Mulkning hokimiyat bilan uzviy bog’liqligi


Download 18.56 Kb.
Sana04.11.2020
Hajmi18.56 Kb.
#140482
Bog'liq
An


An’anaviy iqtisodiyot uchun iqtisodiy munosabatlarning o’ta sust rivojlanganligi, ishlab chiqarish usulining hamon bir xil yo’sinda bo’lib kelayotganligi va asta sekinlik bilan o’zgarayotganligi, xususiy mulkchilikning deyarli mavjud emasligi xosdir. An’anaviy iqtisodiyotda iqtisodiy echimlar jamiyatda tarkib topgan qadriyatlar, diniy rasm-rusumlar, qabila boshliqlari va davlatning bevosita aralashuvi yordamida qabul qilinadi.

An’anaviy iqtisodiyot bilan bozor iqtisodiyoti o’rtasidagi eng asosiy farq xususiy mulkchilik va bozor munosabatlarining o’rnida ifodalanadi. Bozor xo’jaligida ular ustun mavqega ega bo’lsa, an’anaviy iqtisodiyotda ikkinchi darajali omil sifatida qaraladi. An’anaviy iqtisodiyotning farqli jihatlari quyidagilarda namoyon bo’ladi:



  • mulkning hokimiyat bilan uzviy bog’liqligi;

  • an’analarning hal qiluvchi o’rin tutishi;

  • iqtisodiy echimlarga ega bo’lishda davlatning o’rni kattaligi;

  • ortiqcha mahsulotni unumsiz iste’mol qilish;

  • huquqiy madaniyatning rivojlanmaganligi va shu kabilar.

Rejali iqtisodiyot uchun iqtisodiyotning uch muhim nima? qanday? kim uchun ishlab chiqarish kerak? savollarini yuqoridan pastga tomon, ya’ni davlat tomonidan iqtisodiy rejalar yordamida hal etilishi xosdir. Rejali iqtisodiyotda xususiy mulk butunlay inkor etiladi va davlat mulki ustun mavqega ega bo’ladi.

Rejali iqtisodiyot uchun iqtisodiyotning amalda davlat tasarrufida ekanligi, investision resurslar erkin bozorining mavjud emasligi, qonunchilikning birinchi navbatda davlat mulkini himoyalashga yo’naltirilganligi, yuqori foyda olish maqsadida korxonalar o’rtasida raqobat kurashining amalda mavjud emasligi, sotuvchi bozorining hukmronligi, iqtisodiyotga davlatning to’g’ridan - to’g’ri aralashuvi kabi jihatlar xosdir. Bugungi hayot rejali iqtisodiyotning yashovchan tizim emasligini ko’rsatmoqda.

Bozor iqtisodiyotida rejali iqtisodiyotga teskari tarzda iqtisodiy savollarga pastdan yuqoriga tomon echim izlanadi. Xususiy mulk mulkiy munosabatlar tizimida alohida ustun mavqega ega bo’ladi. Iqtisodiyot bozor mexanizmi (bozor va bozor qonunlarining amalda bo’lishi) yordamida o’zini- o’zi tartiblaydi. Bozor iqtisodiyoti uchun xususiy mulkning ustun mavqega ega ekanligi, kuchli raqobat kurashining mavjudligi, erkin narx belgilash tizimining amal qilishi, tadbirkorlik faoliyatining rivojlanganligi kabi jihatlar xosdir.



Aralash iqtisodiyotining xususiyati shundan iboratki, iqtisodiy munosabatlarning tashkil etilishi ko’p ukladlilik tamoyiliga asoslanadi va davlat bu o’rinda iqtisodiy islohotlarni amalga oshiruvchi va mulk huquqining himoyachisi sifatida ishtirok etadi. Bugungi kunda mamlakatimiz iqtisodiy va siyosiy hayotini tubdan isloh qilish ava erkinlashtirish borasida chuqur islohotlar olib borilmoqda. Jamiyat iqtisodiy hayotini erkinlashtirish xo’jalik yurituvchi sub’ektlarga iqtisodiy qarorlar qabul qilishda to’la erkinlik berilishi lozimligini nazarda tutadi.
Download 18.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling