Mulkchilik shakllarini o`zgartirish yo`llari va usullari
-jadval Xususiylashtirishning asosiy kursatkichlari ( 2018-yil yanvar-mart xolatiga)
Download 1.62 Mb.
|
Mulkchilik shakllarini o`zgartirish yo`llari va usullari
- Bu sahifa navigatsiya:
- 6-rasm.
3-jadval
Xususiylashtirishning asosiy kursatkichlari ( 2018-yil yanvar-mart xolatiga)30
O’zbekistan Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko’maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo’mitasining ma’lumotiga ko’ra, 2018 yilning yanvar-mart oylarida 213 ta (dactur doiracidagi va dacturdan tashkari obhektlarni qo’shgan holda) korxona va obhektlar xucuciylashtirildi. Hisobot davrida eng ko’p xucuciylashtirilgan obhektlar soni Toshkent viloyatida 53 tani (jami Respublika bo’yicha xususiylashtirilgan obhektlar umumiy sonining 24,9 %), Surxondaryo viloyatida - 30 tani (14,1 %), Qoraqalpog’icton Respublikasida - 26 tani (12,2 %), Qashqadaryo viloyatida - 21 tani (9,9 %), Andijon viloyatida - 14 tani (6,6 %), Xorazm viloyati - 13 tani (6,1 %) tashkil etdi. 5-rasm. 2018 yil yanvarg’-mart oylarida davlat idoralari kesimida xususiylashtirilgan davlat obhektlarining tarkibi (jamiga nisbatan foizda)31 6-rasm. 2018 yil yanvarg’-mart oylarida Respublika hududlari kesimida davlat mulkini sotishdan tushgan tushumlar tarkibi (jamiga nisbatan foizda)32 4-jadval Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari ( 2020-yil)33
Bugun hech kimga sir emaski, xususiy mulk va xususiy tadbirkorlik faoliyatining amaliyoti xususiy mulkning davlat mulkiga nisbatan har tomonlama samaradorligini ko’rsatmoqda. Chunki xususiy korxonalarda sidqidildan mehnat qilishga undaydigan omillar va shaxsiy manfaatdorlik darajasi va eng asosiysi, o’zining ishlab chiqarish va moliyaviy faoliyatining yakuniy natijasi uchun mas’uliyat hissi butunlay yuqori ekanligi hammaga ma’lum. Xulosalar Mulkchilik munosabatlari – shaxsiy, jamoa va davlat manfaatlarini o’zida ifoda etib, ishlab chiqarish omillari va natijalaridan foydalanish borasida kishilar, jamoalar, tarmoqlar, hududlar va davlat o’rtasidagi munosabatlar majmuasidir. Mulkchilik munosabatlarining iqtisodiy mazmuni moddiy va ma’naviy ne’matlarni o’zlashtirish borasidagi iqtisodiy munosabatlarni o’zida aks ettiradi. Agar mulkchilikning iqtisodiy mazmuni u yoki bu obyektni o’zlashtirish va foydalanish borasida subyektlar o’rtasidagi munosabatlarni bildirsa, mulkchilikning huquqiy mazmuni subyektning obyektga nisbatan bo’lgan munosabatini aks ettiradi. Mulkni davlat tasarrufdan chiqarish va xususiylashtirish – korxonalar ustav fondida davlat ulushining qisqarishi, ularning investitsion jozibadorligini oshirish va xorijiy investorlarni xususiylashtirish jarayoniga jalb etishni kengaytirishga qaratilgan kompleks dasturdan iborat jarayondir. 2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasi doirasida biznes yuritish tartib-taomillarini sezilarli darajada soddalashtirish, infratuzilmani yaxshilash va moliyaviy manbalarni kengaytirish, mulkdan foydalanishni erkinlashtirish, xususiy mulkni daxlsizligini ta’minlash orqali tadbirkorlikning izchil o’sishi ta’minlanmoqda. Mansabdor shaxslar davlat himoyasida bo’lgan xususiy mulkning daxlsiz ekanligini, har qanday vaj bilan xususiy mulkni, shu jumladan, avval xususiylashtirilgan mulkni olib qo’yish, asosli zaruratsiz mulkni buzib yuborish g’ayri huquqiyligini anglab yetmayapti hamda yer uchastkalarini ajratishda o’zboshimchaliklarga yo’l qo’ymoqda, bu esa mulkdorlarning konstitutsiyaviy huquqlarini himoyalash kafolatlarini kuchaytirish va bunday huquqbuzarliklarga yo’l qo’yganligi uchun ushbu mas’ul shaxslarning javobgarligini oshirishni taqozo etmoqda. Ko’rsatib o’tilgan kamchiliklar kompleks va tezkor hal etishni, barcha darajadagi davlat organlarining yagona uslubiy rahbarlik ostida o’zaro muvofiqlashtirilgan hamkorlik qilishini, xususiy mulkning ishlashi, yer uchastkalarini realizatsiya qilish, tender savdolarini o’tkazish hamda davlatga tegishli bo’lmagan bino va inshootlarni buzishga oid aniq va lo’nda huquqiy normalarni yaratishni, tadbirkorlik tashabbuslarini qo’llab-quvvatlashni, aholining keng qatlamlarini biznes bilan shug’ullanishga faol jalb etishni talab etadi. Xususiy mulkni himoya qilish va mulkdorlar huquqlarining kafolatlarini yanada kuchaytirish, tadbirkorlikni rivojlantirish uchun qo’shimcha turtki berish, tadbirkorlik tashabbuslari va loyihalarini qo’llab-quvvatlash, tadbirkorlik subyektlarining moliyaviy resurslardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish, joylarda ijtimoiy qamrov darajasini oshirish maqsadga muvofiqdir. Mulkiy munosabatlarni takomillashtirish quyidagi usullarda amalga oshirish maqsadga muvofiqdir: Tub uzgarish uchun real shart-sharoit yaratish- mulkni xakikiy mulkdorlar kuliga berish; Kup ukladli iqtisodiyot hamda raqobat muxitini yaratish. 2012-2014 yillar mobaynida xususiy mulk mavqeini mustahkamlash, uning daxlsizligini ta’minlash, biznes yuritish imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan «Xususiy mulkni himoya qilish va mulkdorlar huquqlarining kafolatlari to’g’risida», «Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to’g’risida (yangi tahrirda)», «Tadbirkorlik faoliyati sohasida ruxsat berish tartib-taomillari to’g’risida», «Raqobat to’g’risida», «Oilaviy tadbirkorlik to’g’risida»gi kabi o’nlab qonunlar qabul qilingan. 2017-yildan O’zbekiston Respublikasida mulkning turli shakllarini himoya qilish borasida qonunchilikni rivojlantirib borish natijasida mulkchilik tuzilishida tub o’zgarishlar ro’y berdi, ko’pukladli iqtisodiyot, uning tarkibida xususiy mulk ustuvor ahamiyat kasb etdi. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik hal qiluvchi o’rin egalladi, bozorni zarur tovar va xizmatlar bilan to’ldirish, odamlarning daromadlari va farovonligi oshib borishining asosiy manbai, aholi bandligi usishining eng muhim omiliga aylandi. Download 1.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling