Muhim xavfsizlik qoidalari
Download 45.41 Kb. Pdf ko'rish
|
400010761951UZ (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- OGOHLANTIRISH
- Informatsiya
4 MUHIM XAVFSIZLIK QOIDALARI • OGOHLANTIRISH: Buyumning barqaror bo’lmagan holati tufayli xavfli vaziyatlar yuzaga kelishiga yo’l qo’ymaslik uchun uni joyashtirish yoki mustahkamlash ishlab chiqaruvchining yo’riqnomasiga muvofiq bajarilishi kerak. • OGOHLANTIRISH: buyumning shamollatish tuynuklari hech nima bilan yopilib qolmasligini nazorat qiling. • OGOHLANTIRISH: sovitish konturi trubkalariga zarar yetkazmaslikka harakat qiling. • OGOHLANTIRISH: muzdan tushirish jarayonini tezlashtirish uchun ishlab chiqaruvchi tavsiya etganlardan tashqari, biron mexanik, elektr yoki kimyoviy vositalardan foydalanmang. • OGOHLANTIRISH: agar elektr uskunalari ishlab chiqaruvchi tomonidan maxsus ma'qullangan uskunalar sirasiga kirmasa, ulardan uskuna ichida foydalanmang va saqlamang. • OGOHLANTIRISH: suv ta’minot tizimiga bevosita ulanmagan muz tayyorlash moslamalari /suv dispenserlari faqat ichimlik suvi bilan to’ldirilishi kerak. Informatsiya: Mazkur uskuna tarkibida xlorftoruglerodlar yo‘q. Sovituvchi konturda R600a (HC) sovitish agenti bor. • Izobutanli (R600) uskunalar: izobutan - bu tabiiy gaz bo‘lib, ekologiyaga salbiy ta'sir ko‘rsatmaydi, ammo yoqilg‘i hisoblanadi. Shuning uchun sovitish konturi trubkalariga zarar yetmasligiga qarab turing. Agar zarar yetgan trubkalardan gaz chiqayotgan bo‘lsa, ayniqsa ehtiyot bo‘ling. • S-pentan izolyatsiya ko‘pigida ko‘piklantiruvchi modda sifatida ishlatiladi va yonuvchan gaz hisoblanadi. . Buyumni utillashtirish jarayoniga alohida e’tibor bering. • Mazkur uskuna maishiy va shunga o‘xshash sharoitda, masalan – magazin yoki idoralarda xodimlar uchun mo‘ljallangan oshxonalarda; – fermerlik xo‘jaliklarida, mehmonxona, motel mijozlari uchun yoki uy-joy tipidagi xonalarda; – ertalabki nonushta beriladigan kichik mehmonxonalarda; - catering and similar non-retail applications; • Ushbu buyumda yonuvchan moddalar bo’lgan aerozolli ballonlar kabi portlashdan xavfli moddalarni saqlamang. • Mazkur uskunadan 8 va undan katta yoshli bolalar, shuningdek jismoniy, sezish va aqliy qobiliyati cheklangan yoxud bilim va ko‘nikmasi yetishmaydigan shaxslar ham foydalanishi mumkin, qachonki ular tajribali shaxs qarovi ostida bo‘lsalar yoki uskunadan xavfsiz foydalanish borasida yo‘riqnoma olgan bo‘lsalar va mumkin bo‘lgan xavfni anglab yetsalar. • Bolalar kattalarning qarovisiz uskunani tozalashlari va unga qarashlari mumkin emas. • Bolalar buyum ichida yopilib qolishi va nafasi qaytib o’lishi mumkin bo’lgan vaziyatga yo’l qo’ymaslik uchun, ularga buyum ichida o’ynashga yoki bekinishga ruxsat bermang. • Rozetkaga, yoki rozetkaga kirishda davlat xavfsizlik standartlariga muvofiq 55 o’rnatilishi mumkin bo’lgan ko’p qutbli ulagichga oson yetib borish imkoniyatini ta’minlab, buyumni tarmoqdan o’chirish zaruriyatini ko’zda tutish lozim. • Buyumni yerga tutashtirish uyasiga ulash: buyum tasdiqlangan yerga tutashtirish tizimiga tegishlicha tarzda ulangan bo’lishi kerak. • Bir/ko’p liniyali adapterlardan yoki uzaytirgichlardan foydalanmang. • O‘rnatish chog‘ida uskuna elektr ta'minoti simiga zarar yetkazmasligiga e'tibor bering. • Buyumning elektr ta’minot simidan tortmang. • Uskunani o‘rnatish uchun ikki yoki undan ortiq kishi kerak. • Baxtsiz hodisalarga yo’l qo’ymaslik uchun, buyumni o’rnatish va unga xizmat ko’rsatish, shu jumladan elektr ta’minot kabelini almashtirish malakali mutaxassis tomonidan ishlab chiqaruvchining yo’riqnomasiga va mintaqada amal qilgan xavfsizlik qoidalariga muvofiq bajarilishi kerak. Foydalanish bo‘yicha yo‘riqnomada ma'sus ko‘rsatma berilmagan bo‘lsa, uskunaning biron qismini ta'mirlash yoki almashtirish taqiqlanadi. Download 45.41 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling