REJA
Kirish__________________________________________________
Baholashning
mohiyati, ahamiyati va prinsiplari______________
Materiallarni kirimga olish vaqtida baholash_________________
Materiallarni hisobdan chiqarish vaqtida baholash____________
Asosiy vositalarni baholash usullari_________________________
Nomoddiy aktivlarni baholash usullari______________________
Xulosa_________________________________________________
Kirish
Mamalakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish turli sohalarda olib boriladigan islohotlar bilan bevosita bog’liq bo’lib, bugungi kunda respublikamizda ijitmoiy-iqtisodiy hayotimizning barcha jabhalarida tub o’zgarishlar va yangilanishlar jadal sur’atlar bilan amalga oshmoqda. Mamlakatning iqtisodiy o’sishida mulklardan foydalanish juda muhim ahamiyat kasb etib, ulardan samarali foydalanishda ularning bozor qiymatini shakllantirish va unga xizmat qiluvchi sifatli va adolatli baholash ishini olib borish muhim vazifalardan hisoblanadi.
Mulk qiymatini baholash mulk turlariga qarab turlicha yondashuvlar asosida baholash usullarini qo’llashni taqoz etish bilan birga zarur holatlar bo’yicha baholash tamoyillarining ham amal qilinishi ta’minlanadi. Bugungi kunda ko’chmas mulklar tarkibida turuvchi hovlili uy-joylarning bozor qiymatini
aniqlash uni sotishda, ijaraga berishga, rekonstruktsiya
qiymatini shakllantirishda, tadbirkorlik sohalaridan bo’lgan kasanachilik, oilaviy biznes kabilar bilan shug’ullanishda, garovga qo’yish, mulkni taqsimlash va boshqa holatlarda eng muhim omillardan biri bo’lib xizmat qiladi.
Bu esa mamlakatimizda mulkni baholashtishga doir munosabatlarning tobora rivojlanib borayotganligini inobatga olib baholash faoliyatini
yanada takomillashtirish, ushbu sohadagi mutaxassislar malakasi va tajribalarini yanada oshirish zarurligini keltirib chiqaradi.
Baholash tashkilotlari faoliyatini samarali tashkil etish,
rivojlantirish,
pirovardida, mulkdan foydalanish samaradorligini va iqtisodiyotda pul mablag’lari harakatining faollashuviga ta’sir ko’rsatib, pirovardida, u iqtisodiy o’sishga ham o’z ijobiy ta’sirini ko’rsatadi.
Aynan ana shu eng muhim vazifalar iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishning asosiy yo’nalishlari va ustuvor vazifalariga jiddiy o’zgartirishlar kiritish uchun poydevor bo’lishi kerak.