Мультимедиа воситалари


Multimedia va distant tizimlari asoslari


Download 0.55 Mb.
bet4/15
Sana21.01.2023
Hajmi0.55 Mb.
#1107147
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
talimda multimedia vositalari

Multimedia va distant tizimlari asoslari.

Multimedia — bu kompyuter texnologiyasining turli xil fizik ko’rinishta ega bo’lgan (matn, grafika, rasm, tovush, animaciya (xayvonlar tasviri), video va sh.o’.) va turli xil tashuvchilarda mavjud bo’lgan (magnit va optik disklar, audio- va video-lentalar va h.k.) axborotdan foydalanish bilan bog’liq soxasidir.
Multimedia (multimedia — ko’p muxitlilik) vositalari bu apparat va dasturlar to’plami bo’lib, u insonga o’zi uchun tabiiy bo’lgan juda turli-tuman muxitlarni: tovush, video, grafika, matnlar, animaciya va b. ishlatgan holda kompyuter bilan muloqot qilish imkonini beradi.
Multimedia foydalanuvchiga fantastik dunyoni (virtual haqiqiy) yaratishda juda ajoyib imkoniyatlarni yaratib beradi, bunda foydalanuvchi chekkadagi sust kuzatuvchi rolini bajarmasdan, balki u erda avj olayotgan xodisalarda faol ishtirok yetadi; shu bilan birga muloqat foydalanuvchi uchun odatlangan tilda — birinchi navbatda tovushli va videoobrazlar tilida bo’lib o’tadi.
Multimedia vositalari ga quyidagilar kiradi: ma’lumotlarni audio — (nutqli) va videokiritish va chiqarish qurilmalari; yuqori sifatli tovushli (sound) va video — (video) platalar, videoqamrash platalari (video grabber), ular videomagnitofondan yoki videokameradan tasvirni oladi va uni SHK ga kiritadi; yuqori sifatli kuchaytirgichli, tovush kolonkali, katta videoekranli akustik va videoqabul qiladigan tizimlar, hozirdayok keng tarqalgan skanerlar (chunki ular kompyuterga bosma matnlarni va rasmlarni avtomatik kiritish imkonini beradi); yuqori sifatli printerlar va plotterlar.
Multimedia vositalariga yuqori ishonch bilan ko’pincha tovushli va video ma’lumotlarni yozish uchun ishlatiladigan optik va raqamli videodisklardagi katta sig’imli Tashqi yeslab qolish qurilmalarini ham kiritish mumkin.
A kustik tizimlar
Akustik tizimlar (kolonkalar) multimedia tizimining majburiy bo’lmagan, lekin borligi ma’qo’l bo’lgan tashkil yetuvchisidir, ularni ishlatganda tovushli axborotni qabul qilish birmuncha yaxshilanadi.

Multimedia — gurkirab rivojlanayotgan zamonaviy axborotlar texnologiyasidir. Uning ajralib turuvchi belgilariga quyidagilar kiradi:


• axborotning xilma-xil turlari: an’anaviy (matn, jadvallar, bezaklar va boshqalar), original (nutq, musiqa, videofilmlardan parchalar, telekadrlar, animatsiya va boshqalar) turlarini bir dasturiy mahsulotda integratsiyalaydi. Bunday integratsiya axborotni ruyxatdan o’tkazish va aks ettirishning turli qurilmalari: mikrofon, audio-tizimlar, optik kompaktdisklar, televizor, videomagnitafon, videokamera, elektron musiqiy asboblardan foydalanilgan holda kompyuter boshqaruvida bajariladi;
• muayyan vaqtdagi ish, o’z tabiatiga ko’ra statik bo’lgan matn va grafikadan farqli ravishda, audio va videosignallar faqat vaqtning ma’lum oralig’ida kurib chiqiladi. Video va audio axbo- rotlarni kompyuterda qayta ishlash va aks etgirish uchun markaziy protsessor tez xarakatchanligi, ma’lumotlarni uzatish shinasining o’tkazish qobiliyati, operativ (tezkor) va video-xotira katta sig’imli tashqi xotira (ommaviy xotira), hajm va kompyuter kirish-chiqish kanallari buyicha almashuvi tezligini taxminan ikki baravar oshirilishi talab etiladi;
• "inson-kompyuter" interaktiv muloqotining yangi darajasi, bunda muloqot jarayonida foydalanuvchi ancha keng va har tomonlama axborotlarni oladiki, mazkur ta’lim, ishlash yoki dam olish sharoitlarini yaxshilashga imkon beradi.




Download 0.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling