Muhiddinova rumiya komiljon qizining musiqa tarixi fanidan


Download 406.37 Kb.
bet12/13
Sana14.05.2023
Hajmi406.37 Kb.
#1460226
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
Rumiya kurs ishi tarix

Tayanch tushunchalar:
Opera- (lot. Mehnat mahsuli, asar) musiqali dramatik san’at shakli.
Vokal musiqa-kuylash uchun mo’ljallangan musiqa
Simfoniya- (yun. Symphonia- ohangdoshlik)- simfonik musiqaning yetakchi janri, kompozitorlik yunalishidagi cholgʻu musiqaning oliy shakli.
Improvizatsiya (lot. improvisus — kutilmagan, bexosdan) — sheʼr, musiqa va b.ni oldindan tayyorgarliksiz, ijro davomida ijod etish
Bastakorlik - Yaqin va Oʻrta Sharq mamlakatlarida anʼanaviy, mumtoz musiqa uslubi zaminida yuzaga kelgan badiiy anʼana, ijodiy kasb turi, musiqa ijodchiligi
«Mumtoz musiqa» - yetuk, namunaviy degan ma’noni anglatadi.
«Folklor» o’zbek - xalq og’zaki ijodi
«Musiqiy madaniyat» keng qamrovli bo’lib, musiqa faoliyat bilan bog‘langan munosabat va qadriyatlar tizimini ifoda etadi. Musiqiy madaniyat xalq ma’naviy dunyosining ajralmas qismi bolib, uning ma’naviy ehtiyojini barcha davrlarda qondirgan va har doim hamdard bo`lgan, beminnat xizmat qilgan

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

1.O’zbekiston san’ati. O’quv-uslubiy qollanma. T., 2001.104-115betlar.


2.I.Rajabov. Maqom asoslari. T.,
3.T.Ye.Solomonova «O‘zbek musiqasi tarixi» Toshkent, 1981.
4.A.Fitrat «O‘zbeklar klassik musiqalarini tarixi», Toshkent, 1928
5. I. Karimov “Yuksak ma’naviyat-yengilmas kuch ”
Xorijiy adabiyotlar
1.Michael Pilhofer, Holly Day. Music Theory for Dummies. 2007. 10-12.
Elektron ta’lim resurslari
1.www. pedagog .uz
2.www. Google. uz
3.www. mail uz
4.www. tdpu. uz
5.www. Ziyonet. uz
6.www. edu. uz
7.www.lex.uz

BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI
5111100 - MUSIQA TA‘LIMI MUTAXASSISLIGI BO‘YICHA
12-4 MUZ 20 GURUHI TALABASI
MUHIDDINOVA RUMIYA KOMILJON QIZINING
MANAS LEVIYEV HAYOTI VA IJODI” MAVZUSIDAGI KURS ISHIGA


XULOSA

Kurs ishidagi maqsad va vazifalar aniq. Ishning mavzusi dolzarb. Ilmiy tadqiqot metod faoliyatlariga mo‘ljallab tavsiya etilgan materiallarni o‘rganish, ularni o‘quvchilarga yetkazish, ongiga singdirish uchun o‘qituvchi barcha o‘quv materiallaridan foydalangan.


Mazkur kurs ishida mashhur o`zbek kompozitori Manas Leviyevning o‘lmas boy ijodiy merosi, uning o`zbek kino musiqasi, ushbu janrda yaratgan asarlari hamda ularning o‘quv amaliyotida to‘g‘ri qo‘llanilishi borasida ma’lumotlar keltirilgan. Uning yaratgan o`lmas asarlari o‘zining qat’iyligi, hayotiyligi, mazmundorligi bilan musiqa amaliyotida asosiy o‘rinlardan birini egallaganligi hech kimga sir emas. Ayniqsa, ijro amaliyotini shakllantirishga qaratilgan vokal yo`nalishidagi talabalarining repertuari gultoji hisoblangan o`lmas asarlari, to’plamlari, bundan tashqari shu janrda yaratilgan syuitalari, ariyalari har bir ijrochiga zarur manba va har qanday tinglovchiga ruhiy ozuqa va madad bera olishligi, ushbu kurs ishida yaqqol ko‘rsatib berilgan.
Manas Leviyev va uning ijodi turli janrlarda aks etgan, ammo kino musiqasi, filmlarga yozilgan saundtreklar har doim uning diqqat markazida bo’lgan. U doimo ushbu yo`nalishni mukammallashga intildi, kino musiqasi ustida olib borgan tinimsiz izlanishlari kompozitor ijodiy hayotining eng muhim bosqichlarini belgilab berdi.
Ayrim juz’iy kamchiliklar o‘z vaqtida tuzatilganligini hisobga olib, ishning hajmi tarkibiy tuzilishi, foydalanilgan manbaa’lar nuqtai nazaridan barcha talablarga javob beradi. Ishda mustaqil, original fikrlar bor.
Ish har tomonlama talablarga javob beradi, metodik jihatdan ko‘rsatilgan kamchiliklar tuzatilgan. Foydalanilgan adabiyotlar ham mavzuga mos. Ishni muhokamada yaxshi o‘tganligini hisobga olib, uni nashrga, kurs ishi himoyasiga tavsiya etaman.
Buxoro DU «Musiqa ijrochiligi va madaniyat»
kafedrasi dotsenti(PhD): F.G‘.Nurullayev.


Download 406.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling