Muhiddinova rumiya komiljon qizining musiqa tarixi fanidan


Download 406.37 Kb.
bet6/13
Sana14.05.2023
Hajmi406.37 Kb.
#1460226
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Rumiya kurs ishi tarix

Opera san’ati. Opera janrida yaratilgan dastlabki asarlar musiqali spektakllarning operaga o‘zgartirilgan varianti (“Gulsara”, “Tohir va Zuhra”, “Layli va Majnun”) hisoblangan bo‘lsa, ushbu davrga kelib opera teatri repertuari dramaturgiya, mavzuiylik nuqtayi nazaridan o‘ziga xos asarlami xalqqa taqdim eta boshladi.
Bular: tarixiy - biografik janrdagi Sobir Boboyevning “Hamza”, Muxtor Ashrafiyning “Shoir qalbi”, Rashid Hamroyevning “Zulmatdan Ziyo”, Tolibjon Sodiqov, Boris Zeydman, Yunus Rajabiy va Doni Zokirovlar hamkorligida yaratilgan zamonaviy - maishiy mavzudagi “Zaynab va Omon”, Aleksandr Berlinning
“To‘y kunida”, Muxtor Ashraflyning afsonaviy – ertaknamo mavzudagi “Dilorom”, Sulaymon Yudakovning “Maysaraning ishi” nomli ilk hajviy operalaridir.
Asardagi inazmun-g‘oya va musiqaning o‘zaro uzviy bogsliqlik jihatlarini yoritib beruvchi operalar 70-80-yillarga kelib “topildi” desak mubolag'a boimaydi. Bunga R.Hamroyevning “NomaTum kishi”, U.Musayevning “Mangulik”, N.Zokirovning
“To‘qnashuv”, I. Akbarovning “So‘g‘d elining qoploni” va R.Abdullayevning “Sadoqat” operalarini misol qilish mumkin. Janr ko‘lamini kengaytirish maqsadida kompozitorlar bolalar uchun opera yaratishni maqsad qilgan edilar. Teatrlar repertuaridan endi S.Boboyevning “Yoriltosh”, Varelasning “Alouddinning sehirli
chirog‘i”, Yanov-Yanovskiyning “Петрушка иностранец” kabi
oprealari ham joy ola boshlagan edi.
Balet san’ati. Ushbu janrga taalluqli, muvaffaqiyatga erishgan asarlar quyidagi kompozitorlar ijodiga mansub edi: Georgiy Mushelning “Raqqosa”, “Baxt guli”, “Kashmir afsonasi”, Boris Zeydmanning “Kulayotgan odam”, “Ajdar va quyosh”, Ikrom Akbarovning “Orzu”, Doni Zokirov va Boris Gienkolar hamkorligida yozilgan “Oynisa” baletlari. 60-yillarga kelib 0 ‘zbekiston kompozitorlarining balet janrida
yaratgan asarlari (U.Musayevning “Индийская поэма” va
“To‘maris”, M.Ashrafiyning “Matonat”) jahonning boshqa mamlakatlarida muvaffaqiyat bilan namoyish etildi. 60-yillarning oxirida opera va balet teatri sahnasida M.Leviyevning ikkinchi tahriri ostida “Suhayl va Mehri”,
I.Akbarovning “Layli va Majnun”, M.Ashrafiyning “Sevgi tumori”, 70-yillarda A.KozIovskiyning “Tanovar”, M.Ashrafiyning “Sevgi va qilich”, 80-yillarda I.Akbarovning “Navro‘z” kabi baletlarining premyeralari boiib o‘tdi.
Musiqali drama. Xalq an’analarini, qadriyat va udumlarini saqlagan holda xalq orasida maium va mashhur bo‘lgan janr - musiqali drama janri izchil rivoj topdi. Mazkur janrda yaratilgan dastlabki asarlarning aksariyati ikki muallifli, ya’ni kompozitor va bastakor hamkorligi asosida yaratilgan boisa, endi ushbu holat
yakka mualliflik bilan chegaralanadigan boigan edi. Boisi, o‘zbek
bastakorlari ham endilikda ko‘p ovozli musiqa asosida yirik janrlarda tajriba to‘plab boigan, mustaqil ijod namunalarini namoyish etish imkoniyatiga ega edilar.
Simfonik musiqa. Simfonik musiqa sohasida benihoya ulkan
yutuqlar sari yuz tutilgan edi. Eng ahamiyatga molik jihati shunda
ediki, o'zbek musiqa san’atida “milliy simfonizm” tushunchasi shakllanib, kompozitorlar simfonik fikrlash borasida yangi uslublarni qoiga kiritgan edi. Syuita, poema, uvertyura, konsert, simfoniya va simfonietta kabi janrlarning qamrovi ham kengaya bordi. Bu janrlarda ustunlik qilgan holat - asarlarning dasturliligi boyidi.


Download 406.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling