Muhammad Solih yo’lnoma
BERLIN DEVORI VA TURKIY BIRLIK G’OYASI
Download 0.87 Mb. Pdf ko'rish
|
muhammad-solih-yolnoma
- Bu sahifa navigatsiya:
- BIR HOVUCH XALQ
- HASSOS MAVZU - MUSTAQILLIK
- "ERK" QURULTOYI
BERLIN DEVORI VA TURKIY BIRLIK G’OYASI G’arbga ochilishni istagan, uning ne’matlaridan foydalanib - ammo uning mafkuraviy tuzog‘iga tushmay - kommunizm sari chopishni mo‘ljallagan Sovet davlati 90-yilga kelib ortiq chopaolmasligini angladi. Berlin devorining yiqilishi Sovetlar orzu qilgan "ochilish"dan oshib tushdi. Gorbachevning "prorab"lari Berlin devoridan kichkina teshik ochib Yevroosiyoning "xasta odami" SSSRga bir-necha qultum toza havo (hurriyat) yuttirmoqchi edi, devor tamoman qulab tushdi. Toza havo shu qadar kuchli bosim bilan oqa boshladi-ki, xastaning zaiflashgan o‘pkalari uni ko‘tarolmadi. Dunyoning yangi geopolitikasi o‘sha yiqilgan devor chizig‘idan boshlandi. U yiqilgandan so‘ng faqat ikki Berlin qo‘shilmadi, balki ikki Ovrupo - Sharqiy va G’arbiy - birlashdilar. Bu, albatta, ahamiyatini birdan qamrash qiyin bo‘lgan buyuk tarixiy siljishlardan biri edi. O’zbekistonda bu voqea omma ichida u qadar aks-sado uyg‘otmagan bo‘lsa-da, ziyolilar dunyoning ortiq o‘zgargani, uni o‘zgarishdan to‘xtatish qiyin bo‘lajagini his etishgandi. Shu bois 20 iyunda qabul qilingan Mustaqillik deklaratsiyasi hukumat tarafidan boykot qilinsa-da, bu g‘oya tarafdorlari tushkunlikka tushmadilar, aksincha, ajib bir nekbinlik ila, nafaqat O’zbekiston, balki, butun Turkistonni "ozod etish"ni xayol qila boshladilar. Hatto "Turkiston" nomi bilan bir xalq harakati tashkil qilishdi, "Turkiston" deb nomlangan kichik gazeta chiqara boshlashdi. Ular ham, aytish mumkin-ki, Markaziy Osiyoning bo‘lingan xalqlari o‘rtasida tiklanmish "devor"larni yiqmoq uchun bel shimargan edilar. Bu juda oliyjanob maqsad edi, ammo unga erishmoq uchun mujodala komponentlari - lider, mablag‘, tashkilotchilik - yetishmagani sababli harakat rivojlanmadi. Bunday bir harakat O’zbekistonda oyoqqa turgan taqdirda ham uning boshqa turkiy jumhuriyatlarda muvaffaqiyat qozonishi oson bo‘lmasdi. Chunki, bu jumhuriyatlardagi mahalliychi zehniyat O’zbekistondagidan kuchliroq edi. Umumturk manfaatlari, birlik g‘oyalari o‘zbek ziyolilari orasida tortishilgani kabi, u o‘lkalarning munavvarlari o‘rtasida munoqasha qilinmagandi. Qolaversa, qozoq, qirg‘iz, tojik, turkman ham o‘zbeklardan kelishi mumkin bo‘lgan "akalik" iddaosidan doim cho‘chib turishardi. 106 Muhammad Solih - Yo'lnoma Turkiston birligi" g‘oyasining 90-yilda rejalanmaganligiga yana bir muhim sabab, mintaqa ziyolilari hali boshqa zo‘raki Birlikdan, Sovetlar Birligidan qutulish yo‘llarini o‘ylab turishardi. O’z energiyasini rus hegemoniyasiga qarshi tuzilgan milliyatchi harakatlarga berayotgandilar. "Turkiy birlik" g‘oyasi Sovet Ittifoqi yiqilib, turkiy jumhuriyatlar mustaqil bo‘lgandan so‘ng siyosiy adabiyotdan g‘oyib bo‘ldi. Chunki, uni tashigan insonlar siyosatdan uzoqlashtirildi. Ba’zilari qamaldi, ba’zilari surgun qilindi. Ularning o‘rnida "Turkiston umum uyimiz" qabilidagi soxta shior paydo bo‘ldi. O’zbekiston rahbari Islom Karimov bu shiorni ko‘rsatarkan, bir tarafdan o‘zbek ziyolilarining olqishini olmoq istagan bo‘lsa, ikkinchi tarafdan, qardosh o‘lkalarga g‘oya bergan yo‘lboshchi unvonini olishni orzu qilgandi. Ammo na unisi, na bunisiga erishdi. Chunki, qilayotgan amali bu qardosh o‘lkalarni kamsitish, o‘ziga qaram qilishga intilish, qo‘rqitish va hakozo ayog‘yorcha harakatlardan iborat edi. "Turkiston birligi" mafkurasi, O’zbekistonda demokratik rejim o‘rnatilsa, hurfikrlilik va inson haqlari tiklansa, yangidan jonlanishi mumkin. UMMATCHILIK 89-90 yillarda O’zbekistonda ummatchi guruhlar ham paydo bo‘ldi. Ular kommunistlar ham, demokratlar ham, milliyatchi demokratlar ham bir go‘r, mamlakatni ummatchi mafkura boshqarishi kerak, degan g‘oyani olg‘a sura boshladilar. Bu yangi g‘oya emasdi. Rus istilosiga qadar Turkiston hududida joylashgan uchta davlat - Qo‘qon xonligi, Buxoro amirligi va Xiva xonligi ummatchilik mafkurasi bilan idora etib kelingan va bu ijtimoiy kayfiyat 20-asr boshida ham o‘zgarmagandi. Milliyatchilik G’arbda paydo bo‘lgan modern mafkura bo‘lib, Osiyo hududlariga hali kirmagandi. Lenin boshchiligidagi davlat to‘ntarishidan keyin Turkiston xalqlarida mustamlakadan qutulish umidi paydo bo‘lgandi. 1919 yilda Turkistonga yuksak martabali bir musofir tashrif buyurdi. U Moskvada Vladimir Lenin bilan ko‘rishib, uning tavsiyasi bilan Turkistonga kelgandi. Turkistonda oktyabr ihtiloli g‘oyalarini ustivor qilishda mahalliy xalqqa yordam bermoq uchun kelgandi. Har holda, Toshkentdagi rus idorasiga kelgan xabar shu mazmunda edi. Ammo musofirning maqsadi boshqa ekanligi ko‘p o‘tmay ma’lum bo‘lib bo‘ldi. U Turkistonda turk qavmlarining birlashib, rus bo‘yinturug‘idan qutulishini istagan bir xayolparast edi. Ismi Anvar Poshsho, o‘zi Turk Sultoning kuyovi, Turk armiyasining sobiq Boshqo‘mondoni, ruslar bilan bo‘lgan Sariqamish to‘qnashuvida taktik xatoga yo‘l qo‘yib, minglarcha turk askarining sovuqdan o‘lib ketishiga sababchi bo‘lgandi. Keyin Turkiyani tark etib doim xayolida ko‘rgan Turkiston yo‘liga tushgandi. Anvar Poshsho avval Toshkentga, keyin Buxoroga boradi, u yerda o‘zini "yosh buxoroliklar" deb atagan siyosiy guruh bilan yaqinlashadi, Buxoroning bo‘lajak Bosh vaziri Usmon Xo‘ja bilan tanishadi. Birga milliy qutulish harakati rejasini tuzadilar. Anvar Poshshoga Turkistonda ruslarga qarshi tarqoq kurashayotgan qurolli guruhlarni bitta bayroq ostida to‘plab, qo‘mondonlik qilish topshiriladi. Anvar Poshsho Turkiyada asr boshida paydo bo‘lgan "yosh turklar" harakatining lideri panturkchi Ismoil Gaspirali g‘oyalarini Turkistonda amaliyotda sinab ko‘rishga intilgan ilk siyosiy arbrblardan bo‘ldi. Ammo Turkiston xalqi, bir hovuch ziyoli mustasno, Gaspirali g‘oyalarini qabul qilishga tayyor emasdi. Anvar Poshsho tarqoq guruhlarni birlashtirishda "ummat faktori"ning ahamiyatini his etdi va bayrog‘ini ummat bayrog‘iga aylantirdi. 107 Muhammad Solih - Yo'lnoma Bu taktika turk generalining tashabbuslarini bir muddat muvaffaq qilgan bo‘lsa-da, Turkistondagi guruhlarni birlashtirish uchun faqat ummatchilik shiorining o‘zi kamlik qilishini ko‘rdi. "Bosmachi" deb atalgan bu guruhlar jangning eng mas’ul paytida "sen o‘zbeksan, sen qipchoqsan, sen laqaysan, sen qirg‘izsan", deb ishning beliga tepar va muhoraba natijasini yo‘qqa chiqarardi. Bu real voqelik turk generalini qattiq iztirobga solgani shubhasizdir. Anvar Poshsho ham, qavmchi "bosmachilar" ham Turkiston mustaqilligi uchun shahid bo‘ldilar, Olloh ularga rahmat qilgan bo‘lsin. Turkiston qavmlarining birligi masalasi ham "Bosmachilar harakati"dan keyin tarix qorong‘iliklariga ko‘mildi. Lekin 70 yil so‘ngra, Sovetlarda boshlangan Qayta qurish yillarida bu g‘oya yana o‘rtaga chiqdi. Bu safar Turkiston birligi g‘oyasining ikkita libosi bor edi. Bittasi - turkchilik, ikkichisi - ummatchilik. Har ikkalasi ham "birlashishda" o‘zining boshqasiga qaraganda effektivroq ekanini iddao qilardi. Albatta, 90-yillarda turkchilik va ummatchilik tarafdorlari jiddiy programma bilan jamoatchilik qarshisiga chiqish darajasida uyushgan emasdilar. Turkiston birligi g‘oyasidan voz kechmagan idealistlar g‘oyaning xalq orasida ustivor bo‘lishi uchun yillar lozimligini ko‘rishdi. Yana qayta qurish davri turkchilik va ummatchilik sintezini ifodalaydigan yangi mafkura zaruratini o‘rtaga qo‘ydi. Bunday sintez sun’iy, volyuntaristik usullar bilan, siyosat laboratoriyasida yaratiladigan narsa emas, ijtimoiy-siyosiy ongdagi siljishlar natijasida paydo bo‘ladigan narsa edi. 1991 yil REFERENDUM 90-yilda bir nechta jumhuriyatning o‘z mustaqilliklarini e’lon qilishi Sovet hokimiyatini chinakamiga dovdiratib qo‘ydi. 91-yil yanvarda Bokudagi namoyishchilarning tanklar bilan majaqlanishi, Boltiqbo‘yi o‘lkalarida Sovet qo‘shinlarining aholiga xurujlari, Gorbachev rejimining mamlakatni parchalanishdan qutqarib qolish uchun qilgan astoydil urinishlari edi. Bu urinishlarning samarasizligini ko‘rgan Moskva vaziyatni huquqiy yo‘l bilan hal qilishga urindi. 91-yil mart referendumi shu maqsad bilan o‘tkazildi. Referendumda xalq "Sovet Ittifoqining saqlanib qolishiga tarafdormiz" degan bitta savolga "ha" yoki "yo‘q" deb javob berishi lozim edi. O’zbekiston rahbarlari 90-yilda qabul qilingan "O’zbekiston Mustaqilligi Deklaratsiyasi"ni unutib, o‘z xalqini Moskvaning yangi tuzog‘iga tushirish uchun tayyorgarlikni boshlab yuborishgandi. O’shanda "Bu demokratlar mustaqillik, deb bizni jarga sudrayapti, biz Ittifoqsiz qanday yashaymiz?" degan xitoblar bugun o‘zlariga "Mustaqillik qahramoni" ordeni taqib olgan yurtboshilar og‘zidan to‘kilgandi. Referendum biz, mustaqillik tarafdorlari uchun xayirli ishorat emasdi. Referendumda "ha" ovozini berganlar ustunlik qilib, O’zbekiston yana Sovet Ittifoqi tarkibida o‘z o‘rniga o‘tirsa, Moskva o‘z siyosatini yanada qattiqlashtirib, qayta qurish prinsiplaridan voz kechishi mumkin edi. Har holda, biz shunday deb o‘ylardik. Va Referendum natijalariga ta’sir qilish uchun "Erk" tashkiloti miqyosida harakatga kechdik. Shu yo‘nalishda birga ishlash uchun "Birlik" harakati mas’ullari bilan ham ko‘rishdim. Bu 89-yildan keyin "Birlik"ka qilgan ilk ziyoratim edi. Harakat rahbarlariga mamlakat taqdiri hal bo‘layotgan shu paytlarda gina-kuduratni bir chetga qo‘yib, birga ishlashimiz kerakligi aytdim. Ular yaxshi qabul qilishdi. Ikki tashkilot nomidan xalqqa chaqiriq tayyorladik. Ammo bir-necha kun so‘ngra, doim bo‘lgani kabi, yana fitna chiqdi. Buni chiqarganlar kimligini bilmasdim, bilishni ham istamasdim. "Erk" Hay’atini chaqirib, yangi 108 Muhammad Solih - Yo'lnoma chaqiriq tayyorladik, ko‘paytirib, viloyatlarga tarqata boshladik. Vaqt oz qolgandi, bizniing imkonlarimiz juda cheklangandi, targ‘ibot-tashviqot ishlari nihoyatda ibtidoiy usullarda olib borildi va Referendumdan biz xavotir olgan natija chiqdi: o‘zbek xalqi Islom Karimov boshchiligida O’zbekistonning Sovet Ittifoqida qolishini istab ovoz berdi. Bu biz uchun kutilgan, qattiq zarba edi... Referendumdan so‘ngra Gorbachev muxoliflari ancha jonlanib qoldi. Referendum ularning tilini uzaytirdi, sovet xalqi, Boltiqbo‘yi jumhuriyatlari mustasno, Ittifoqiga yana bir marta o‘z "sadoqatini" namoyish qilgandi. Ammo avval ham e’tirof qilinganidek, Sovet Ittifoqi tepasida Parchalanish ruhi kezishda davom etmoqdaydi. Bu ruh hech bir siyosiy irodaga, hech bir xalqqa (hatto eng buyuk xalqqa) bo‘yinsunmasdi. Sovet Ittifoqining umri tarixan bitgandi va o‘sha ruh uning jonini olgani kelgandi. Sovet Ittifoqini ortiq hech kim, qudratli Sovet Armiyasi, undan-da qudratliroq KGB ham qutqarib qololmasdi. XUNTA 1991 yil 19 avgust kuni Sovet Imperiyasi fanatiklari bu davlatni saqlab qolish uchun so‘nggi marta chirpinib ko‘rdi. Qudratli Sovet Armiyasi va KGBsi birlashib, davlat to‘ntarishi e’lon qilishdi. Ammo to‘ntaruvchilar to‘ntarar ekanlar, kutilmaganda qo‘llari qaltiray boshladi. Sovet Imperiyasining jonini olishga kelgan o‘sha Ruh to‘ntaruvchilarning qo‘llarini qaltiratayotgandi. Moskva ko‘chalariga chiqqan tanklar ham, falaj bo‘lgan qo‘ng‘izlar kabi, buyurilgan joyga yura olmadilar. Bu falaj qo‘ng‘izlar ustiga chiqib, xuntaga qarshi nutq so‘ylaganlar keyin rus xalqining milliy qahramoniga aylanishdi. Men 19 avgust kuni ertalab Yozuvchilar Uyushmasiga kelganimda favqulodda harakatlilikni ko‘rib, bir oz hayron bo‘ldim. Yangilikni birinchi duch kelgan kutubxonachi Lola opadan eshitdim: - Moskvada "perevorot" bo‘libdi, - dedi u. Qayta qurish davrida popugi pasayib qolgan kommunist-yozuvchilardan biri yonimdan o‘tib ketayotib, "nihoyat tartib o‘rnatiladigan bo‘ldi," dedi baland ovoz bilan. Tez "Erk" partiyasi Hay’atini chaqirdik. Hay’at a’zolarining hammasi Xuntaga qarshi norozilik bildirish tarafdori bo‘ldi. Yo‘qotadigan narsamiz yo‘q, allaqachon KGB bizni ta’qibga oldi, dedi Hay’at a’zolari. Yotib qolguncha otib qolishimiz kerak, dedilar. Tushga yaqin Xuntaga qarshi manifest matni tayyor bo‘ldi. O’sha zahotiyoq "Ozodlik" va "Ozod Yevropa" radiolariga o‘qib berildi. Ayni paytda, "Erk" gazetasining tayyorlanayotgan soni birinchi sahifasiga materiallar o‘rniga partiyaning Xuntaga qarshi bayonoti va xalqqa murojaatini qo‘yib, tez chop qildik. 19 avgust kuni kechqurun "Erk"chilar, odatdagidek, Yozuvchilar Uyushmasida to‘planmadi. Hamma uy-uyiga tarqadi. G’alati bir kutish boshlandi. Moskvadagi demokratlarni hibsga olish boshlansa, bizda ham ayni harakat takrorlanishi muqarrar edi. Buni hech kim bir-biriga aytmagandi, ammo har kim ichida bunga tayyorgarlik ko‘rayotgandi. Bu vahima emasdi. Vaziyatning qaltisligi shundoq ko‘rinib turardi. Moskvada asabi nozik ba’zi taniqli demokratlar 19 avgust sinoviga dosh berolmay, Amerikaga qochishganini bir necha kundan keyin eshitdik. Bizning "Birlik"ning ba’zi rahbarlari ham 19 avgust kuni Qirg‘izistonga "shoshilinch safarga" ketgani keyin ma’lum bo‘ldi. 109 Muhammad Solih - Yo'lnoma O’sha kuni oqshom "Erk" hay’ati a’zosi buxorolik yigit Toshpo‘lat Yo‘ldoshev menga telefon qildi. Xuntaning kelajagi bormi-yo‘qmi, telemuhokama qildik. Yo‘ldoshevning fikricha, Xuntaning kelajagi yo‘q edi. Yo‘ldoshev, sovet sistemasini ichdan tanirdi. Bir necha yil diplomatik vazifalarda chet ellarda ishlagan tajribali ma’mur edi. Uning bashoroti to‘g‘ri chiqdi, Xunta uch kunga bormadi. Ammo shu uch kun O’zbekiston tepasida turgan rahbarlarning naqadar prinsipsiz shaxslar ekanini fosh qilishga yetdi. Xunta to‘ntarish e’lon qilgan kuni Dehli safaridan qaytayotgan O’zbekiston Kompartiyasining birinchi sekretari Karimov samolyot bortidan Xunta boshlig‘i Yanaevga tabrik telegrammasi jo‘natdi. O’zbekistonda Karimovning o‘rniga qolgan Bosh vazir Mirsaidov Xunta farmoyishlarini o‘zbek gazetalarida bajonidil chop qilib berdi. Chop qilibgina qolmay, bu farmoyishlarni amalda ijro eta boshladi. Bu farmoyishlar respublika Prokurori, shahar va viloyat Prokurorlariga jo‘natilib, bu asosda harakat qilishga, to‘g‘rirog‘i, amr kelgan zahoti repressiya mashinasini yurgizib yuborishga tayyor turish buyurildi. "Erk" partiyasining avvaldan rejalashtirilgan Qurultoyi 21 avgust kuni o‘tishi kerak edi. Toshkent shahar Ijroqo‘mi bu Qurultoyni o‘tkazish GKChP (Xunta) farmoyishlariga ko‘ra mumkin emasligini bizga rasmiy xat bilan bildirgani esimda. 20 avgust kuni Xuntaga qarshi bayonotimiz bosilgan "Erk" gazetasidan bir nechta nusxasini olib, Oliy Kengashga bordim. Bir necha deputatga tarqatdim. Keyin Oliy Kengash Raisi Yo‘ldoshev qabulxonasiga kirdim. U yerda ham sarosima hokim edi. Yo‘ldoshev kabinetida yo‘q edi. Bu kabinet to‘rida osilib turadigan Gorbachev portreti ham xuddi Yo‘ldoshevning o‘ziday g‘oyib bo‘lgandi. "Erk"ning bir nusxasini Yo‘ldoshevga shaxsan bering, deb uning sekretariga uzatdim. Aslida, faqat Yo‘ldoshev emas, O’zbekistonning butun rahbarlari o‘z kabinetlaridagi Gorbachevning portretini 19 avgust kuni olib tashlashgan edilar. Bu xalq "yo‘lboshchilari" Brejnev zamonidagi qullik bo‘ynturug‘ini takror kiymoq uchun bo‘yinlarini egib, kutib turishardi. Shu kuni kechqurun, ya’ni, 20 avgustda Islom Karimov Kompartiya aktivi bilan Oliy Kengash Prezidiumi a’zolarini to‘plab, majlis o‘tkazdi. Bu majlisda O’zbekistonda GKChP tashkil qilishga ehtiyoj yo‘q, chunki, biz shundoq ham favqulodda holatda yashayapmiz, tartib-intizom bizda kuchli, degan qarorga kelishdi. Bu Sovet Ittifoqida Xuntaga bo‘lgan eng "original" munosabat deb topildi. Bu ochiqchasiga munofiqona munosabat edi. Xunta farmoyishlarini Qirg‘iziston o‘z gazetalarida chop etmadi. Qirg‘iziston rahbari Akaev, Xuntaga rasmiy norozilik bildirdi. Biz uning jasoratidan faxr tuydik. Chunki, u o‘zimizning turkistonlik lider edi. O’zbekiston rahbarlari ham tarixning burilish nuqtalarida shunday matonatli bo‘lishni orzu qilardik. Biz muxolifat bo‘lib, Karimovni qattiq tanqid qilsak ham, u bizning o‘lkamizning rahbari edi. Uning dunyo miqyosida obro‘sizlanishini bir vatanparvar sifatida hech istamasdik. 19 avgust, afsuski, bizning rahbarlarga obro‘ keltirmadi. Xuntaning mag‘lubiyati esa, ularni o‘z oreintatsiyalarini yana bir marta 180 darajaga o‘zgartirishga majbur qildi. Bu yanada ayanchliroq manzara edi. BIR HOVUCH XALQ O’zbekistonda 19 avgust sinovidan yuzi oq chiqqan yagona siyosiy tashkilot "Erk" partiyasi bo‘ldi va biz bundan g‘urur tuyardik. Mustaqillik g‘oyasini shu "bir hovuch" erkchilar shior qilib ko‘targandi, uni himoya qilish payti kelganda, maydonda yana o‘sha "bir hovuch" erkchilar qoldi. Agar Xuntaning umri uch kun ekanligi avvaldan ma’lum bo‘lsaydi, unga hamma qarshi chiqardi, lekin bu ma’lum emasdi. Unga qarshi chiqishga jur’at qilgan odamlar ham ozchilik 110 Muhammad Solih - Yo'lnoma edi. Bu odamlar nafaqat Toshkentda, balki, Imperiya poytaxti Moskvada ham, Sovet Ittifoqining boshqa shaharlarida ham ozchilik edi. Nima bo‘lar ekan, deb kutib turgan millionlarga nisbatan oz edi. Balki, xunta kelib, qornimiz to‘yar, deb umid qilayotgan moddiyatchilarga nisbatan oz edi. Hurriyat dushmanlariga nisbatan, totalitar davlat muxlislari, ayg‘oqchilar, shovinistlar va hatto laganbardorlarga nisbatan ham ozchilik edi xuntaga qarshi chiqqanlar. Yana bir toshbeh aytsak, "bir hovuch" edi qarshi chiqqanlar. Lekin butun dunyo gazetalari Moskvadagi davlat to‘ntarishiga xalq qarshi chiqdi, deb yozdi. Biz ham shunday, deb yozdik. Xunta yengilganini ko‘rgan kamtar ko‘pchilik ham o‘sha ozchilik haqida "xalq" deb gapira boshladi. Xalq qarshi chiqdi, xalq g‘alaba qildi, xalq jasorat ko‘rsatdi. Ya’ni, bir hovuch ozchilik - xalq bo‘ldi-qo‘ydi. Bu hovuch xalq. Bu uch so‘zdan iborat ibora mening ozodlik haqida yozgan so‘nggi she’rim edi. HASSOS MAVZU - MUSTAQILLIK Biz "Erk" Qurultoyini zudlik bilan o‘tkazishga qaror qildik. Sarosimada turgan hukumatni bir qattiq turtib qo‘yish zarur edi. O’zbekistonning Sovet Ittifoqidan chiqishi uchun bundan qulayroq fursat hech qachon kelmayajagini hamma tushunib turardi. Ammo "Birlik" harakatining ma’lum rahbarlari "agar Sovet Ittifoqidan chiqilsa, Karimov Markazning jazosidan qutulib qoladi, Moskva Karimovni ishdan olsin, mustaqil keyinroq bo‘laylik" qabilida gap-so‘z boshladilar. To‘g‘ri, Ittifoqdan chiqish Islom Karimovni xuntani qo‘llagani uchun kelishi muqarrar bo‘lgan jazodan qutqarardi. Biz mayli, qutqarsin, dedik. Mayli, Karimov qutulsin, O’zbekiston mustaqil bo‘lsa yetar, dedik. Chunki, mustaqillik faqat Karimovni emas, butun O’zbekistonni, butun xalqni Imperiya jazosidan qutqarardi. Agar Karimov yoki boshqasi bizga o‘n yil zulm qilib, uning o‘limini tilab turgan bo‘lsak-da, xalqimizning mustamlakadan qutilishi zolimning jazosidan qutulishiga bog‘liq bo‘lib qolsa, biz hech ikkilanmay zolimning qutulishi uchun ovoz bergan bo‘lardik. "Erk" partiyasi hukumat bilan bir marta murosa qilgan bo‘lsa, faqat shu mustaqillik yo‘lida murosa qilgan bo‘lishi mumkin. Hukumatning adolatsizligi, nayranglari va hatto zulmiga ko‘z yumgan bo‘lishi mumkin. Chunki, u paytda xalqning mustamlakadan ozod bo‘lishi masalasi biz uchun hamma narsadan, hatto demokratiyadan, hatto biz uchun doim mo‘‘tabar bo‘lgan shaxs erkinligidan ham oldin kelardi. Bu bir haqiqatdir. Undan hech bir erkchi bugun yuz o‘girmoqchi emas. Bizdagi bu hassosiyatni u paytdagina emas, bugun ham, anglamaganlar bor. Bizga xayrihoh, bizni sevgan do‘stlarimiz orasida ham bu noziklikni boshqacha tahlil qilganlar bor. Moskva Penklubi lutf qilib, 50-yoshga to‘lganim munosabati bilan do‘stlarni to‘plab, bir suhbat uyushtirgan ekan, uning videotasvirini menga yuborishdi, sog‘ bo‘lsinlar. Bu suhbatda mening juda hurmat qilganim jamoat arbobi, Xelsinki Inson Haqlari Federatsiyasi Prezidenti Lyudmila Alekseeva 90-yillar O’zbekistonini xotirlar ekan, "Birlik"ning avval demokratiya, keyin mustaqillik, "Erk"ning esa, avval mustaqillik, keyin demokratiya, shiorini olg‘a surganlarini esladi. "Endi, Muhammad Solih o‘z xatosini tushunib, qattiq afsus chekayotgandir, mustaqillik deb surgun bo‘ldi, qarindosh-urug‘lari qamaldi, haqiqatan ham, revolyutsiyani idealistlar qilib, mevasini ablahlar yeydi," deya menga hamdardlik bildirdi Lyudmila Vladimirovna. Albatta, bu 111 Muhammad Solih - Yo'lnoma hamdardlik uchun minnatdorchiligim cheksizdir. Lyudmila Vladimirovna samimiy inson, gapirar ekan, shunchaki gap bo‘lsin deb emas, kuyunib gapirayotgandi. Faqat men, u taxmin qilayotgani kabi 90-yillarda mustaqillik tarafdori bo‘lganimga aslo afsuslanmayotganimni bilmasdi. Buning sababini xalqi uzoq vaqt mustamlakada yashagan odam tushunadi. Xalqi uzoq vaqt mustamlakachi bo‘lgan odam qiyinroq tushunadi. Shuning uchun Lyudmila Vladimirovnani men tushunaman. Lyudmila Vladimirovna kabi, o‘zbek ziyolilar ichida ham ("Birlik"ni aytdim) Rusiyadan ayrilish foydadan ko‘ra zarar keltiradi, degan fikrda bo‘lganlar oz emasdi. Ozgina demokratiya kelsin, bir necha yil kutaylik, mustaqillik qochib ketmaydi, degan do‘stlarni ko‘p uchratgandik. "Birlik"dagi ba’zi aqllilar bizni uzoqni ko‘rmaslikda ayblab, mustaqil bo‘lsak, Karimov o‘z xonligini o‘rnatib oladi, deya qo‘rqitishardi. Kamina bo‘lajak xonlik haqida 90-yil Oliy Kengash sessiyasilarining birida gapirgandim. Biz ikkita zulm ostida yashayapmiz, biri Moskva, ikkinchisi mahalliy hokimiyat zulmi. Lekin mustaqillik yo‘lida mahalliy hukumatni qo‘llashimiz mumkin. Avval zulmning kattasi - Moskvadan ozod bo‘laylik, keyin o‘zimizning mahalliy zulmga qarshi kurashaveramiz, deganimda Islom Karimov Oliy Kengash prezidiumida kulib o‘tirgandi. Biz mustaqillikni unga erishgandan keyin olam guliston bo‘ladi, deb himoya qilganimiz yo‘q edi. Mustaqillikni bitta partiya, bitta avlod, bir davr uchun shior qilmagandik, uni butun xalq uchun, butun davrlar uchun, abadiyat uchun istaganimiz sababli shior qilgandik. Mavzuning biz uchun bo‘lgan hassosiyatini yana qanday tushuntirish mumkin? 20-yillar Turkistonida "Bosmachilar harakati" deb atalgan milliy harakatdan so‘ng O’zbekiston mustaqilligi g‘oyasini ilk ko‘targan va demokratik usullar bilan dunyoga qabul qildirgan yagona siyosiy harakat "Erk" harakati edi. Bunga o‘lkamizning so‘ng yigirma yillik yozilmagan tarixi guvohdir. "ERK" QURULTOYI Qurultoyga ruxsat tez keldi. Xuntaning mag‘lubiyatidan keyin mulzam bo‘lgan hukumat "xohlagan joyini beringlar," deb amr qilibdi va Toshkent shahar Ijroqo‘mi bizga Jumhuriyat radiosi yonida qurilgan hashamatli "Biznestsentr"ning zamonaviy jihozlangan zalini berdi. Qurultoy 25 avgust kuni ertalab soat 10da boshlandi. Zal liq to‘la edi. Odamlarning kayfi chog‘ edi. Bayram havosi bor edi. Qurultoyda shu nutqni o‘qidim: "Hurmatli do‘stlar, tarixda shunday davrlar bo‘ladi-ki, uning soati yillarga, yili asrlarga teng keladi. Bu haqiqat shu kungacha biz uchun bir obraz, kitobiy ta’bir edi. Bugun bu narsa bizning ko‘z o‘ngimizda turibdi. Biz shu buyuk voqeaning shohidi bo‘ldik. 19 avgustda sodir bo‘lgan davlat to‘ntarishi va unga qarshi ko‘tarilgan mardonavor xalq harakati bu haqiqatni namoyish etdi. Qayta qurish deb nomlangan olti yillik tarixiy jarayonning 19 avgustgacha bo‘lgan qismi bir davr bo‘lsa, undan keyingi o‘tgan olti kun mutlaqo boshqa bir davrdir. Bu inqilob shu qadar tez yuz berdi-ki, uni hamon aqlga sig‘dira olmayapmiz. Chunki, o‘sha tahlikali uch kun ichida biz o‘tgan demokratik yo‘lning masofasi qayta qurish kechgan olti yillik masofadan kattaroqdir. Va bu ikki inqilobning prinsipial farqi shunda-ki, birinchi inqilob tepadan boshlangan bo‘lsa, ikkinchi inqilobning ijodkori xalqning o‘zi bo‘ldi. Xuddi shuningdek, olti yil ichida mitinglarda qatnashgan xalqdan 19 avgustda ko‘chaga chiqqan xalq mutlaqo farq qilardi. Bu xalq shu kungacha mavjud tuzumni tanqid qilib kelgan 112 Muhammad Solih - Yo'lnoma bo‘lsa, endi bu tuzumni butunlay almashtirishni talab qila boshladi. Avval militsiya to‘qmog‘iga qarshi turgan bo‘lsa, bu safar tanklarga qarshi, bir so‘z bilan aytganda, o‘lim bilan yuzma-yuz turdi. Jamiyatdagi bu dinamizm Sovet Ittifoqi deb atalgan mamlakat tarixini keskin burilishlarga olib keldi. Lekin shuni ham unutmaslik kerak-ki, 19 avgustda o‘limga ro‘para turgan bu xalqni o‘sha qayta qurish tayyorladi. Bugun demokratiya g‘alabasidan boshimiz aylanib, "qayta qurish va Gorbachevni Yeltsin qutqardi, Sovet Ittifoqini Rusiya qutqardi", demoqdamiz. Chindan xolos etgan narsa o‘sha "boshi berk ko‘chaga kirib qolgan qayta qurish" edi. Shu ma’noda, Gorbachev o‘zini o‘zi qutqardi, shu ma’noda, o‘z-o‘zining haloskori bo‘ldi Shu ma’noda, qayta qurish aslo boshi berk ko‘chaga kirgani yo‘q, aksincha, u bugun o‘zining buyuk g‘alabasini nishonlayapti. Qayta qurish hech qachon bugungiday yuksaklikka ko‘tarilmagan edi. Muxoliflar "xalq och-yalang‘och, jinoyatchilik kuchaymoqda, iqtisodiy bo‘hron chuqurlashmoqda, sening demokratiyang nima beradi?" deya savol bermoqdalar. To‘g‘ri, xalq och. Lekin bunga demokratiyaning nima aloqasi bor? To‘g‘ri, jinoyatchilik kuchaymoqda. Lekin demokratiyada nima ayb? To‘g‘ri, iqtisodiy bo‘hron chuqurlashmoqda, uni demokratiya chuqurlashtirdimi? Aksincha, bu fojealar demokratiya hamon to‘siqqa uchrayotganidan, hamon quruq so‘z bo‘lib qolayotganidan, siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy hayotimizga singib ketmayotganidan emasmi? Shunisi qiziq-ki, davlat to‘ntarishini tashkil etgan harbiy-partiyaviy xunta ham aynan o‘sha xalqning ochligini, iqtisodiy bo‘hronning chuqurligini ro‘kach qilib maydonga chiqdi. U bir hafta ichida ahvolni tubdan o‘zgartirishga va’da berdi. Buning dalili sifatida Moskvadagi do‘konlarda uzoq kutilgan oziq-ovqat paydo bo‘ldi. Agar xunta yana o‘n besh kun yashasa, bu ne’matlar boshqa shaharlar do‘konlarida ham paydo bo‘lar edi. Bunga shubha yo‘q. Lekin xalq aldanmadi. U non emas, ozodlikni tanladi. Chunki, bu xalq hatto non ham ozodlik o‘rnini bosishga qodir emasligini anglagan xalq edi. Men xalq deganda, rus xalqini nazarda tutayapman. Bu haqiqatni tan olish kerak. Zotan, xuntaning yo‘lini to‘sgan asosiy kuch - moskvaliklar va Rusiya hukumati bo‘ldi. Xunta o‘z rejalarini e’lon qilgandan so‘ng, ba’zi jumhuriyatlarda ikkilanish yaqqol ko‘zga tashlandi. Nafaqat jumhuriyatlar, balki, chet davlatlarining deyarli hammasi dastlabki soatlarda bergan ma’lumotlarida xuntaga qarshi biron gap aytolmadi. Faqat xalqning qo‘zg‘olganini ko‘rib, unga suyangan Rusiya hukumatining jur’atini ko‘rib, ikkilanganlar qarori qat’iylasha boshladi. Faqat shundan keyingina ular rus xalqini qo‘llay boshladi. Bundan kelib chiqadigan saboq shuki, faqat xalqning o‘zigina o‘zini qutqarishi mumkin. Agar xalq uyg‘onmasa, chet el ham, uning iqtisodiy yordami ham unga najot bo‘la olmas ekan. Yana bir saboq bor. Bunisi ma’naviy saboqdir. Xunta davrida ikkilangan jumhuriyatlar ham erishilgan g‘alabadan bahramand bo‘lajaklar. Xudoga shukr. Ammo biz shuni unutmasligimiz kerak-ki, hech qachon hech bir xalq boshqa bir xalq kurashi evaziga ozod bo‘lmagan. Agar bo‘lsa ham, bu ozodlik unga tatimasligi aniq. Chunki, bu sovg‘a qilingan ozodlikni himoya qiladigan xalq bo‘lishi kerak. Aks holda, bunday ozodlik qancha tez qo‘lga kiritilgan bo‘lsa, shuncha tez yo‘qotilishi muqarrar. Hech kim tank oldiga yotib, Konstitutsiyani muhofaza etmaydi, chunki, xalq Konstitutsiya nima ekanligini bilmaydi. Hech kim "demokratiya uchun" deya o‘qqa ko‘krak tutmaydi, chunki, xalq nonni ozodlikdan ustun qo‘yadi. Hech kim prezidentni himoya qilib ko‘chaga chiqmaydi, chunki, bu xalqni ko‘chaga chiqishga o‘rgatishmagan. Xullas, sovg‘a qilingan ozodlikni faqat o‘sha sovg‘a qilgan xalqqina himoya etishga qodir. Hali "himoya qilaman," deb kep qolmasa yaxshiydi. Bu achchiq haqiqat va unga tik qaray bilishimiz kerak. Va ayni shu sabab, "Erk" partiyasining birinchi vazifasi - xalqni uyg‘otishdir. Busiz mustaqillik bugungiday qog‘ozda qolaveradi. Xalqlar ustida uch kun osilib turgan tahlika O’zbekistonga qanday ta’sir qildi? Biz o‘zimizni qanday tutdik? Ehtimol... Xullas, "ehtimol"lar ko‘p. Shaxsan men bu tahlikali kunlarda 113 Muhammad Solih - Yo'lnoma ko‘rganim - bir lavhani hech unutolmayman. Yigirmanchi avgust kuni hukumatimiz tashkil qilgan majlisda Shayxov va O’razaev degan deputatlar chiqib, xuntaning boshlig‘i haqida "o‘rtoq Yanaev ham aytdilar. O’zbekistonga qo‘shin kiritishga hojat yo‘q ekan," deganlarida, yer yorilib, yerga kirmadim. Chunki, bu vaziyatda "qo‘shin kirmagani" biz uchun sharaf emas edi. Chunki, bu qo‘shin qonunni himoya qilish emas emas, qonunni toptash uchun kirar edi. Bu qo‘shin demokratiyani tiklash uchun emas, uni yo‘q qilish uchun kirar edi. Aytmoqchimanki, shubhasiz, ziyolilardan bo‘lgan va shubhasiz, o‘zlarini insonparvar sanagan bu odamlarning farosati shu bo‘lsa, o‘qimagan, dalada umr bo‘yi ketmon chopayotgan dehqondan - xalqimizning qaryib sakson foyizini tashkil qiluvchi ommadan xafa bo‘lishga haqqimiz yo‘q. "Erk" tutgan pozitsiyasiga kelsak, bu hammangizga ma’lum, Demokratik partiya o‘laroq, "Erk" birinchi kuniyoq bu mash’um to‘ntarishga o‘z munosabatini bildirdi. Uning xuntaga qarshi Bayoonoti va Yelsinga madad telegrammasi shu kuniyoq dunyoga tarqaldi. Mahalliy matbuotda e’lon qilish imkoni bo‘lmaganidan, bu hujjatlarchet el radiostansiyalaridan, xususan, "Svoboda" va "Svobodnaya Yevropa"lardan o‘qib eshittirildi. Bu tarixiy voqeadan uchta xulosa chiqadi: 1. Mavjud sistema qanchalik demokratiyaga intilmasin, jamiyat uchun xavfli bo‘lgan va uni o‘n yillar ortga uloqtirib tashlashga qodir mexanizmni o‘zida saqlab kelayapti. Gorbachev davlat to‘ntarilishigacha uchta kemaning boshini tutib keldi: KPSS rahbari, Prezident va Bosh qo‘monodonlik vazifalari. Shu uchta kuchni qo‘lga olish uchun xuntaning bitta odamni - Gorbachevni chetlashtirishi kifoya qildi. Bir-necha soat ichida ulkan bir mamlakat real xavf ostida qoldi. Demak, toki huquqiy davlat tuzilmas ekan, hokimiyatlar qat’iy ajratilmas ekan, davlat to‘ntarilishi xavfi turaveradi. 2. Har qanday "suveren davlat" deb atalgan sub’etning o‘zini himoya qiladigan armiyasi bo‘lishi shart. Aks holda, bu "suverenlik" soxtadir. Buni Rusiya hukumati xunta xurujqilayotgan kunlarda chuqur tushundi. Buni O’zbekiston hukumati ham tushunmog‘i lozim. 3. Biz to‘la mustaqil bo‘lmas ekanmiz, faqat iqtisodiy emas, siyosiy ham mustaqil bo‘lmas ekanmiz, hech qanday "yangilangan federatsiya" bizga najot bo‘lolmaydi. Chunki, bu sistema hamon bir shaxs irodasiga bog‘liq bo‘lgan sistema bo‘lib qolyapti. Bugun Yelsin bor, Gorbechev bor. Lekin ertaga Yanaev kelmasligiga hech kim kafolat berolmaydi. Kafolat - xalqimizning to‘la mustaqilligidir. Bu haqiqatni so‘nggi ikki kun ichida Sovet Ittifoqida yuz bergan voqealar isbot qilib turibdi. Davlat to‘ntarishidan keyin mamlakatdagi siyosiy vaziyat yanada shiddatliroq o‘zgara boshladi: KPSS siyosiy partiya sifatida parchalandi. Mustaqillikka o‘tish davri kechayotgan ikkita boltiqbo‘yi jumhuriyatlari - Estoniya va Latviya o‘zlarining to‘la mustaqilligini e’lon qildilar. Kecha Ukraina parlamenti ham bu jumhuriyatning to‘la mustaqilligini e’lon qildi. Ma’lumki, tuzilayotgan "Ittifoq shartnomasi" asosan uchta slavyan jumhuriyatlari - Rusiya, Ukraina, Belorusiya va O’rta Osiyo jumhuriyatlari bilan Qozog‘iston o‘rtalarida tuzilishi mo‘ljallanayotgan edi. Bu sub’ktlar ichida eng nufuzlisi - Ukraina Ittifoqdan chiqib ketar ekan, "Ittifoq Shartnomasi" avvalgi mohiyatini saqlab qololmaydi. Bu voqea shu kungacha "Shartnoma"ning markaziy sub’ektlaridan biri bo‘lib turgan Rusiyaning ham pozitsiyasini o‘zgartirishi muqarrar. Bu yerda ikkita variantni taxmin qilish mumkin. Birinchisi: Rusiya, agar "Shartnoma" tarafdori bo‘lsa, avval so‘rayotgan imtiyozlarini 114 Muhammad Solih - Yo'lnoma yanada kengaytirishga harakat qiladi va bunga erishadi ham. Bu holda bugungi Markaz o‘zining markazligini butunlay yo‘qotadi va Rusiya Markazga aylanadi. Bu yangi vaziyat mustaqillikka intilayotgan O’rta Osiyo jumhuriyatlarining shu kungacha olib borayotgan siyosatini keskin o‘zgartirishini taqazo etadi: ular o‘z jumhuriyatlarining ham to‘la mustaqilligini e’lon qilishlari yoki yangi tuzilgan markazlashgan bir davlatning bo‘laklari sifatida qolishga majbur bo‘lajaklar. Ikkinchi variant: Rusiya ham Ittifoqdan chiqib, o‘zining to‘la mustaqilligini e’lon qilshi mumkin. Bu holda Ittifoq haqida gap ham bo‘lishi mumkin emas. Biz zudlik bilan O’zbekiston oliy Kengashining favqulodda sessiyasini chaqirilishini talab qilamiz. Unda bugungi siyosiy vaziyat ochiq tahlil etilishi lozim. O’zbekistonning to‘la mustaqillikdan boshqa yo‘li yo‘q. Bugungi tarixiy imkonni qo‘ldan boy bermasligimiz kerak". Download 0.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling