Muhim xavfsizlik qoidalari
ATROF MUHITNI HIMOYA QILISH CHORALARI
Download 45.41 Kb. Pdf ko'rish
|
400010761951UZ (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2. Buzish uchun yuborish /Utillashtirish
- Muvofiqlik deklaratsiyasi
ATROF MUHITNI HIMOYA QILISH CHORALARI
1. O’rab-qadoqlash Qadoqlash materiallari 100 foiz ikkilamchi qayta ishlanadi, bu to‘g‘risida maxsus belgi dalolat beradi . Utillashtirish mahalliy qonunchilikka muvofiq o’tkazilishi kerak. O’ram materiallarini (polietilen paketlar, polistirol detallar va hokazo) bolalar yetib bora olmaydigan joyda saqlang, chunki ular ehtimoliy xavf manbai hisoblanadi. 2. Buzish uchun yuborish /Utillashtirish Buyum qayta ishlanadigan materiallardan foydalanib ishlab chiqarilgan. Mazkur uskuna 2012/19/EC -sonli Elektr va elektron uskunalarni utilizatsiya qilish bo‘yicha Yevropa Direktivasi talablariga muvofiq markirovkalangan. Ushbu buyumni to’g’ri utillashtirib, Siz atrof muhitga va insonlarning salomatligiga ehtimoliy salbiy ta’sir etishning oldini olasiz. Buyum ustida yoki unga ilova qilingan hujjatlarda belgisi ushbu buyum maishiy chiqindi emasligini hamda u elektr va elektron uskunalarni yig’ish va uni qayta ishlash markaziga utillashtirish uchun yuborilishi kerakligini bildiradi. Buyumni buzish uchun yuborishda, undan elektr ta’minot simini kesib oling, bolalar ichiga kirib olmasligi va ichida yopilgan bo’lib qolib ketmasligi uchun eshiklarini va tokchalarini yechib oling. Buyumni buzish uchun topshirish ixtisoslashtirilgan markazlarda va mahaliy utillashtirish qoidalariga muvofiq bajarilishi kerak; buyum bolalar uchun ehtimoliy xavf manbai bo’lgani uchun, uni hatto bir necha kunga ham qarovsiz qoldirmang. Ushbu buyumga xizmat ko’rsatish, uni ta’mirlash va utillashtirish to’g’risida qo’shimcha ma’lumot olish uchun, mahalliy ofisga, maishiy chiqindilarni yig’ish xizmatiga yoki Siz buyumni sotib olgan do’konga murojaat qiling. Muvofiqlik deklaratsiyasi • Ushbu buyum oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash uchun mo’ljallangan va (CE) № 1935/2004 sonli Reglamentga muvofiq tayyorlangan. • Ushbu buyum quyidagilarga muvofiq ishlab chiqilgan, tayyorlangan va sotilgan: - 2006/95/CE "Past kuchlanish" Direktivasi (73/23/ CEE va uning keyin kiritilgan tuzatishlarining o’rnini bosuvchi) xavfsizlik maqsadlari; - "EMС" 2004/108/EC Direktivasinig xavfsizlik talablari. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling