Muhimlik va auditorlik tavakkalchiligi


Download 18.65 Kb.
bet7/8
Sana09.01.2022
Hajmi18.65 Kb.
#265734
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Auditorlik tekshiruvida muhimlilik va risk

Aniqlamaslik riski

26. Aniqlamaslik riski auditor tomonidan subyektiv ravishda aniqlanadigan ehtimollik bo‘lib, auditor tekshiruv davomida qo‘llaydigan auditorlik tartib-taomillari buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobotda haqiqatda mavjud bo‘lgan, alohida olinganda yoki umumiy holatda muhim xarakterga ega bo‘lgan xatolar va buzilishlarni aniqlash imkonini bermasligini ifodalaydi.

27. Aniqlamaslik riski auditor ishi sifatining ko‘rsatkichi bo‘lib, auditor malakasiga va o‘tkazilayotgan auditorlik tekshiruvining xususiyatlariga bog‘liqdir.

28. Auditor, ajralmas va nazorat risklarini baholash asosida o‘z ishida yo‘l qo‘yiladigan aniqlamaslik riskini aniqlashi va aniqlamaslik riskini iloji boricha kamaytirishni hisobga olgan holda tegishli auditorlik tartib-taomillarini rejalashtirishi shart.

29. Aniqlamaslik riski bilan ajralmas va nazorat risklarining kombinatsiyalashgan darajasi o‘rtasida teskari aloqa mavjud:

29.1. Agar ajralmas va nazorat risklari yuqori bo‘lsa, u holda auditorlik riskini maqbul darajaga qadar kamaytirish uchun aniqlamaslik riski yetarlicha past bo‘lishi kerak.

29.2. Agar ajralmas va nazorat risklari past bo‘lsa, u holda auditor aniqlamaslik riskini ancha yuqori belgilashi va shu tarzda auditorlik riskini maqbul darajagacha kamaytirishi mumkin.

30. Aniqlamaslik riskini pasaytirish uchun auditor quyidagilarni bajarishi shart:

30.1. Qo‘llanilayotgan auditorlik tartib-taomillarini modifikatsiyalab ularning sonini ko‘paytirishni va (yoki) ularning mohiyatini o‘zgartirishni nazarda tutishi.

30.2. Tekshiruvga sarflanadigan vaqtni ko‘paytirishi.

30.3. Auditorlik tanlovlari hajmlarini oshirishi.


Download 18.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling