Muhammad Yusuf-ardoqli shoir


Download 27 Kb.
Sana02.05.2023
Hajmi27 Kb.
#1423209
Bog'liq
Muhammad Yusuf-ardoqli shoir


Muhammad Yusuf-ardoqli shoir

Umrlar bo’ladiki, o’ligida tirikdir,


Umrlar bo’ladiki, o’lgan odam tirikdir.
Sohirnafas shoirimiz Maqsud Shayxzodaning ushbu misralarini ko’plab soha vakillari uchun qo’llash mumkin. Oramizda shunday insonlar borki, ular oramizda bo’lmasa-da biz ularni ko’p bor eslaymiz, xotirlaymiz,yodga olamiz. Chunki ular qaysidir fazilati yoxud o’zidan qoldirgan merosi bilan boshqa insonlardan ajralib turadi.
O’zining boy adabiy va ma’naviy merosi bilan xalqimiz tahsiniga sazovor bo’lgan buyuk shaxslardan biri Muhammad Yusufdir. Shoir juda qisqa umr ko’rgan bo’lsa-da, uning she’rlari xalqimiz qalbidan munosib o’rin egallay bildi, samimiy, dilkash misralari xotiralarimizda muhrlanib ulgurdi, sodda, xalqchil baytlari qo’shiq bo’lib taraldi.
Har gal Muhammad Yusuf se’rlarini o’qiganimda talabalik davrimdagi shoir bilan bo’lgan uchrashuv ko’z oldimda gavdalanaveradi. Shoira Sharifa Salimova,buxorolik shoir Toshpo’lat Ahmad va sevimli shoirimiz Muhammad Yusuf talabalarning qiziqtirgan savollariga javob berib, she’riyat shaydolarini o’z ijodlaridan namunalar o’qib bahramand qilgan edilar. Talabalarning qiziqtirgan savollariga bergan javoblaridan Muhammad Yusufning samimiy, sodda, hozirjavob,dilkash,haqiqiy vatanparvar inson ekanligi sezilib turar edi.Uning Vatan haqida to’lqinlanib, quyidagi misralarni aytib berganida, zaldagilar shoirning chinakam o’zbek xalqining farzandi ekanligiga qoyil qolgan edilar:
Siz kularsiz, bu kitobiy so’zlarni qo’y deb,
Ammo rosti, bir hikmatni endi bildim men:
Hey odamlar, labda boldek bo’lib turgan shu-
Onam suti, onam suti ekanku- Vatan…
Shu Vatanga nafim tegsa deymaan mening ham,
Yurak undan bir so’z kutib bo’ylar osmonga.
O’g’lim, desa ikki qo’llab jonimni tutib,
Sig’inaman mo’min va sof O’zbekistonga.
Bundan tashqari, shoirning tadbir so’ngida Shavkat Rahmon xotirasiga bag’ishlab yozilgan “Lolaqizg’aldoq” she’rini o’qib bergani hamon qulog’im ostida jaranglab turadi:
Mendan nima qolar:
Ikki misra she’r,
Ikki sandiq kitob,
Bir uyum tuproq.
Odamlar ortimdan
Nima desa der,
Men seni o’ylayman
O’zimda ko’proq-
Lola, lolajonim,
Lolaqizg’aldoq.
Shoir ijodida turli mavzudagi she’rlarni uchratish mumkin. Ammo u o’z xalqi, elini, Vatanini chin farzandday beg’araz, sidqidildan yaxshi ko’rishini ko’plab misralardan bilib olishimiz mumkin.
Muhammad Yusuf qisqa umr ko’rdi. Lekin undan umrboqiy, betakror, unitilmas boy meros qoldi. Shoirning she’rlari doim xalqimiz qalbida, tillarida, san’atkorlar qo’shiqlarida ohangrabodek jaranglab turaveradi.

Azima To’xtamisheva


49-ixtisoslashtirilgan maktabning ona tili va adabiyot fani o’qituvchisi
Download 27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling