Muhim xavfsizlik qoidalari
Ishlab chiqaruvchi yuqoridagi maslahatlarga va
Download 45.41 Kb. Pdf ko'rish
|
400010761951UZ (1)
Ishlab chiqaruvchi yuqoridagi maslahatlarga va
ehtiyot choralariga rioya qilmaslik natijasida yuzaga kelgan insonlarning yoki hayvonlarning shikastlanishi uchun, shuningdek mulkiy zarar uchun javobgar bo’lmaydi. Buyumdan eng yaxshi foydalanish maqsadida, ichida buyumning ta’rifi va foydali maslahatlar bo’lgan foydalanish yo’riqnomasini diqqat bilan o’qib chiqing. Ushbu yo’riqnomani keyinchalik foydalanish uchun saqlab qo’ying. 1. Buyumni o’ramidan ochishdan keyin uning shikastlanmaganligiga va eshiklari tegishlicha tarzda yopilishiga ishonch hosil qiling. Har qanday shikastlanish to’g’risida buyum yetkazib berilganidan keyin 24 soat ichida sotuvchiga bildirish lozim. 2. Uskunani yoqishdan oldin sovitish agenti konturi to‘liq ishga yaroqli ekaniga ishonch hosil qilish uchun kamida ikki soat kuting. 3. Foydalanishdan avval buyumning ichini yuvib chiqing. BUYUMDAN FOYDALANISHDAN AVVAL 7 • Buyumni quruq, yaxshi shamollatiladigan xonada va to’g’ridan-to’g’ri quyosh nurlaridan panada bo’lgan joyda, yuqori harorat manbalaridan uzoqda (isitgichlar, plitalar va hokazo) o’rnating. Zarurat bo‘lsa, izolyatsiya qiluvchi paneldan foydalaning. • Tegishli ventilyatsiyani ta'minlash uchun uskunani o‘rnatish bo‘yicha yo‘riqnomaga rioya qiling. • Orqa tomondan ventilyatsiya yetarlicha bo‘lmasligi elektr energiyasi iste'molini ko‘paytiradi va sovitish unumini pasaytiradi. • Kamera ichidagi harorat xonadagi haroratga, eshik necha marta ochib-yoplishiga, shuningdek uskuna qayerga o‘rnatilganiga bog‘liq. Harorat belgilanayotganda ushbu omillar inobatga olinishi lozim. • Issiq oziq-ovqat mahsulotlari va ichimliklarni uskunaga solishdan oldin sovitish kerak. • Ventilyatorni (agar bor bo‘lsa) oziq-ovqat mahsulotlari bilan yopib qo‘ymang. • Oziq-ovqat mahsulotlarini qo‘yayotganda sovutkichning eshigi,ayniqsa muzlatish kamerasining eshigi to‘g‘ri yopilyaptimi, yo‘qmi, tekshirib ko‘ring. • Eshikni ochish sonini imkon qadar kamaytiring. • Muzlatilgan oziq-ovqat mahsulotlarini muzdan tushirish uchun ularni sovitish kamerasiga qo‘ying. Muzlatilgan mahsulotlarning past harorati sovutkichdagi mahsulotlar harorati pasayishiga yordam beradi. • Uskuna maxsus bo‘linmalarga (yangi oziq-ovqat mahsulotlari uchun kamera, bo‘linma, nol-kamera va h.k.) ega bo‘lishi mumkin. Qator hollarda, agar bu muyyan uskunaning bukletida maxsus aytib o‘tilmagan bo‘lsa, ekvivalent unumdorlik xususiyatlariga erishish uchun ularni olib qo‘yish mumkin. • Sovitkich tokchalarining joylashishi elektr ta'minotidan foydalanish samaradorligiga ta'sir qilmaydi. Mahsulotlarni shunday joylashtirish kerakki havo bemalol aylansin (masalliqlar biriga zich turmasligi, masalliqlar bilan orqa devor orasida masofa saqlanishi kerak). • Muzlatilgan masallqlarni saqlash uchun joyni kengaytirish uchun savatchani chiqarib qo‘yish mumkin, agar bor bo‘lsa Stop Frost tizimi o‘chirilishi kerak; bunda elektr energiyasi ta'minotida o‘zgarish bo‘lmaydi. • Zarar yetgan zich yopish moslamasi imkon qadar tez almashtirilishi kerak. • •Elektr energiyasi iste'moli toifasi yuqori bo‘lgan uskunalar yuqori samarali dvigatel bilan ta'minlangan bo‘lib, ular elektr energiyasini kam iste'mol qilgan holda uzoq vaqt ishlaydi. Download 45.41 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling