Muhammad muso al-xorazmiy


TURKISTONDA DASTLABKI MUZEYLARNING VUJUDGA KELISHI


Download 3.77 Mb.
bet2/5
Sana15.10.2023
Hajmi3.77 Mb.
#1704285
1   2   3   4   5
Bog'liq
3-МАВЗУ. МУЗЕЙ ИШИ ТАРИХИ

TURKISTONDA DASTLABKI MUZEYLARNING VUJUDGA KELISHI
1869-yili Turkiston general gubernatori K.P.Fon Kaufman (1867-1882) muqaddas kitob XV asr qulyozma yodgorligi «Usmon Quroni»ni Peterburg imperatoriga junatadi.
Moddiy va man’aviy yodgorliklarni ilmiy asosda yig’ish 1873-yil Xiva xonligiga yurish oldidan juda mukammal tashkil qilinadi. Sharqshunos olim Pyotr Lerx, xonlikda nimalarga etibor berish va yig’ish haqida mukammal dastur ishlab, Turkistonga yuboradi va bu «ko’rsatma» soldat va ofitserlarga tarqatiladi. Ayniqsa O’rta Osiyo allomalarining asarlarini to’plashga etibor berildi. Bu ishlar Turkiston general gubernatori faxriy maslaрatchisi Aleksandr Kun zimmasiga yuklatiladi.
Xiva xoni saroyidan olingan uljalar ichida 25 pud tilla va kumush, 200 dan ortiq qadimiy tanga, tilla buyumlar bor edi. Ular Moskva, Peterburg muzeylariga junatildi. Xon taxti 1874-yili Moskva qurol-aslaxa palatasiga topshiriladi. 1875-1876 yillarda Qo’qanga yurish natijasida, xonlik tugatilib, xazina Peterburgga olib ketiladi. Shu maqsadda 1807-1917-yillarda Turkistonda 15 ilmiy jamiyat ishlab turgan. 1895-yilda tuzilgan Toshkent arxeologiya havaskorlari tugaragining ham asli vazifasi ham moddiy-madaniy yodgorliklarni to’plahdan iborat bo’lgan.
TURKOMSTARIS
Turkiston qadimiyat, san’at va tabiat yodgorliklarini asrash va muzey ishi bo‘yicha qo‘mita Turkiston Respublikasi Xalq Maorifi komissarligi qaroriga asosan, 1921 yil 21 mayda tashkil etilgan.
Turkomstaris 4 ta seksiyaga bo‘lingan: muzey ishi, qadimiyat va san’at yodgorliklarini muhofaza qilish va tiklash, arxeologiya hamda tabiat yodgorliklarini asrash.
Turkistonning bir qator qadimiy shaharlarida moddiy madaniyat va san’at yodgorliklarning ko‘pligini e’tiborga olgan holda, qo‘mitaning joylarda tarixiy-madaniy yodgorliklarni asrash bo‘yicha hududiy komissiyalari tashkil etilgan: Samkomstaris, Buxkomstaris, Xivkomstaris, Shahrsabzkomstaris, Termezkomstaris, Ko‘qonkomstaris.
1924 yil 26 dekabrda O‘rta Osiyoda milliy-hududiy chegaralanishning o‘tkazilishi munosabati bilan Turkomstaris tugatilgan.
SRЕDAZKOMSTARIS
O‘rta Osiyo qadimiyat, san’at va tabiat yodgorliklarini asrash hamda muzey ishlari bo‘yicha qo‘mitasi Turkomstaris o‘rnida 1924 yil 26 dekabrda tashkil etilgan. Sredazkomstaris o‘z vakolatlari doirasida O‘rta Osiyo, shu jumladan, O‘zbekistonda muzey ishini rivojlantiris siyosatini amalga oshirgan. Sredazkomstaris uch bo‘lim: arxitektura, arxeologiya, badiiy bo‘limlardan iborat bo‘lib, qo‘mita tomonidan amalga oshirilgan tadqiqot ishlari natijalari, ilmiy xodimlar hisobotlari davriy nashrlarda, xususan, 1925 yildan “Izvestiya Sredazkomstarisa” nomli maxsus axborot nashrida chop ettirilgan. Keltirib o‘tilgan davlat muassasalari faoliyatiga oid qimmatli hujjatlarning katta qismi bizgacha saqlanib qolgan. Qo’mita 1929 yil 19 martda tugatilgan.
UZKOMSTARIS
Moddiy madaniyat yodgorliklarini asrash qo’mitasi
1929 yil 19 martda tashkil etilgan.
1961 yil 11 mayda mazkur qo‘mita O‘zbekiston SSR Madaniyat vazirligi huzuridagi Moddiy madaniyat, tabiat va muzeylar yodgorliklarini asrash bosh boshqarmasiga aylantirilgan.
1969 yil 1 yanvardan ushbu boshqarma Yodgorliklar va tasviriy san’at namunalarini asrash bosh boshqarmasi deb nomlangan.
1972 yilda esa mazkur bosh boshqarma Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish bo‘yicha bosh boshqarmasi sifatida,
2018 yildan “Madaniy meros Departamenti” sifatida qayta tashkil etilgan.
Ularning nomi va vakolatlari bir necha marta o’zgarganiga qaramasdan, respublikada mizey ishini rivojlantirishga qaratilgan vazifalari saqlanib qolgan.

Download 3.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling