Мультимедиа воситалари


Download 0.55 Mb.
bet15/15
Sana21.01.2023
Hajmi0.55 Mb.
#1107147
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
talimda multimedia vositalari

ASOSIY QOIDALAR
Kompyuterlar bilan ishlash jarayonida inson o‘z sog‘lig‘ini saqlab qolish va har doim tetik yurishi uchun to‘qqizta asosiy qoidalar ishlab chiqilgan:
1. Fokus masofani yarating (nigohni uzoq masofalarga ko‘chirish imkoniyati).
2. Kompyuter ekraniga shu’la yoki nurlarning tushmasligini ta’minlang.
3. Xonani to‘g‘ri yoritishga harakat qiling.
4. Kompyuterga nisbatan joy (o‘rindiq)ni to‘g‘ri tanlang.
5. To‘g‘ri tana egilish burchagi va holatini tanlang.
6. Nafas olish va uning davomiyligiga e’tibor bering.
7. Har uch-besh soniyada ko‘zingizni yopib oching.
8. Faqat ekranga qaramang.
9. Tez-tez uzoq-uzoqlarga qarab turing.
Ish o‘rnini qanday yaratish kerak Ideal (kamchiliksiz) ish joyi quyidagi yetti asosiy talablarga javob berishi kerak:
– kompyuter klaviaturasi platformasi siljitish imkoniyatiga ega bo‘lishi;
– klaviatura qulay o‘rnatilgan bo‘lib, uni foydalanuvchi o‘zi uchun qulay joyga qo‘yib foydalanishning mavjudligi;
– balandligini va orqa suyanish tomonini o‘zgartirish imkonini beruvchi maxsus stul;
– ekran yorqinligi va tiniqligini boshqarish;
– ekranni kerakli burchakka buruvchi sharnirli tayanchga egaligi;
– orqaga, oldinga yoki kompyuter orqali qaramaslik uchun nusxalarning vertikal ravishda qo‘yilishi;
Agar bu talablar bajarilgan bo‘lsa, kompyuter bilan ishlashda yuqori qulayliklarga egasiz deyish mumkin. Bu esa kun davomida ish qobiliyatini saqlab qolish imkonini beradi. Keltirilgan qoidalarni batafsil ko‘rib chiqamiz.
ASOSIY QOIDALAR TAVSIFI
1-q o i d a
Yuqori darajadagi fokus masofani yarating Kompyuter shunday o‘rnatilgan bo‘lishi kerakki, ko‘zni ekrandan olgan holda, sizga xonadagi eng uzoqda turgan narsani ko‘rish imkoni bo‘lsin. O‘z nigohingizni uzoq masofalarga qaratish imkoniyati kompyuter bilan ishlash vaqtida ko‘zni dam oldirishning eng foydali jihatlaridan biridir. Agarda ko‘z dam olsa, har xil stress holatlarga tushish imkonini yo‘qotadi. Хonani burchagida, devorga yoki oynaga qaragan holda o‘tirish mumkin emas. Oynadan tushayotgan yorug‘lik ham sizni stressga tushirib qo‘yish sabablaridan biridir. Siz xonada shunday joylashingki, o‘tirgan joyingizdan eng uzoq masofadagi narsalarni ko‘rish mumkin bo‘lsin. Agar sizning kjmpyuteringiz xonaning burchagida joylashgan bo‘lsa yoki xonangiz kichik bo‘lsa, u holda monitorning yuqori qismida toshoyna o‘rnating. Uning yordamida siz xonadagi sizning orqa tarafingizdagi barcha narsalarni ko‘rishingiz mumkin.
2-q o i d a
Nurni yo‘qotishni ta’minlang Noxush (zararli) nurlar ekranga yorug‘lik tushishi va ko‘zni qamashtirishi bilan noqulaylik yaratadi. Nurlar chiroqdan, parda qo‘yilmagan derazadan, tiniq narsalardan, masalan sizning oq ko‘ylagingizdan va boshqa narsalardan chiqishi mumkin. Kerakli ma’lumotlarni olayotganingizda nurlar sizni beixtiyoriy ravishda burilishingizga yoki boshni ko‘tarishingizga majbur qiladi. Bunda ko‘z qo‘shimcha ravishda og‘irlikni oladi. Ekranga qaragan holda tez burilish ma’lum bir joylarga og‘irlik tushirishi mumkin. Ekranda nurlanish borligini aniqlash uchun oldin kompyuterni yoqib, xonadagi barcha chiroqlarni va ekranga qarashingiz kerak. Agarda undan qandaydir tasvir yoki qaytaruvchi effektlarni ko‘rsangiz, tezda biror chorasini ko‘rishingiz lozim. Quyidagilarni qilishga harakat qiling: Ekran o‘rnini almashtiring, ekranda aks etayotgan narsalarni o‘chirishingiz joyini o‘zgartiring, derazaga parda o‘rnating, chiroqni o‘chiring yoki ularni pastroq tushiring. Lyuministsensiyali lampalarni to‘siqlar bilan berkiting, ekran tekisligini lyuministsensiyali lampalarga perpendikular qilib o‘rnating. Ko‘pgina korxonalar kompyuterda ishlashni hisobga olmagan holda loyihalashtirilgan. Bu kutilayotgan natijani bermaydi.
Ekranning yorqinligi ham noxush nurlarning manbasi bo‘lishi mumkin. Agar ekran yorqinligi maksimal darajada turgan bo‘lsa, siz to‘q belgilarni yorqin fonda ko‘rasiz. Nurlanishni qaytaradigan monitorlar. Agarda sizning ofisingizda xona yorug‘ligi muammosi har tomonlama o‘ylangan bo‘lsa, sizga nurni qaytaradigan ekranlar kerak emas. Agarda unday bo‘lmasa, ortiqcha nurlarni filtrlab beruvchi ekranning qo‘yilishi, sog‘liq uchun foydali bo‘lib, ishning unumdorligini ham oshiradi. Yaxshi ekran tasvirlarning aniqligini oshiradi. Sifati yaxshi bo‘lmagan ekranlar berilgan imkoniyatlarni tushirib yuboradi va tasvirning aniqligini yomonlashtiradi, shuningdek ko‘zning charchashiga sabab bo‘ladi. Qora ko‘zoynaklar. Agar sizning ish joyingizda chiroqlarning yoritilishi yaxshi yo‘lga qo‘yilgan bo‘lsa, sizga ko‘zoynak shart emas. Ko‘pgina ofislar ortig‘i bilan yoritilgan. Agar siz qora ko‘zoynak taqmoqchi bo‘lsangiz, oftolmolog bilan maslahatlashing.
3-q o i d a
Xonani to‘g‘ri yoritishga harakat qiling Хonani to‘g‘ri yoritish. Agarda siz barcha yorug‘lik chiqaruvchi manbalarni yo‘qotsangiz, voz kechsangiz, ish joyingiz qorong‘I bo‘lib qolishi mumkin. Bu muammo bo‘lib, har kimga ham yarim qorong‘i joyda ishlash yoqmaydi. Aks holda bu ko‘zga yomon ta’sir ko‘rsatib, insonni aqlan zaiflashishiga olib keladi. Shunday bo‘lishi kerakki, yorug‘lik xonaga bir xilda tarqalsin. Siz kompyuter bilan ishlayotganingizda chiroqlardan hech qaysi biri sizning ko‘zingizga tushmasin. Ish hujjatlarini yoritish. Ish hujjatlarini yoritish ustida ham o‘ylash kerak. Buning uchun qulay plafonli stol lampalar ishlatiladi. Shunga e’tibor beringki, uning nuri kompyuter ekraniga tushmasin va sizga noqulaylik tug‘dirmasin.
4-q o i d a
Kompyuterga nisbatan to‘g‘ri joylashing
• Ekrangacha bo‘lgan masofa. Shunday o‘tiringki, ko‘zingiz ekrandan 45–60 sm masofa uzoqroqda joylashsin.
• Ekrandan yuqori masofa. Shunday o‘tiringki, ko‘zingiz ekran markazidan 15–20 sm tepada joylashgan bo‘lsin.
• Qo‘llar. Barmoqlaringiz erkin tursin. Bilagingiz tirsak qatorida yoki undan pastroqda joylashsin. Qo‘llarni esa yelkadan erkin qo‘yib bemalol o‘tiring.
• Tik holda o‘tiring.
• Sonning pastki qismi o‘rindiqqa tegib tursin.
• Tizzalar son balandligida yoki pastroq joylashishi kerak.
• Stulning orqa suyanish tomoni orqa umurtqaga mos bo‘lsin.
• Oyoqning pastki qismi bir-birining ustida yoki biror tayanch ustida tursin.
5-q o i d a
To‘g‘ri tana egilish burchagi va holatini tanlang Shunday stul olingki, to‘g‘ri o‘tirish imkonini beruvchi va egiluvchan bo‘lib, o‘tirish joyi va suyanish joylari yumshoq bo‘lishi kerak. O‘rindiqlar shunday bo‘lishi kerakki, ularni o‘tirish balandligi va orqaga egilish burchagini boshqarish mumkin bo‘lsin (bu umurtqaning egilish imkonini beradi).
6-q o i d a
Nafas olish va uning davomiyligiga e’tibor bering
• Nafasingizni ushlab turmang.
• Muntazam ravishda dam olib turing.
7-q o i d a
Har uch-besh soniyada ko‘zingizni yopib oching Ko‘zni ochib-yopish bu ko‘z pardasini tabiiy ravishda "namlash" va tozalash hisoblanadi. Shu ko‘zni ochib-yopish natijasida ko‘zni har xil ko‘ngilsiz hodisalardan himoyalaydi va ko‘rish tiniqligini saqlaydi. Ko‘zni ochib-yopish, yuz va peshona mushaklarining dam olishiga sabab bo‘ladi. Ko‘pgina odamlarda ko‘zni doimiy ravishda ochib-yopish odati umuman yo‘q. Aksincha, ular uzluksiz ish davomida uzoq vaqt ko‘zlarini yopmaydilar va ko‘zlari qorachig‘ ining harakati deyarli to‘xtab qoladi. Ko‘zni ochib-yopishning chastotasini tushirish ko‘zning qizarishiga, ko‘rishning xiralashishiga va achishishiga olib keladi. Bu asosan kontakt linzalar taqib yuruvchi odamlarga tez ta’sir qiladi. Qanday qilib ko‘zni ochib-yopish kerak: faqat ko‘z qovog‘i qimirlashi kerak; ixtiyoriy ravishda ochib-yoping; yuqori va pastki qovoqlar sekingina bir-biriga tegishi shart; ko‘zni shunday ochib-yopingki qoshlaringiz erkin holatda tursin.
8-q o i d a
Faqat ekranga qaramang Sizning nazar (qarash)ingiz "ochiq" bo‘lishi kerak, ya’ni ekranga qaragan holatda, siz atrofingizdagi stollar, devorlar, yoningizdagi odamlar va boshqa narsalarni ko‘rish imkoni bo‘lsin. Yon atrofga nazar tashlash ko‘rish qobiliyatini stress holatga tushirishni, fizik va mentol charchoqni kelib chiqishining oldini oladi.
9-q o i d a
Tez-tez uzoq-uzoqlarga qarab turing Agar ko‘zni dam oldirib turmasangiz, uzoqni yaxshi ko‘raolmasligingiz mumkin. Ko‘zingizda og‘riq paydo bo‘lgunga qadar emas, balki qoidaga amal qilgan holatda ko‘zga dam bering. Har 2-3 minut oralig‘ida uzoqlarga qisqagina qarash, hattoki u oddiy bo‘lsa ham sizni stress va noqulay holatlardan himoya qiladi. Undan tashqari, tavsiya qilinayotgan qisqagina dam olishlar kam vaqtni oladi, lekin u har bir soatda 5 minutdan dam olishga nisbatan kam vaqtni oladi. Ular ko‘z mushaklarini effektiv ravishda darmonsizlanish, charchash va stresslarni oldini oladi, shuningdek yaxshi ko‘rishni va tasvirning aniqligini saqlab qolishni ham ta’minlaydi.

XULOSA
O’zbekiston Respublikasining “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da o’quv jarayonining moddiy-texnika va axborot bazasi etarli emasligi, yuqori malakali pedagog kadrlarning etishmasligi, sifatli o’quv-uslubiy va ilmiy adabiyot hamda didaktik materiallarning kamligi, ta`lim tizimi, fan va ishlab chiqarish o’rtasida puxta o’zaro hamkorlik va o’zaro foydali aloqadolikning yo’qligi kadrlar tayyorlashning mavjud tizimidagi jiddiy kamchiliklar sirasiga kiradi, deb ko’rsatib o’tilgan edi. Shuning bilan bir qatorda, axborot va pedagogik texnologiyalarni amalga oshirish orqali ilmiy- tadqiqotlar natijalarini ta`lim-tarbiya jarayoniga o’z vaqtida joriy etish mexanizmini ro’yobga chiqarish, zamonaviy axborot texnologiyalari, komp`yuterlashtirish va komp`yuter tarmoqlari negizida ta`lim jarayonini axborot bilan ta`minlash rivojlanib borishi belgilab qo’yilgan.
Bu muammolarni yechimini topish axborot texnologiyalarini ta`lim tizimiga qo’llashdek muhim masalani keltirib chiqaradi.
Zamonaviy axborot texnologiyalari asosida ma`lumotlarni obrazlar ko’rinishida taqdim etish va fikrlash jarayonini tashkil etish o’quvchilarning aqliy rivojlanish darajasini yuqoriga ko’taribgina qolmasdan, an`anaviy o’qitish o’rtasidagi nisbatni o’zgartirishga ham olib keladi. An`anviy o’qitish metodikasida o’quv materiallari asosan matn va formulalar ko’rinishida berilib, o’quv materiallarini namoyish imkoniyati deyarli mavjud emas. O’quvchilarga berilayotgan materiallarni qayta kodlashtirish va o’zlarining modelini yaratish masalasi yuklanmaydi. Bu ma`noda AT asosida o’quv materiallarini obrazli ko’rinishda taqdim etishda ularga har xil ko’rinishdagi ranglar, harakat, ovoz kabi elementlarni kiritish o’quvchilarning o’quv materiallarini qabul qilish jarayoni samaradorligini oshirish bilan birga, berilayotgan materiallarni tahlil qilish, taqqoslash hamda abstraksiyalash kabi muhim sifatlarini rivojlantiradi.

Foydalanilgan adabiyotlar
1. Multimedia: Pod.red.Petrenko A.I. K: “Тorgovoye izdatelskoye byuro”. 1994y
2. G’ulomov S. S.Shermuxammedov A.Т. Begalov B. “Iqtisodiy informatika”. - Т:O’qituvchi 1999y
3.Informatika A.Ahmedov, N. Tayloqov
4.Informatika va hisoblash texnikasi asoslari
5.Fan texnika vat a’limda information texnologiyalar. R.D. Alloev. Buxoro -2002
6.“Informatika o’qitish uslubiyoti” Ma’ruzalar matni. Tuzuvchilar A.Abduqodirov, U. Yuldoshev., F.Zokirova.
7.IBm PC dlya pol’zovatelya. Figurnov.





Download 0.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling