Мультимедиа воситалари


Ishlanma vositalar: holati va istiqbollari


Download 0.55 Mb.
bet7/15
Sana21.01.2023
Hajmi0.55 Mb.
#1107147
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15
Bog'liq
talimda multimedia vositalari

2. Ishlanma vositalar: holati va istiqbollari
Multimedia asr oxirigacha kompyuter texnikasini tako-millashtirishning asosiy yo’nalishlaridan biri bo’lib qolishi kutilmokda. Hozirgi paytda kompyuter texnikasi va dasturiy ta’minotni ishlab chiqaruvchi kupgina yetakchi firmalar bu axborot texnologiyasini hayotga qo’yidagi uch yo’nalish bo’yicha tadbiq qilmoqdalar:
• AТ 80x86 shaxsiy kompyuterlarida multimediani professional va tijoriy maqsadlarda qo’llash;
• O’yinli va ta’lim beruvchi ilovalar yaratish;
• Ishchi bekatlardagi UNIX muhitida professional va tijoriy ishlanmalarni tayyorlash.
Bu barcha tayyorlanayotgan vositalar asosida assotsiativ aloqa-larning umumiy ob’ektli yo’naltirilgan uslubiyatni o’z ichiga olgan "gipermatn" (Nureyex!) konsepsiyasi yotadi. Rasman gipermatn deganda foydalanuvchiga boshka mavzuga o’tishga imkon beruvchi ichki o’zaro murojat qiluvchi matnli, tuzilmaviy axborot tushuniladi. Gipermatn avval materialga kiritilgan assotsiatsiyalar bo’yicha interaktiv rejimdagi so’zlar, fayllar va paragriflarni jadal birlashtirish uchun foydalanilgan. Gipermatn vositalari foydalanuvchi istalgan tartibda varaqlab qurishi mumkin bo’lgan multimedianing hujjatlarni yaratishga imkon bergan.
Foydalanilayotgan kompyuterlarning hisoblash qobiliyati oshib borgan sari bu assotsiativ aloqalarning ishlashi mualliflik tizimlarining yangi avlodlarida kengayib bordi. Bunda mualliflik tizimi deganda ishlab chiquvchilarga dasturlarni ko’p mehnatli jarayonsiz yaratishga imkon beruvchi ta’minot tushuniladi. Bugungi kunda rakamlashgan statik tasvir, audio va video ma’lumotlarga muallifning istagi bo’yicha tanlangan ob’ektlar sifatida qaralishi mumkin.
Ko’p yillar mobaynida Arr1e multimedia ishlanmalari sohasida yetakchi o’rin tutadi. Avvalboshda ishlanmalar audioni o’z ichiga olgan multimedia maxsulotlarini ko’rish uchun gipermatn — Nuregsag — firma dasturi imkoniyatlarini kengaytirish va yuqori sifatli audioaxborot bilan bog’lik edi. So’ngra multimedia tizimiga fotoga yaqin bo’lgan yuqori sifatli statik tasvirlarni kiritish va aks ettirish imkoniyati qo’shildi. Natijada Mas. kompyuterlari platformasi multimedianing aniq bir ilovalarida yetakchi urinni egalladi.
Biroq videoni qo’llab-quvvatlash nisbatan yaqin paytda, MAS 6.07 va 7.0 imkoniyatlarini kengaytiruvchi tizimning kiritilishi bilan ta’minlandi. Hozirda — Nuregsag dasturi va yuqorida ko’rsatilgan kengaytirishlarni birlashtiruvchi multimedianing tizimlar ishlanmasi ustida ish olib borilmoqda. Bu tizimning asosiy komponentlari dasturiy ta’minoti, fayllar shakllari, kompressorlar va foydalanuvchi interfeyslaridir. Тizimning eng muhim unsuri — Mou1e Тoo1Vox — tasvirlarni siqishni boshqaruvchi va animatsiyalar, statik tasvirlar hamda video algoritmlarini amalga oshiruvchi dasturlardir.
Foydalanuvchi o’z dasturiy mahsulotini audio, grafika va animatsiyaga kiritishi hamda ularni har bir bosqichda sichqonning ikki chiqillashidan oshirmagan holda bajara borib boshqa fragmentlar bilan birlashtirishi mumkin.
• kompakt-diskda yetkazib beriladigan va operatsion tizim turlarini tanlash hamda multimedia dasturlarini namoyish etishga imkon beruvchi M57 va M77 qurilma modullari;
• amaliy dasturli (uyinli, ta’lim beruvchi, xizmat kursatuvchi va hokazolar);
• konferensiya ishtirokchilariga umumiy axborotlarni ekranda taqsimlashga imkon beruvchi kompyuterli videokonferensiyalarni qo’llab-quvvatlash uchun R2R moduli (1VM Regxop 1o Regxop);
• turli manbalardagi audio va video axborotlar yuqori sifatini kafolatlagan holda videoni 30 kadr/s chastotali qamrab olish, siqish va aks ettirishni ta’minlovchi 1VM R5/2 moduli.
Ishchi stansiyalar uchun ham multimedianing maxsulotlarini yaratish tizimlari ishlab chiqilmoqda, lekin firmalarning harakatlari shaxsiy kompyuterlar uchun tizimlarni ishlab chiqish kabi birlashmagan. Mavjud tizimlar ishchi stansiyalarning aniq bir rusumlarida foydalanilyapti.
Hozirgi jamiyatimiz uchun multimedianing ahamiyatini tas-diqlovchi — 1987 yilda Vashingtonda AKSh kongressi kutubxonasida Interaktiv axborot texnologiyalari milliy namoyishlar laboratoriyasi va original multimedia — ilovalar va dasturlarning doimiy ko’rgazmasi ochilganligi diqqatga sazovordir. Multimedia va distant uslublari asosida ta’lim berish yildan-yilga ortib, takomillashib bormoqda.

Download 0.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling