Muhammadjon mirzayev (1913-1999)
Download 80.95 Kb. Pdf ko'rish
|
M. Mirzayevning hayoti va ijodi
MUHAMMADJON MIRZAYEV (1913-1999) O‘zbek bastakorlik san’atiga munosib hissa qo‘shgan yetuk bastakor, sozanda Muhammadjon Mirzayev 1913 yilda Toshkentda tug‘ildi. U yoshligidan musiqaga mehr qo‘ydi. U o‘smirlik yillari Toshkent to‘qimachilik kombinatida ishlaydi. Shu kombinatning havaskorlik to‘garagiga qatnashadi. Mandalina, rubob chalishni o‘rganadi. 1936 yilda O‘zbekiston davlat filarmoniyasi qoshidagi Xalq cholg‘ulari orkestriga Komissiya sinovidan o‘tib, sozanda sifatida ishga qabul qilinadi. Xalq cholg‘ulari orkestri Muhammadjon Mirzayev uchun dastlabki bilim o‘chog‘i bo‘lib xizmat qildi. U shu orkestrda qashqar rubobini puxta o‘rganadi. Xalq musiqiy merosi bilan tanishadi. To‘xtasin Jalilov, Mamadbobo Sattorov, Jo‘raxon Sultonovlar san’atidan bahramand bo‘ladi.
Urush yillarida jangchilarga berilgan konsertlarda o‘z san’ati bilan xizmat qiladi. Farhod GESi qurilishi qoshidagi Xalq teatrida musiqa rahbari bo‘lib ishlaydi. Bastakorning birinchi asarlari “Mehnat ahli”, “Po‘lat”, “Jahon” kabilar shu yillari yaratilgan edi. U 1949 yilda Toshkent Davlat Konservatoriyasining Xalq cholg‘ulari fakultetiga o‘qishga kirib, uni 1954 yilda tugatadi. Bastakor keyinchalik M.Turg‘unboyeva nomidagi “Bahor” davlat ansambli bilan ijodiy hamkorlik qiladi. Ansambl uchun ko‘pgina kuylar bastalaydi. Ulardan “Bahor valsi”, “Gulnoz”, “Dilbar”, “Intizor etma”, “Yangi tanovar” va boshqalarni sanab o‘tish mumkin.
Ma’lumki, bastakorning yutug‘i ko‘p jihatdan ijrochiga bog‘liq. Uning bastakorlik ijodiga xos xususiyatlardan biri, u o‘z asarlarini ijrochining imkoniyatlarini hisobga olgan holda yaratdi. Bu jihatdan marhum xalq hofizi
Ma’murjon Uzoqov, xalq artisti Hanifa Mavlonova uchun yaratgan ashulalari diqqatga sazovor. Ular ijrosida “Yor istab”, “Fig‘onkim”, “Yakka bu Farg‘onada”, “Bir kelib ketsun”, “Parvona bo‘ldim” kabi lirik ashulalari qo‘shiq shaydolarining yurak-yuragiga singib ketgan. Bastakor “Tong malikasi”, “Dil o‘ynasin” kuylarini raqqosalardan Qizlarxon Do‘stmuhammedova va Dilafro‘z Jabborovalarning imkoniyatlarini hisobga olgan holda bastalagan. Xonanda Dilorom Qayumova ijro etgan qo‘shiqlar ko‘pchilik musiqa shinavandalariga manzur bo‘ldi. “Shirmonoy”, “Oltin sandiq”, “Uch dugona” shular jumlasidandir.
Muhammadjon Mirzayev ilhomi bilan yaralgan dilgir navolarning manbai va tub negizlari o‘zbek xalq musiqasida, deb ishonch bilan aytish mumkin. Ushbu qimmatli xususiyatlari bilan M.Mirzayev ijodiy namunalari boshqa o‘tgan va zamondosh bastakorlarnikidek musiqa tilida tushunarli qilib ifoda etilganini ta’kidlashimiz o‘rinli.
Atoqli bastakordan juda katta musiqiy meros qolgan. Uning asosiy qismi kuy va ashulalardan iborat. Bularning aksariyati O‘zbekiston radiosining xazinasida magnit tasmalariga yozib olingan. Bastakor yaratgan kuy va ashulalarning asosiy qismi milliy musiqamiz bo‘stonida gullab-yashnayotgan chamanzorga aylandi.
Shu boisdan Muhammadjon Mirzayev ijodiy faoliyati kelgusida mufassal o‘rganilib, yoritilishi shart bo‘lgan xayrli vazifalardan biridir. Download 80.95 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling