlasini tuzish ustida faoliyat olib borishgan. Bu xaritalar yigindisi «Ma’mun dunyo xaritasi», deb ham ataladi va manbalarga kora, uni tuzish taxminan 840 yilda yakunlangan.Ana shu xaritalarning tuzilishi munosabati bilan yozilgan Al-Xorazmiyning «Surat al-arz» kitobi oz davrida juda mashhur bolgan va undan nafaqat bagdodlik olimlar, balki birmuncha uzoq mamlakatlardagi ilm ahli ham keng foydalangan. Kitob bir necha unlab xaritalar va ularga berilgan izohlarni oz ichiga olib, hammasi birgalikda «Kitobu surat al-arz» deb atalgan. U «Yerning qiyofasi kitobi» yoki boshqacha aytganda «Geografiya» manosini ham bildiradi. Mazkur asardagi izohlarda dunyoning turli qismlari iqlimlar boyicha joylashtirilgan va ularning georafik koordinatalari keltirilgan. Hammasi bolib 537 ta eng muhim joyning nomi, jumladan, shaharlar, songra toglar (203 nom), dengizlar va orollarning nomlari, oxirida esa daryolar alohida-alohida qilib yozilgan. Kitobda keltirilgan jadvallarda «Garbiy tashki dengiz» (Atlantika okeani), «Qulzum dengizi va Yashil dengiz» (Qizil dengiz va Hind okeani) kabi nomlar uchraydi. Shuningdek, asarda Azov dengizi, Nil daryosi va ularning atrofidagi hududlarga izoh berilib, bu yerlarning xaritasi ham keltirilgan. Mohiyat va mazmuniga kora, mazkur asar katta bir atlasga ilova qilingan izohdir. Al-Xorazmiy Xorazm va Bagdodda ijod qilganini inobatga olsak, shu ikki mintaqa ortasida qilgan sayohatlari natijalari olimning geografik asarlari uchun asos bolgan, deb aytish mumkin. Olim oz asarlarida Yerning olchamlari haqida ham ba’zi ma’lumotlarni keltirgan va bu haqda sharq mamlakatlarida yashab ijod qilgan geograf olimlarning asarlarida qayd etilgan. Jumladan, Ibn al-Faqihning yozishicha, Al-Xorazmiy Yerni yassi, yuzasining umumiy maydoni 9 ming farsahga teng bolib, shuning on ikkidan bir qismidagina odamlar yashaydi, deb hisoblagan. Olimning mazkur fikri osha paytlarda Yer shakli haqida hukmron bolgan taxminlarga asoslangan bo`lishi mumkin, albatta.Al-Xorazmiyning geografik merosi arabshunos K.Nallino, chex olimi G.Mjik va vengriyalik tadqiqotchi K.Segledi tomonidan chuqur organilgan. Italiyalik sharqshunos K.Nallino «Yevropadagi hech bir xalq Al-Xorazmiy erishgan yutuqqa erishishga va bunday asar yaratishga qobil emas edi», deb yozgan edi. K.Segledi esa Xorazmiy geografiyasiga asoslanib, «Dunayboyi mamlakatlarining Xorazmiycha xaritasi»ni qayta tuzishga muvaffaq bolgan.Al-Xorazmiyning geografik goyalari bu fanni yangi pogonaga kotarib, IX asr boshlaridagi sharqda yangi geografiya fanining yaratilishiga olib keldi. H.Hasanovning yozishicha, 1894-yilda Italiya Fanlar akademiyasining maxsus komissiyasi Al-Xorazmiyning «Surat al-arz» asarini har tomonlama tekshirib, u oz davrining juda qimmatli qollanmasi bolganini va umuman, geografiyaning taraqqiyotiga ijobiy ta’sir etganini tasdiqlagan. Ana shunga kora, Al-Xorazmiyni nafaqat buyuk geograf olim, balki sharq geografiyasining asoschisi, Ispaniyadan to Qashqargacha barcha tabiatshunos, geograf va sayyoh olimlar tadqiqotlari yonalishlarini belgilab bergan yolchi yo`lduz, deb aytish mumkin. Download 8.31 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling