I. ELEKTRON TIJORAT BOZOR MUNOSABATLARI TIZIMIDA
Asosiy tushunchalar, tashkiliy jihatlar, Internet muhitida biznesni oqilona tashkil etish tamoyillari.
Internet-iqtisodiyotda biznes yuritishning o’ziga xos xususiyatlari
Internet iqtisodiyotning rivojlanishiga ta’sir qiluvchi omillar
Elektron tijorat bozorida raqobat muhitining o’ziga xos xususiyatlari
Asosiy tushunchalar, tashkiliy jihatlar, Internet muhitida biznesni oqilona tashkil etish tamoyillari
O’zbekiston respublikasi yangi iqtisodiy mexanizmlarga o'tishi sharoitida mamlakat iqtisodiyotini yagona axborot muhitiga kirib ketish muammolari dolzarb bo’lob qoldi. Zamonaviy texnologiyalarning turli xil davlat muassasalari va sanoat tashkilotlarning faoliyatiga kirib borishi bilan Internetdan faol foydalanishga asoslangan bir qator tijorat munosabatlar kengaymoqda. Bugungi kunda kundalik hayotda elektron tijorat ham uning bir qismiga aylanmoqda, va yaqin kelajakda bunday tashkil etish shakli ishbilarmonlik munosabatlari odatiy holga aylanadi.. Ko'pgina hollarda elektron biznes tushunchasini Internetdagi ishbilarmonlik faoliyat bilan bog’laydi.
Elektron tijorat o'ziga xos xususiyatga ega bo’lgan bozorni tashkil etishning shakli. Biznesni yangi texnologik asosda tashkil etish orqali axborotni jamoat ishlab chiqarish omili sifatida ishlatish jarayonlari ta'minlandi. Ushbu biznesni tashkillashtirish raqobatning yangi shakllarini keltirib chiqaradi va bu o'ziga xos raqobat muhiti yaratib, unda axborot resursi raqobatlashadi.
Elektron tijorat bozori ishtiroqchilar o'rtasidagi axborot ta'sir o'tkazish modeli asosida quydagilar muhim:
resursning firma faoliyatining yo'nalishiga muvofiqligi;
taklif etilayotganlar tovarlar va xizmatlar haqida kerakli va etarli
ma'lumotlarning mavjudligi;
"mijoz" bilan aloqa qilish qulayligi, shu jumladan qayta aloqa o’rtanish
imkoniyati;
maqsadli auditoriyani, iste'molchi ehtiyojlarini o’rganish imkoniyatlari.
Do'stlaringiz bilan baham: |