Muhandislik geologik tadqiqotlar
Pnevmogidrotermal metamorfizm
Download 6.17 Mb. Pdf ko'rish
|
-qullanma
- Bu sahifa navigatsiya:
- Gilli slanetslar
4.Pnevmogidrotermal metamorfizm - magmaning yuqoriga harakat
qilib, intruziv tog’ jinslarini hosil qilgan paytda undan ajralgan yuqori temperatura va bosimga ega bo’lgan gazlar hamda suyuq eritmalar ta’sirida 56 magmatik, effuziv va intruziv jinslarning o’zgarishidan hosil bo’ladi. Bu jarayon pnevmatolit yoki gidrotermal metamorfizm deb ataladi. Metamorfik tog’ jinslarining mineralogik tarkibi, ko’pincha magmatik va cho’kindi tog’ jinslarining aynan o’zlaridir. Metamorfik jinslarning teksturasi - slanesli (gneyslar, gilli slanetslar) yoki massivli (marmar, qumtosh). Slanetsli tuzilish bir tomonlama bosim ta’sirida shakli o’zgargan jinslar uchun xarakterlidir. Ushbu metamorfik tog’ jinslarining slanetsli tuzilishiga parallel bo’lgan yo’nalish bo’yicha qurilish xossalari, masalan; sovuqbardoshligi, mustahkamligi pasayishi mumkin. Massivli (zalvorli) tekstura - har tomonlama bosim ostida hosil bo’ladigan jinslar uchun xarakterli bo’lib, bunda kerakli cho’kindi tog’ jinsi qayta kristallanish va zichlanish oqibatida yaxlit, tuzilishga ega bo’ladi. Bunday jinslar o’zi hosil bo’lgan cho’kindi tog’ jinslariga ko’ra, yuqori zichlikka ega bo’ladi. Qurilishda metamorfik tog’ jinslaridan: gneyslar, gilli slanetslar, marmarlar va kvartsitlar ishlatiladi. Gneyslar - mineral tarkibiga ko’ra granit tipidagi jinslarga o’xshash. Slanetsli tuzilishi bo’lgani sababli uzoqqa chidamaydi. Qurilishda ularni ko’proq poydevorga tosh plitka o’rnida, trotuarlarga terish uchun, kanal qirg’oqlarini koshinlashda ishlatiladi. Gilli slanetslar - gillardan tashkil topgan tipik slanesli metamorfik tog’ jinsi bo’lib, rangi qora yoki kulrang qoramtir. Gilli slaneslar suvda ivimaydi, suv bilan aralashib ketmaydi, nurashga qarshi yaxshi bardosh beradi, osongina yupqa varaqachalarga (3...10mm) ajralib, tomga yopiladigan material sifatida ishlatiladi. Marmarlar - ohaktoshlardan hosil bo’lib, kal’tsit minerallarining puxta birikishidan, ba’zan dolomit, marganetsli, temirli va uglerod birikmalar bilan aralashib, ularga turlicha rang beradi. Aralashmalar bir tekisda tarqalmaganligidan marmarlar rang - barang jilolarda tovlanib ajoyib ko’rinish beradi. Marmarlarning zichligi ancha yuqori - 2900 kg/m 3 gacha, suv shimuvchanligi 0,7% gacha, siqilishga bo’lgan mustahkamligi - 300 MPa gacha, qattiqligi - 3ga teng. Marmarlarga ishlov berish oson, ularni yupqa plitalarga qirqib ajratish mumkin. 57 Marmarlardan binolarning ichki qismidagi devorlarga qoplama material, zinapoya sahnlarida, ustunlarda, qoplama material sifatida ishlatiladi. Marmarning siniqlari esa suvoqchilikda pardozbop qurilish materiali sifatida ishlatiladi. Binolarning tashqi qismlarida ko’pchilik turdagi ohaktoshlarni ishlatish yaramaydi, chunki tashqi ob - havo ta’siridan (suv, oltingugurt gazi, issiq- sovuk) marmar yuzasining jilosi buziladi, ko’zga tashlanib turadigan darajada yemiriladi (rangi o’zgaradi, g’ovak, g’adir- budir bo’lib qoladi). Download 6.17 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling