Muhit. Ekologik omillar. Muhitga organizimlarining moslashishi. Reja


Download 0.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/8
Sana28.12.2022
Hajmi0.66 Mb.
#1021874
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Muhit. Ekologik omillar. Muhitga organizimlarining moslashishi.

abiotik 
2. 
biotik 
3. 
antropogen omillar. 
1. Abiotik omillar – organizmlarga ta'sir qiladigan anorganik muhitning kompleks 
omillaridir. Bu kimyoviy (atmosfera, suv, tuproq va loyqa), fizik yoki iqlim (harorat, bosim, 
yorug'lik, namlik, yog'in, shamol) omillariga bo'lishi mumkin. Yer yuzasining tuzilishi 
(relefi), geologik va iqlim omillari (geomagnit maydoni), kosmik nurlar, radiaktivlik), 
abiotik omillarning xilma-xilligi, turli tabiiy ofatlar (bo'ron, suv bosishi, erning silkinishi, 
qo'rg'oqchilik) va ularning tirik organizmlarning tarixiy rivojlanishi va muhitga 
moslashishida 
katta 
ahamiyatga 
ega. 
2. Biotik omillar – muhitda uchraydigan tirik organizmlarning hayot faoliyatida bir-
birlariga qiladigan ta'siri va ular o'rtasidagi munosabatlardan iborat bo'lib, ular tirik 
organizmga, uni o'rab turgan boshqa boshqa tirik jonzotlarga har xil ta'sir qiladi. 
3. Antropogen omillar – inson hayot faoliyatining organik dunyoga ta'siri. Jamiyatning 
rivojlanishi bilan insonning tabiatga ta'sir qilishining yangi-yangi xillari kelib chiqib, atrof 
muhitda 
salbiy 
ekologik 
o'zgarishlar 
seziladi. 
3. Ekologiyada asosiy tushunchalardan biri ekologik sistema tushunchasidir. Tirik 
organizmlar jamoasi va ularning yashash muhitini o'z ichiga oladigan funksional 
sistema ekologik sistema deyiladi. O'rmon, cho'l, o'tloq, suv havzasi va boshqalar 
ekosistemaga misol bo'la oladi. Ma'lumki, har xil turdagi organizmlar bir-birlariga va 
tevarak atrofdagi jonsiz tabiatga har tomonlama moslashganlar. Bunday uzviy bog'lanishlar 
biogeosenozlarni tashkil etadi. Biogeosenoz umumiy, tabiiy kompleks biogeosenozning 
birqismidir. Ekosistema tushunchasi fanga 1935 yili ingliz ekologik A. Tensli tomonidan 
kiritilgan. Biogeosenoz (bios-hayot, geo – Yer, senoz – umumiy, jamoa) tushunchasini esa 
rus botanik olimi, akademik V.N. Sukachev taklif etgan. Shunday qilib, biogeosenoz (yoki 
ekosistema) deyilganda o'zaro ichki qarama-qarshiliklar birligi asosida doimo harakatda va 
rivojlanishda bo'lgan, o'ziga xos modda va energiya almashinuvi hamda tabiatning boshqa 
hodisalari bilan Yer yuzining muayyan qqismida bir xil tabiiy hodisalarning bir-birlari bilan 


o'ziga 
xos 
tarzda 
ta'sir 
etuvchi 
birikmalar 
yig'indisi 
tushuniladi. 
Biogeotsenozning asosiy komponentlari atmosfera, tog' jinslari, o'simlik va hayvonot 
dunyosi (o'simlik, hayvonlar, zamburug'lar, mikroorganizmlar) biotsenoz deb atalib, muhit 
esa ekotop deyiladi. Ekotop o'z navbatida klimatop (atmosfera), gidrotop (gidrosfera) va 
edafatop 
(tuproq) 
degan 
tarkibiy 
qismlardan 
iborat. 
Biogeotsenoz va ekositema atamalarining tushunchasi bir-biriga yaqin, lekin bir-birini 
qaytarmaydi. Ular to'la o'xshash emas, ikkala holatda ham tirik organizmlar va ular 
guruhlarining 
yig'indisi, 
bir-birlari 
va 
muhit 
bilan 
munosabatni 
ifodalaydi. 
V.N. Sukachevning fikricha, biogeotsenoz, bu tirik organizmlarning yashash muhitiga 
oddiy to'planishi va muhit bilan doim muloqotdagi o'ziga xos yashash formasidir. 
Biogeosenozlar 
Yer 
yuzining 
har 
xil 
joyida 
hosil 
bo'lishi 
mumkin. 
Ekosistemalar komponentlari va ulardagi mavjud jarayonlar, biologik tirik, energiya kelishi 
va moddalar almashinishdan iborat. Bu Yerda quyoshdan kelayotgan energiya bir tomonga 
yo'nalib, biologik tirik tomonidan o'zgarib, sifat jihatdan murakkab organik moddaga o'tadi 
va 
energiyaning 
konsentrlashgan 
formasiga 
aylanadi. 
Hamma ekosistemalar va biosfera ham ochiq sistema hisoblanadi. Biosferaga kiradigan 
ekosistemalar energiya kelishi, unga organizmlar immigrasiyasi va emigrasiyasi qilishida 
energiya 
kirishi 
va 
chiqishida 
o'zini 
boshqarib 
turadi. 
4. Ekosistemalarda materiyaning bir formasidan ikkinchi formaga o'tishi, kimyoviy 
moddalarning biosferada aylanishi, ya'ni tashqi muhitdan organizmga va undan tashqariga 
o'tishi elementlarni doimiy sirkulyasiya qilishi natijasida yuzaga keladi. Bu holatlar katta 
yoki kichik berk aylanma holati bo'lib, u biogeoximik sikl deb ataladi. Hayotga kerakli 
elementlar, moddalar va noorganik birikmalar harakati ozuqa elementlarining aylanishi 
deyiladi. Har bir moddaning aylanishiga ikki holat ajratiladi: 1) Rezerv fondi – nobiologik 
komponentlaridan hosil bo'lgan, sekin harakat qiluvchi moddalarning ko'p massasi; 2) 
Harakatchan yoki almashinadigan fondi – bu kichik, lekin aktiv modda, uning uchun 
organizmlar o'rtasida va ularni o'rab turgan muhitda tez almashish xarakterlidir. 
Tabiatda uchraydigan 90 dan ortiq elementlarning 30-40 tasi tirik organizmlar uchun kerak 
va shu moddalar organizmlar protoplazmasida bioximik sintez jarayoni zarurdir. Ular 
ichida eng kerakli – uglerod, azot, vodorood, kislorod, fosfor kabilar bo'lib, boshqalari 
uncha ko'p bo'lmagan holda talab qilinadigan kalsiy, temir, kaliy, magniy elementlaridir. 
Bu elementlar vaqti-bilan tirik materiyadan noorganik materiyaga o'tib, ma'lum darajada 
murakkab 
bioximik 
sikllarda 
qatnashadi. 
Biogeoximik sikllarning gazsimon moddalar va cho'kma sikllar aylanishiga bo'linishi va 
shu sikllarning bir turida uglerod, azot yoki kislorod qatnashadi. Ular uchun atmosfera yoki 
okean kabi katta fondlar bo'lib, shu fondlarga gazlar miqdori buzilsa, tezda to'ldirib turadi. 
Masalan, bir joyda CO
2
ning ortiqcha to'planishi, havo to'lqinlari bilan tezda tarqatib 
yuboriladi yoki o'simliklar tomonidan o'zlashtiriladi va dengizlarga yutilib karbonatlarga 


aylanishidan 
domi 
bir 
darajada 
(0,03%) 
bo'ladi. 
Cho'kma sikllarda fosfor, temir, magniy kabi elementlar qatnashib, ular o'z-o'zlarining 
miqdorini boshqara olmaydi, chunki ular kam aktiv va kam harakatli Yer qobig'ida 
joylashgan. 

Download 0.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling