Мулкни давлат тасарруфидан чиқариш ва хусусийлаштиришнинг ҳУҚУҚий асослари


Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish shakllari


Download 50.5 Kb.
bet2/3
Sana21.10.2023
Hajmi50.5 Kb.
#1714586
1   2   3
Bog'liq
Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishning huquqiy asoslari

Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish shakllari.
Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish mol—mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishning turli xil shakllarida namoyon bo`ladi. Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish:
— davlat korxonasini jamoat korxonasiga, xo`jalik jamiyati yoki shirkatiga aylantirish;
— ijaraga olingan mulkni kelgusida haq to`lab sotib olish ehtimoli bilan davlat korxonasini ijara korxonasiga aylantirish;
— davlat mol—mulkini tanlov yo`li bilan va kim oshdi savdosida davlatga taalluqli bo`lmagan yuridik va jismoniy shaxslarga sotish kabi shakllarda amalga oshiriladi.
Shuningdek, boshqa davlatlarning jismoniy va yuridik shaxslari davlat tasarrufidan chiqariladigan va xususiylashtiriladigan obyektlarni, ularning aksiyalarini O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan yoki u vakolat bergan idora tomonidan belgilangan tartib bo`yicha sotib oladilar.
Davlat korxonasini jamoa korxonasiga aylantirish qonun hujjatlariga ko`ra, mehnat jamoasi a`zolari tomonidan davlat mulkining haqini bir yo`la yoki bo`lib—bo`lib to`lash orqali sotib olinishi yoki bu mulkning ularga tekinga berilishi yo`li bilan amalga oshiriladi. Mol—mulk jamoa egaligiga sotib olinishi chog`ida jamoa korxonasining ustavida har bir xodimning mol—mulkdagi hamda foydadagi ulushi belgilab qo`yiladi, bunda ularning ish staji, maoshining miqdori va boshqa omillar e`tiborga olinadi.
Binobarin, davlat korxonasini jamoa korxonasiga aylantirish orqali ushbu mol—mulkka davlatning mulk huquqidan, u yangi mulkdor—jamoa korxonasi (ya`ni, yuridik shaxs)ga liga o`tadi. Ushbu holda davlat mulkining jamoa korxonasi mulki shakliga o`tishi:

1) davlat mulkining haqini bir yo`la yoki bo`lib—bo`lib to`lash orqali sotib olinishi;


2) bu mulkning ularga tekinga berilish yo`li bilan amalga oshiriladi
Yangidan vujudga kelgan xo`jalik yurituvchi subyekt — jamoa korxonasi mulkining subyekti ushbu korxonaning mehnat jamoasi hisoblanadi. Korxonaning mehnat jamoasi — o`z mehnati bilan korxona faoliyatida mehnat shartnomasi asosida ishtirok etayotgan uning barcha xodimlaridir[6].
Jamoa korxonasining mol—mulki, shuningdek ishlab chiqarilgan mahsulot va olingan daromadlar ushbu jamoa a`zolarining umumiy mulki hisoblandi. Ammo korxonaning mol—mulki shakllantirilayotganida xodimlarning hissalari belgilab qo`yiladi. "Bunday hissa belgilash odatda natura shaklida, masalan, ishlab chiqarish qurol va vositalari, anjomlari va mahsulotlarni shartli ravishda xodimlarga taqsimlash orqali emas, balki qiymat shaklida taqsimlash orqali amalga oshiriladi"[7]. Eng muhimi, davlat mol—mulki yangi mulkdorga o`tgandan boshlab, uning majburiyatlari yuzasidan davlat javobgar bo`lmaydi, o`z navbatida jamoa korxonasi ham davlat majburiyatlari yuzasidan javobgar bo`lmaydi.
Davlat korxonasini xo`jalik jamiyati yoki shirkatiga aylantirish ham davlat mol—mulkini davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishning alohida shakli bo`lib, ushbu jarayonning amaldagi qonunchilikka ko`ra quyidagi o`ziga xos xususiyatlarini ko`rsatish mumkin:
— ushbu qarorni qabul qilishga davlat mol—mulkini tasarruf etish vakolatiga ega bo`lgan organ haqli;
— faqat qonun hujjatlarida belgilangan xollardagina davlat va uning organlari jamiyat muassislari bo`lishi mumkin;
— davlat korxonasi aksiyadorlik jamiyatiga aylantirilayotganda ta`sis yig`ilish o`tkazilmaydi;
— davlat korxonasini qayta tashkil etish yo`li bilan tuzilgan aksiyadorlik jamiyati davlat ro`yxatidan o`tkazilayotgan paytda ustavinigina taqdim etadi;
— jamiyat davlat mulki negizida tuzilganda korxona mol—mulkining qonun hujjatlarida belgilangan tartibda aniqlangan bozor bahosi jamiyat ustav fondining summasini tashkil etadi:
— jamiyat mol—mulkining bozor qiymatini aniqlashda davlatning o`zi jamiyat aksiyalarining egasi bo`lgan taqdirda, davlat moliya organini jalb qilish majburiy hisoblanadi (odatda, xolis baholovchi (auditor) jalb qilinadi);
— davlat korxonalarini qayta tuzish natijasida tashkil etilgan aksiyadorlik jamiyatlarida dividendlar ustav fondining boshlang`ich miqdoriga muvofiq tarzda, mavjud aksiyalarning to`la summasi bo`yicha, aksiyalarning davlatga tegishli, haqi to`lanishi to`g`risidagi qaror qabul qilinayotgan paytda sotilmay qolgan qismini ham hisobga olgan holda amalga oshiriladi[8].
Korxonaning yuridik shaxs hisoblanmaydigan tarmoq bo`linmasini xo`jalik jamiyatiga va shirkatiga aylantirish mulkdorning yoki u vakil qilgan idoraning roziligiga binoan ularni oldindan mustaqil davlat korxonasiga aylantirmay turib amalga oshiriladi.
Odatdagidek, davlat va uning organlari o`z zimmasiga olgan majburiyatlar yuzasidan javobgar bo`lmaydilar, ayni vaqtda jamiyat ham davlat va uning organlari olgan majburiyatlar yuzasidan javobgar bo`lmaydi.
Quyidagilar xo`jalik jamiyatlari yoki shirkatlarining muassislari yoki aksiyalar (ulush, pay) egalari bo`lishlari mumkin:
— mehnat jamoasining a`zolari, O`zbekiston
Respublikasining boshqa fuqarolari, ajnabiy fuqarolar va fuqaroligi bo`lmagan shaxslar;
— O`zbekiston Respublikasi va boshqa davlatlarning yuridik shaxslari;
— davlat boshqaruvining respublika va mahaliy idoralari.
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 1997 yil 31
martdagi «Qimmatli kog`ozlar bozorini rivojlantirish va
respublikaning fond bozorida xorijiy investorlar
ishtirokini kengaytirish borasidagi qo`shimcha chora—tadbirlar to`g`risida»gi Farmoniga ko`ra, davlat o`z ulushini saqlab qoladigan ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyatlarining ustav sarmoyasini shakllantirish chog`ida xususiylashtirilgan korxonalar aksiyalarining quyidagi paketlari ko`zda tutildi:
davlatga — aksiyalarning ko`pi bilan 25 foizi;
mehnat jamoasiga — aksiyalarning ko`pi bilan 26 foizi;
xorijiy investorga sotish uchun — aksiyalarning kamida 25 foizi;
qolgan qismi — erkin savdoga.
Jamiyatning ustav fondini ko`paytirishda agar aksiyadorlarning umumiy yig`ilishida ovozlarning yigirma besh foizdan ziyodini tashkil etadigan davlatga qarashli aksiyalar turkumi mavjud bo`lganda, qo`shimcha aksiyalar chiqarish yo`li bilan bu vakolat Davlat mulki qo`mitasiga berilgan.
So`nggi paytlarda mamlakatimizda keng ko`lamda olib borilayotgan davlat mulkini xususiylashtirishda xorijiy investorlar keng jalb etilmoqda. Xususan, bu haqda O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilingan 2001 yil 9 martdagi "2001—2002 yillarda xorijiy investorlarni jalb etgan holda korxonalarni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish bo`yicha kelgusidagi chora—tadbirlar to`g`risida"gi qaroriga asosan aksiyadorlik jamiyatlarining ustav fondini ko`paytirishga investitsiyalarni, shu jumladan, xorijiy investitsiyalarni jalb etishda davlat ulushi kamaytirilishiga yo`l qo`yiladi. Binobarin, unga ko`ra xorijiy investorlarga 39 foizdan 70 foizgacha miqdordagi aksiyalarni sotib olishi taklif etilyapti[9].
Ijaraga olingan mulkni kelgusida haq to`lab sotib olish ehtimoli bilan davlat korxonasini ijara korxonasiga aylantirish, ham belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Ijara mol—mulkiga nisbatan huquqlarni amalga oshirishning muhim shakli bo`lib, unga ko`ra har ikki tomon (ijaraga beruvchi ham, ijaraga oluvchi ham) manfaatdor hisoblanadi. Ijaraga asosan korxonalar, bino—inshootlar, transport vositalari, asbob—uskunalar, yer kabi obyektlar mustaqil faoliyat yuritish (mahsulot ishlab chiqarish, xizmatlar ko`rsatish) uchun ijarachiga muayyan haq evaziga muddatli egalik qilishning va undan foydalanish uchun topshiriladi. Ijara munosabatlarining vujudga kelishi asosi bo`lib ijara shartnomasi hisoblanadi. Mazkur shartnoma haq baravariga, ikki tomonlama, konsensual kabi huquqiy belgilar bilan tavsiflanadi.
Ijara korxonasining huquqiy maqomiga to`xtalib shuni aytish kifoyaki, u davlat ro`yxatidan o`tkazilgan kundan va mol—mulkni belgilangan tartibda qabul qilib olgandan boshlab yuridik shaxs hisoblanadi, o`z faoliyatini mustaqil yuritadi. Ijaraga oluvchi o`z huquqlarini amalga oshirilishida mulkdor tomonidan qilinadigan to`sqinliklardan ham himoya lanish huquqiga ega (O`zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi, 232 — modda).
Davlat o`z obyektlarini ijaraga berar ekan, undan samarali foydalanish, haqiqiy "mulkdor" qo`liga topshirish, rentabellikni oshirish maqsadida tanlov uyushtirishi, mol—mulkni tanlov g`olibiga topshirishi ham mumkin.
Yuqorida qayd etilganidek, ijara munosabatlarida mulk huquqi to`laligicha ijarachiga o`tmaydi. Ammo, qonunchilik ijarachi davlat mulki obyektlarini tasarruf etuvchining roziligi bilan o`zi ijaraga olgan mol—mulkni (to`liq yoki qisman) sotib olishi mumkinligini belgilaydi[10]. Yer va boshqa tabiiy resurslar bundan mustasnodir (bu haqda keyinroq, to`xtalamiz).
Ijaraga olingan mol—mulkni sotib olish ijarachining o`z mablag`lari hisobidan amalga oshiriladi. Binobarin, ushbu mulkni sotib olishda davlat budjeti mablag`laridan foydalanish mumkin emas.
Ijaraga olingan davlat korxonasini haq to`lab sotib olish qonunlardan kelib chiqib (O`zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi, O`zbekiston Respublikasining «Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish to`g`risida»gi Qonuni, «Ijara to`g`risida»gi Qonuni), ushbu munosabat ham to`laligicha shartnomaga asoslanadi. Sotib olinayotgan mol—mulkning tarkibi, bahosi, tartibi, sotib olish muddatlari, sotib olinayotgan mol—mulkning sifati va kafolatlar, sotib olishda uchinchi shaxslarning qatnashuvi, shartnoma yuzasidan kelib chiqadigan javobgarlik kabi masalalar ushbu shartnomaning asosiy negizini tashkil etadi.
Davlat mol-mulkini tanlov yo`li bilan va kim oshdi savdosida, davlatga taalluqli bo`lmagan yuridik va jismoniy shaxslarga sotish o`ziga xos xususiyatlarga ega. Bozor munosabatlari sharoitida davlat mol—mulkini tanlov yo`li bilan va kim oshdi savdosida sotish g`oyat samarali shakllardan bo`lib sanaladi. O`tkazilgan tanlov va kim oshdi savdosi shartnoma tuzish uchun asos bo`lib xizmat kiladi. Shartnoma kim oshdi savdosida g`olib chiqqan shaxs bilan tuziladi. Kim oshdi savdosining tashkilotchisi odatda, uning mulkdori bo`ladi. Mazkur shartnoma ko`pincha ommaviy tusda bo`lib, u nomuayyan doiradagi shaxslarga yo`llanadi. Masalan, tuman va shaharlarning hokimliklariga fuqarolarning meros qilib qoldirish sharti bilan umrbod egalik qilishlari uchun yakka tartibda uy—joy qurishga 0,04 gektargacha, shaxsiy yordamchi xo`jalikni yuritishga 0,06 gektargacha yer maydonini kim oshdi savdosi asosida sotishga ruxsat[11] berilganligini ommaviy, ochiq shakldagi kim oshdi savdosi deb tushunish kerak. Ayni paytda, yopiq auksion (kim oshdi savdosining alohida bir shakli) ham mavjud bo`lib, unda maxsus taklif etilgan shaxslargina katnashadi[12].



Download 50.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling