Muhayyir she'riyati tahlili


Download 0.67 Mb.
Sana16.06.2023
Hajmi0.67 Mb.
#1504846
Bog'liq
muhayyir she\'riyati (1)


Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti o'zbek tili ta'lim yo'nalishi 204-guruh talabasi Ramazonova Shahodatning o‘zbek adabiyoti tarixi fanidan tayyorlangan taqdimoti
Muhayyir she'riyati tahlili
Reja:
1. Muhayyir hayoti va ijodi
2. Muhayyir g‘azallari tahlili
Muhayyir (taxallusi; asl ismi Muhammadqul Muhammadrasul oʻgʻli) (1842, Koʻqon — 1918, Rishton tumani) — shoir, tarjimon va xattot. Oʻzbek va forstojik tillarida ijod qilgan. 1875—85 yillarda Buxoro madrasalarida oʻqigan.
Muhayyirning oʻz qoʻli bilan koʻchirgan mukammal devonining 2 nusxasi mavjud. Devonida 350 gʻazal, 35 muhammas, 3 musaddas, 6 murabba, 2 tarjeʼband, 73 ruboiy va "Qirq hadis"ning sheʼriy yoʻl bilan qilingan tarjimasi bor. M., shuningdek, "Saloti Masʼudiy" nomli fiqh ilmiga oid forscha kitobni oʻzbek tiliga tarjima qilgan.
1870-yilda Alisher Navoiyning terma devonini ham nastaʼliq xatida koʻchirgan. Muqimiy, Furqat, Muhyi, Zavkiy, Nodim Namangoniy va Muntazirlar bilan yaqin ijodiy munosabatda boʻlgan. Lutfiy, Jomiy, Hofiz Sheroziy va Alisher Navoiy gʻazallariga muhammaslar bogʻlagan, naziralar yozgan.
Sheʼriyatida tasavvufiy ohanglar, ramz va ishoralar ham bor. Ijodiy merosining umumiy hajmi 10000 misradan oshiqroq. 3 qoʻlyozma devoni Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik instituti (inv. №7493, 19111) va Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Davlat adabiyot muzeyida saqlanadi (inv. №241). Ad.: Tanlangan sheʼrlar, T., 1967; Devon, T., 2000.
Faqr shohimen, adam mulki musaxxardur manga,
Mehnatu anduhu kulfat xayli lashkardur manga.
Masnadim gulxan kuli, kunji qanoat maxzanim,
Bo‘ryo taxtu, buzuq vayrona kishvardur manga.
Bu dili mahzun bila ilgimdagi sing‘on safol,
Chiniyi Fag‘furu, ko‘zguyi Skandardur manga.
Tang‘a jul kisvat, namad bo‘lsa kulohim or emaz,
Kim alar rashki qabou toji qaysardur manga.
Muhayyir, shuningdek, "Saloti Masʼudiy" nomli fiqh ilmiga oid forscha kitobni oʻzbek tiliga tarjima qilgan. 1870-yilda Alisher Navoiyning terma devonini ham nastaʼliq xatida koʻchirgan. Muqimiy, Furqat, Muhyi, Zavkiy, Nodim Namangoniy va Muntazirlar bilan yaqin ijodiy munosabatda boʻlgan. Lutfiy, Jomiy, Hofiz Sheroziy va Alisher Navoiy gʻazallariga muhammaslar bogʻlagan, naziralar yozgan.
Nechakim rasmu shioring zulm ila bedod erur
Jumlasi, ey shah, bu qulg‘a lutfu, adlu, dod erur.
Yuz o‘gurmam ishqing ichra yetsa sendin yuz alam
Kim hazin jonim jafou javringga mu’tod erur.
Men bila bulbulni teng tutma jahon bog‘idakim
Manga doyim, anga bir oy nolau faryod erur.
Voizo, panding bila borur yo‘lumdin yonmag‘um
Kim mening ko‘nglumda ham mundek fusunlar yod erur.
Bog‘u bo‘stonda agar sarvu agar shamshod erur,
Sanga qullug‘din qachon, ey nozanin, ozod erur.
Sen kabi laylivashu shirin nasabni ishqida
Zor ko‘nglum bir ajab Majnun hasab, Farhod erur.
Men kabi bir gul asiri bo‘lmasang, ey andalib,
Bu chamanda ne uchun tun-kun ishing faryod erur.
Eyki she’r etting havas, beilm bo‘lmasdur bu ish,
Negakim har fanda sharti a’zam isti’dod erur.
Yordin nechuk uzay ummid — zor etgan bilan.
Vasl ummidiga yillar intizor etgan bilan.
Ey falak, orom olurmusan ul oyni ko‘yida,
Bir necha oshiqni besabru qaror etgan bilan.
Ey ko‘zum yoshi, yugurmoqdin dami ting‘aymuding,
Sirri ishqim el ichinda oshkor etgan bilan.
Xotiri pokingg‘a yetgaymu malolat, ey pari,
Baytul-ahzonim sari gohi guzor etgan bilan.
E'tiboringiz uchun rahmat
Download 0.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling