Мулоҳаза ва хулоса чиқариш referat


Sillogizm o‘zaro mantiqiy bog‘langan ikki qat’iy mulohazadan uchinchi – yangi qat’iy mulohazani zaruriy tarzda keltirib chiqaruvchi xulosa chiqarish usulidir


Download 99.87 Kb.
bet14/20
Sana25.02.2023
Hajmi99.87 Kb.
#1229514
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   20
Bog'liq
feya

Sillogizm o‘zaro mantiqiy bog‘langan ikki qat’iy mulohazadan uchinchi – yangi qat’iy mulohazani zaruriy tarzda keltirib chiqaruvchi xulosa chiqarish usulidir. Bunda dastlabki mulohazalardan biri, albatta, yo umumiy tasdiq yoki umumiy inkor mulohaza bo‘ladi. Hosil qilingan yangi mulohaza dastlabki mulohazalardan umumiyroq bo‘lmaydi. SHunga ko‘ra sillogizmni umumiylikka asoslangan xulosa chiqarish, deb atasa bo‘ladi. Masalan, quyidagi mulohazalar berilgan bo‘lsin:
Hamma baliqlar suvda yashaydi.
Sazan – baliq.
Bu mulohazalardan zaruriy ravishda – Sazanlar suvda yashaydi, degan uchinchi mulohaza kelib chiqadi. Sillogizmning tarkibi oddiy qat’iy mulohazalardan tashkil topgani uchun u oddiy qat’iy sillogizm deyiladi.
Sillogizmning tarkibi xulosa asoslari (praemissae) va xulosa (conslusio)dan tashkil topgan. Xulosa asoslari va xulosadagi tushunchalar terminlar deb ataladi. Xulosaning mantiqiy egasi – S – kichik termin (terminus minor), mantiqiy kesimi – Rkatta termin (terminus major), deb ataladi. Xulosa asoslari uchun umumiy bo‘lgan, lekin xulosada uchramaydigan tushuncha – M – (terminus medius) o‘rta termin deb ataladi. Asoslarda katta terminni o‘z ichiga olgan mulohaza katta asos, kichik terminni o‘z ichiga olgan mulohaza kichik asos deb ataladi. Demak, asoslarning katta yoki kichik asos deb ajratilishi ularning qanday ketma-ketlikda kelishiga bog‘liq emas.

S – kichik termin;
M – o‘rta termin;
R – katta termin.
O‘rta termin katta va kichik terminni bog‘lovchi mantiqiy element hisoblanadi.
Sillogizm aksiomasi
Aksiomalar isbot talab qilmaydigan, isbotsiz chin deb qabul qilingan nazariy mulohazalar bo‘lib, ular vositasida boshqa fikr va mulohazalar asoslab beriladi. Sillogizmning aksiomasi xulosalashning mantiqiy asoslanganligini ifodalaydi.
Sillogizm xulosasining asoslardan zaruriy keltirib chiqarilishi quyidagi qoidaga asoslanadi: «Agar bir buyum ikkinchi buyumda joylashgan bo‘lsa, ikkinchi buyum esa uchinchi bir buyumning ichida bo‘lsa, unda birinchi buyum ham uchinchi buyumning ichida joylashgan bo‘ladi» yoki «Bir buyum ikkinchi buyumda joylashgan bo‘lsa, ikkinchi buyum esa uchinchi bir buyumdan tashqarida bo‘lsa, unda birinchi buyum ham uchinchi buyumdan tashqarida joylashgan bo‘ladi». Bu qoidani quyidagi shakllar yordamida ifodalash mumkin.

yoki
Bu qoida sillogizm aksiomasi mohiyatini terminlarning hajmi munosabatlari asosida tushuntirib beradi. Demak, sillogizm aksiomasining mohiyati quyidagicha: buyum va hodisalarning sinfi to‘g‘risida bildirilgan tasdiq yoki inkor fikr shu sinf tarkibidagi barcha buyum va hodisalarning har biri yoki ayrimlar ham taalluqli fikr hisoblanadi.
Masalan:
Hamma odamlar tirik mavjudotdir.
Hamma talabalar odamlardir.
Hamma talabalar tirik mavjudotdir.
Sillogizm aksiomasini atributiv ifodalaganda predmet bilan uning belgisi o‘rtasidagi munosabatga asoslaniladi: biror buyum, hodisa belgisining belgisi, shu buyum, hodisaning belgisidir; buyum, hodisa belgisiga zid bo‘lgan narsalar buyum, hodisaning o‘ziga ham ziddir. Sillogizm figuralari va moduslari.
Sillogizmlar bir-biridan 1) o‘rta terminning joylashishiga qarab va 2) asoslar va xulosadagi mulohazaning miqdori va sifatiga ko‘ra farq qiladi. O‘rta terminning o‘rni sillogizmning figurasini belgilab beradi.
I figurada o‘rta termin katta asosning sub’ekti, kichik asosning predikati bo‘lib keladi. II figurada o‘rta termin katta va kichik asoslarning predikati bo‘lib keladi. III figurada o‘rta termin har ikki asosning sub’ekti bo‘lib keladi. IV figurada o‘rta termin katta asosning predikati, kichik asosning sub’ekti bo‘lib keladi.8
I figura II figura III figura IV figura
M_____P P_____M M_____P P_____M
S_____M S_____M M_____S M_____S
_________ __________ __________ _________
S – P S – P S – P S - P
Sillogizm asoslari oddiy qat’iy mulohazalardan iborat. Bu mulohazalarning ikki asos va xulosada o‘ziga xos tartibda (to‘plamda) kelishi modus deb ataladi. «Modus» – shakl degan ma’noni anglatadi. Sillogizm figuralarining o‘ziga xos shakllari mavjud. Har bir figuraning to‘g‘ri shakllarini aniqlab, to‘g‘ri xulosa chiqarishda sillogizmning umumiy qoidalari bilan birga har bir figuraning maxsus qoidalariga ham amal qilinadi. Figuralarning maxsus qoidalari sillogizm terminlarining o‘ziga xos bog‘lanishi asosida aniqlanadi.

Download 99.87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling