Muhiddinova rumiya komiljon qizining musiqa tarixi fanidan


Download 406.37 Kb.
bet3/13
Sana14.05.2023
Hajmi406.37 Kb.
#1460226
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Rumiya kurs ishi tarix

Kurs ishning tuzilishi. Kirish, 3 bob, 6 paragraf, xulosa, takliflar, Glossariy va foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat:
- Ushbu adabiyotlar va maqolalar mavzularni yoritish jarayonida, hamda adabiyotlar ro’yxatida alohida-alohida keltiriladi.

I.BOB. O’zbek xalq musiqa ijodi tarixi
O‘zbek xalqining musiqa madaniyati juda uzoq tarixga ega. Tarixiy taraqqiyot davomida xalq mumtoz musiqasi, an’anaviy kasbiy musiqa, xalq bastakorlik yo‘llari, shuningdek, folk­lor - havaskorlik musiqiy merosi singari shaklan va usluban bir-biriga yaqin ijrochilik ko‘rinishlari bir-birini to‘ldirib keldi. Ushbu musiqiy merosimiz bugungi kunimizda ham ma'naviy madaniyatimizning bir bo‘lagi sifatida namoyon bo‘lmoqda. O‘zbek musiqa madaniyatining rivojlanishi o‘zbek xalqining ko‘p asrli og‘ir tarixiy hayoti bilan bog‘langan bo‘lib, o‘zbek millatini tashkil topishidan darak beradi. Jamiyatning rivojlanishida musiqa san’ati ish jarayonida o‘zbek xalqiga ko‘makdosh bo‘lgan. Qo‘shiq, raqs, turli musiqa asboblarida cholish xalq marosimlarida odat bo‘lib qolgan. Ayniqsa yil fasillarini nishonlash o‘zbek xalqining sevimli marosimlariga aylangan. Masalan bahor bayrami «Navro‘z» so‘zimiz isboti bo‘la oladi.
O‘rta Osiyo xalqlarining rivojlanishini biz zardushtiylarning qadimiy kitobi «Avesto»-dan xabardor bo‘ldik. Bu tarixiy kitobda xalq tomonidan ijro etilgan gimnlar, afsonalar, diniy she’rlar yozilgan bo‘lib ularni fidoiylar musiqa asboblari jo‘rligida «muqaddas» olovlar atrofida ijro etganlar.
Bizning asrimizgacha bo‘lgan VII va bizning asrning IV-larida O‘rta Osiyo chegaralarida quldorlik davlatlari Baqtriya, Sug‘diya va Xorazm tuziladi. Bu davlatlar o‘zlarining kuy va qo‘shiqlariga ega bo‘lgan edilar. Asrlar Osha xalq dostonlarida qahramonlarning vatan uchun, ozodlik uchun, o‘z xalqlarini himoya qilish uchun kurashganlari og‘izdan-og‘izga ko‘chib aytilib kelgan.
Masalan bizning II-nchi asrimizda oddiy skif xalqining qahramonligi, botirligi, o‘z vatanini sevganligi to‘g‘risidagi doston bizgacha yetib kelgan. Yoki, bizning asrimizgacha o‘tgan xalq qahramonlaridan Rustam va Siyovush to‘g‘risidagi dostonlar so‘zimiz isboti bo‘laoladi.
Bizning I asrimizdan boshlab O‘rta Osiyo xalqlarida sug‘udlar va xorazmiyliklar o‘z yozuvlariga erishdilar. Sug‘udlar bilan Baqtriyaliklar avlodlari birlashib Kushanlar avlodi paydo bo‘ladi va bu davrda madaniyat va san’at ancha rivojlanadi. Xalq sozandalari orasida professional ijrochilar ajralib Saroy va Saroy ahlining marosimlarida xizmat qila boshlaydilar.
O‘rta Osiyo xalqlarining musiqiy madaniyatini rivojlantirishda Xorazm davlati alohida o‘rinni egallaydi. Xorazmshoh yashaydigan Tuproq-Qal’adagi Saroy devorlari har-xil suratlar bilan bezatilgan edi. Musiqa asboblari, sozandalarning sozda cholib turganlari, ayniqsa arfa asbobini ayol kishi cholib turganligi hozirgacha saqlanib qolgan. 
Quldorlik davridan boshlab O‘rta Osiyoda musiqa madaniyati, xalq qo‘shiqlari yuksaladi. Musiqa asboblari ham ko‘payadi. O‘sha davr ijrochilari Sharq mamlakatlarida bo‘lgan barcha asboblarda cholib xalq marosimlarida ishtirok etardilar. Shu davrda ko‘zga ko‘ringan musiqa asboblaridan chang (arfa), dapp (doira), nay xalq orasida tarqalgan edi.
VI-nchi asrning 60 yillarida turklar O‘rta Osiyoni bosib olib o‘z madaniyat va san’atlarini bu xalqlar orasida targ‘ibot etadilar. Turkiston deb atalgan bu o‘lka – turklar turadigan joy deb nom olgan. Lekin turklar bilan bir qatorda boshqa millatlar ham bu o‘lkada yashab milliy urf-odatlarini davom ettirganlar. Masalan: o‘zbeklar, turkmenlar, sharq-eron xalqlari.
Hozirgi davrgacha yetib kelgan tasviriy san’at yodgorliklarida Sug‘diya, Xorazm va Panjakent o‘lkalarida musiqa madaniyatini boyligidan darak beradi. Sosoniylar sulolasining saroylarida Borbad ismli mohir san’atkor (forslar avlodidan) haqida juda ko‘p manba’larda tilga olinadi, kim u kishi ham sozanda, ham qo‘shiqchi va birqancha gimnlar muallifi sifatida xalq orasida shuhrat qizongan. Nizomiyning «Hisrav va Shirin» dostonida ham Borbadga atalgan birnecha misra she’r yozilgan.
VII-IX asrlarda arablar sulolasi davrida O‘rta Osiyo xalqlarining madaniyati ancha orqaga surildi. Arablar bu xalqlarga zulm yetkazib yer-mulklarini yakson qilgan va bu o‘lka xalqlari arablarga qarshi birqancha qo‘zg‘olonlar ko‘targan. Shulardan biri 785 yilda «Oq kiyimlilar» qo‘zg‘oloni bo‘lib unga Muqanna boshchilik qilgan. Lekin har xil sharoitlarga qaramasdan xalq musiqa san’ati rivojlanaboradi va mahalliy tojiklar qo‘shiq va musiqalarida ushshoq, navo, rost va navro‘z kabi nomlar paydo bo‘ladi. Arablar bosib olgan O‘rta Osiyo yerlarini Movarounnaxr deb atadiar.
IX-X asrlarda Ismoil Somoniy qo‘zg‘algan xalqlarni birlashtirib yagona mustahkam Movarounnaxr davlatini tuzdi va bu yerlarda feodallar va savdogarlarga alohida e’tibor beriladi. Shu boisdan Movarounnaxrda qariyib yuz yillar davomida bosqinchilik urushlari bo‘lmadi. Shu asrlarda davlatning fan va madaniyati yuksaladi. Masalan: mashhur matematika va astronomiya arbobi Ahmad Farg‘oniy, olim, algebra fanini asoschisi Muhmmad Musa Xorazmiy, O‘rta asrda buyuk sharq faylasufi Abu-Nasr Muhammad Farobiy – bu alloma butun dunyoda «Ikkinchi Arestotel» deb shuxrat qozongan edi. Forobiyning musiqa nazariyasiga bag‘ishlangan asarlari hozirgacha san’atkorlarning dasturilamaliga aylangan.
X-XI asrning ikki buyuk allomalaridan Abu Rayxon Beruniy va Abu-Ali Ibn Sino barcha fanlar rivojiga o‘z hissalarini qo‘shganlari to‘g‘risida alohida so‘z yuritish mumkin.
Somonilar sulolasining katta shaharlaridan biri Buxoro edi va bu shahar o‘sha davrning madaniyat va fan markaziga aylangan edi. Buxoroda qobiliyatli va ko‘zga ko‘ringan sozanda va qo‘shiqchilari bor edi, kim ular o‘z san’atlarini xalq oldida nomoish etar edilar. San’atkorlar bilan bir qatorda shoirlar ham o‘z ijodlari bilan xalq oldida chiqishlar qilar edilar. Shu boisdan Farobiy aytganidek san’at bilan adabiyot chambarchast bog‘lanib qolgan. San’atkor va shoirlarning chiqishlari maxsus tayyorlangan sahnalarda o‘tkazilar edi.
X-nchi asrning oxirida O‘rta Osiyo yana bosqinchilar tomonidan birnecha marotaba talon-taroj etiladi. Ayniqsa mug‘illarning vahshiyliklari fan va madaniyat rivojiga tusqinlik qildi.
Keyinroq ya’ni XIV asrning o‘rtalarida, Amir Temur hukumdorlak qilganda O‘rta Osiyoning barcha xalqlari birlashtirilib yagona Temur hokimiyati tuziladi va ana shu davrdan boshlab madaniyat va san’at rivojlana boradi. Temur o‘tkir lashkarboshi va qattiqqo‘l boshliq edi. O‘sha davrda arxetiktura va qurilish ayniqsa Temuriylar sulolasining markazi Samarqand yuksalib go‘zallashadi. Temur tug‘ilgan shahar Kesh (Shahrisabz) ham ancha obod bo‘ladi. Temur Suriya, Eron va Xurosondan har xil kasbdagi odamlarni olib kelib o‘z davlatini ayniqsa poytaxti Samarqandni obod ettiraveradi. Temur davrida musiqa madaniyatida mashhur sozanda va olim Abdul Qodir Marog‘iy (1405 yilda o‘lgan) yashagan, kim uning musiqa asarlari ulug‘ Jomiyning musiqa to‘g‘risidagi kitobini yozishga sababchi bo‘lgan. Temurning o‘g‘li Shohrux (Hirotda) va nabirasi Ulug‘bek (Samarqandda) hukmuronlik qilgan davrlarida fan, ilm va madaniyat taraqqiy topdi. Abduraxmon Jomiy, Sakkokiy, Lutfiy kabi olimlar musiqa nazariyasi to‘g‘risida birqancha asarlar yaratganlar.
XV asr bizlarni birqancha shoir va san’atkorlarning ijodlari bilan tanishtiradi. O‘zbek klassik adabiyotining aoschisi Alisher Navoiy, Hiloliy, Binoiy mashhur rassom – Behzod, ud va g‘ijjak ijrochisi Qul-Muhammad, mohir naychi Shayxi-nai, g‘ijjakchi Shoh-Qul va boshqalar. O‘sha asrda musiqa sohasida A.Jomiyning «Musiqa haqida risolalari» («Traktakt o muzike») kitobi alohida diqqatga egadir va hozirgacha san’atkorlarning diqqatini o‘ziga jalb etmoqda. Bu asarda intervallarning joylashishi va tuzilishi, tovushning hosil bo‘lishi va uning joylanishi, usullari to‘g‘risida ma’lumotlar va doirada ularning chalinishi, ladlarning hosil bo‘lishi (tetraxodlar va pentaxodlar asosida) haqida co’z yuritilgan. 
XVI asrda davlat Shayboniylar sulolasi hukmdorligiga o‘tadi. Ular o‘zlarini o‘zbek deb ataydilar va ko‘chmanchi bo‘lgan barcha boshqa millatlarga hukmronlik qiladilar. O‘zbek xonliklari saroylarida xonanda va sozandalarning faoliyatlari davom etaveradi. Masalan: Buxoroda ashula aytish maktabi tashkil bo‘ladi. Shu xildagi maktablar Toshkentda, Andijonda, Xivada ham ochiladi.
XVI asrning ko‘zga ko‘ringan musiqa olimlaridan biri Najmiddin Kavkabiy edi. Kavkabiy musiqa nazariyachisi bo‘lib u maqom usullari asosida she’rlarni tanlab ularni ommaga tarqatgan.
XVII asr musiqa olimlaridan Darveshali Changiy o‘z asarlarida faqatgina nazariya bilan shug‘illanmasdan, balki o‘tgan asr san’atkorlari haqida, musiqa asboblari to‘g‘risida ma’lumotlar berganlar. Tanbur, chang, nay, qonun, o‘n ikki torli ud, yetti torli borbad, rubob, qobuz, rud va g‘ijjak asboblarini tuzulishi va ularning chalinishi hiqida so‘z yuritgan. O‘sha davrlarda Saroy musiqiy ijrochilari bilan xalq qo‘shiqlari orasida farq bo‘lar edi. Saroy san’atkorlari boylar, din peshvolarini va dinni targ‘ibot etuvchi kuy va qo‘shiqlarini ijro etardilar. Xalq kuy va qo‘shiqlari esa og‘ir mehnat, oddiy xalq taqdiri va yashash sharoitlari to‘g‘risidagi asarlardan iborat bo‘lgan. Xalq musiqalarida shaharlar musiqa mohiyatiga ko‘ra ajralish bo‘la boshlagan. Buxoroda - katta hajmdagi asarlar-»xalq qo‘shiqlari»; Farg‘onada – «Katta ashula»; Buxoro va Xorazmda – «Shoshmaqom»; Toshkent va Farg‘onada - «maqomlar»ga ajralgan. Professional sozandalar oilaviy marosimlarda (to‘ylarda), shahar va qishloq choyxonalarida o‘z san’atlarini nomoish etganlar.
Shunday qilib XVI-XIX asrlarda o‘zbek milliy musiqa san’ati shakllandi va birnecha janrlarga bo‘linadi. Lekin, o‘zbek musiqa san’ati bir ovozli bo‘lib uzoq vaqt o‘z faoiyatini davom ettiraveradi. Uning rus musiqasi bilan aloqasi yo‘q edi va ko‘p ovozli musiqa asarlari o‘zbek xalqi orasida odat tusiga kirmagan edi.
XIX asrning ikkinchi yarmisidan boshlab O‘rta Osiyo Rossiya bilan qo‘shilganida rus madaniyati bilan O‘rta Osiyo xalqlari tanisha boshladilar. O‘lka xalqlari asta-sekin rus xalq qo‘shiqlari va musiqiy asboblari bilan, rus sozanda va xonandalarining Toshkentda boshlagan konsert gostrollari, opera truppalarining chiqishlari bilan yaqindan tanishdilar.
Asrimiz boshida Rossiyadan birqancha qobiliyatli san’atkorlar kelib o‘zbek musiqalari bilan tanishib ular asosida asarlar yaratdilar. Bular A.Exgorn, F.Leysek, N.Mironov, V.Uspenskiy, Ye.Romonovskayalar edilar.
Rus madaniyati ayniqsa shoirlar Furqat va Muqumiy asarlarida o‘z ta’sirini topgan. H.H.Niyoziy rus musiqa madaniyati asosida o‘z qo‘shiqlarini ijod etgan. Hamza 1916 yilda birinchilardan bo‘lib Farg‘onada o‘zbek puflab chalinadigan orkestrini tashkil qilgan.
Asrlar osha o‘zbek musiqa san’ati asta-sekinlik bilan rivojlanadi va yuksaladi. Bu yuksalishlar hozirgi mustaqillik jarayonida yanaham yuqori pog‘onalarni egallab, butun jahon musiqa madaniyatiga ma’lum hissa qo‘shib kelmoqda.



    1. Download 406.37 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling