Mulk huquqi 1-§. Tabiat resurslariga nisbatan mulk huquqi va uning asosiy belgilari


-§. Tabiat resurslariga nisbatan mulk huquqining shakllari


Download 1.58 Mb.
bet4/63
Sana24.01.2023
Hajmi1.58 Mb.
#1114828
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   63
4-§. Tabiat resurslariga nisbatan mulk huquqining shakllari
Hozirgi davrda iqtisodiyotimizni ko‘p ukladli iqtisodiy tizimga o‘tkazish mulkning har xil shakllarini rivojlantirish uchun keng imkoniyatlar ochib berdi. Bundan asosiy maqsad mavjud imkoniyatlardan oqilona, ilmiy asoslangan tarzda, chuqur mulohaza va tahlillar asosida foydalanishdir. Demak, iqtisodiyotimizga mulkning u yoki bu shaklini joriy qilishda, ishlab chiqarishni tashkil etishda, mulkchilikning har xil shakllarini amaliyotga joriy qilishda uning siyosiy, iqtisodiy, moddiy va ijtimoiy tomonlarini chuqur mulohaza qilish lozim.
Bu tabiiy resurslarga nisbatan mulk huquqi muammolarini to‘g‘ri hal etishga imkon beradi. O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 167-moddasiga asosan, O‘zbekiston Respublikasida mulkning xususiy va ommaviy shakllari mavjud.
Tabiat resurslariga nisbatan mulkchilik, asosan davlat ixtiyoridadir. Tabiat resurslariga nisbatan xususiy mulkchilikni qo‘llash mumkinmi, degan savol tug‘ilishi tabiiy.
Umuman olganda, tabiat resurslarining har qanday ob’ektiga ham xususiy mulkchilikni joriy etib bo‘lmaydi. Masalan, O‘zbekiston Respublikasi Er kodeksinining 18-moddasiga asosan, yuridik va jismoniy shaxslarning er uchastkalariga bo‘lgan mulk huquqi savdo va xizmat ko‘rsatish sohasi ob’ektlari ular joylashgan er uchastkalari bilan birga xususiylashtirilganda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda vujudga keladi.
Diplomatiya vakolatxonalari va ularga tenglashtirilgan, O‘zbekiston Respublikasida akkreditatsiya qilingan xalqaro tashkilotlarning er uchastkalariga nisbatan mulk huquqi ularga o‘zlari vakolatxona sifatida foydalanayotgan imorat yoki imoratning qismlari, shu jumladan vakolatxona boshlig‘ining qarorgohi ular joylashgan er uchastkalari bilan birga, shuningdek mazkur vakolatxonalarning imoratlarini qurish uchun er uchastkalari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda realizatsiya qilinganda vujudga keladi.
CHet ellik yuridik va jismoniy shaxslarning, diplomatiya korpusi xodimlarining, O‘zbekiston Respublikasida akkreditatsiya qilingan matbuot vakillarining, firmalar, kompaniyalar va xalqaro tashkilotlarning doimiy vakolatxonalari xodimlarining, chet el investitsiyasi ishtirokidagi korxonalarda doimiy asosda ishlovchi, shuningdek respublikada doimiy istiqomat qiluvchi va yashash uchun guvohnomasi bo‘lgan shaxslarning er uchastkalariga bo‘lgan mulk huquqi ularga uy-joy binolari shu binolar joylashgan er uchastkalari bilan birga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda realizatsiya qilinganda vujudga keladi.
O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 213–215-moddalari ommaviy mulk, respublika mulki va munitsipal mulk masalalariga bag‘ishlangan. Xususan, mazkur qonunning 214-moddasida: «Er, er osti boyliklari, suv, havo bo‘shlig‘i, o‘simlik va hayvonot dunyosi hamda boshqa tabiiy boyliklar, davlat hokimiyati va boshqaruvi respublika organlarining mol-mulki, davlat ahamiyatiga ega bo‘lgan madaniy va tarixiy boyliklar, respublika byudjetining mablag‘lari, oltin zaxirasi, davlatning valyuta fondi va boshqa fondlari respublika mulkidir, shuningdek korxonalar va boshqa mulkiy komplekslar, 33
o‘quv, ilmiy, ilmiy-tadqiqot muassasalari va tashkilotlari, intellektual faoliyat natijalari, basharti bular byudjet yoki davlatning o‘zga mablag‘lari hisobidan yaratilgan yoki sotib olingan bo‘lsa, boshqa mol-mulk respublika mulki bo‘lishi» mumkinligi ko‘rsatilgan.
Amaldagi qonunchilikka binoan, er uchastkalari, er osti boyliklari joylashgan uchastkalar va boshqa alohida tabiiy ob’ektlar, korxonalar va boshqa mulkiy komplekslar, binolar, inshootlar, uskunalar, transport vositalari va foydalanish jarayonida o‘zining tabiiy xususiyatlarini yo‘qotmaydigan boshqa ashyolar (iste’mol qilinmaydigan ashyolar) mulk ijarasiga berilishi mumkinligi ham ta’kidlangan (O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 537-moddasi).
Xullas, tabiat ob’ektlari, resurslari faqat davlat mulki, ya’ni umummilliy boylik bo‘lishi mumkin. Ular O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga asosan, ijara asosida berilishi va meros qilib qoldirilishi ham mumkin. Ular oldi-sotdi qilinmaydi, ayriboshlanmaydi, hadya etilmaydi, garovga qo‘yilmaydi, davlat tomonidan muhofaza etiladi. O‘zbekiston Respublikasining qonunlarida belgilangan hollar bundan mustasnodir.

Download 1.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling