Мулохаза. Хулоса чикариш


Deduktiv xulosa chiqarishning mohiyati


Download 297.55 Kb.
bet4/5
Sana16.06.2023
Hajmi297.55 Kb.
#1516835
1   2   3   4   5
Bog'liq
Mulohaza va Xulosa

Deduktiv xulosa chiqarishning mohiyati

  • Deduktiv xulosa chiqarishning muhim xususiyati unda umumiy bilimdan ju’ziy bilimga o’tishning mantiqan zaruriy xususiyatga egaligidir, ya’ni bir yoki undan ortiq umumiy hukmlardan juz’iy hukm hosil qilishga aytiladi.

Bevosita xulosa chiqarishning mohiyati va usullari

  • Birgina mulohazaga asoslangan holda yangi bilimlarning hosil qilinishi bevosita xulosa chiqarish deb ataladi.
  • Bevosita xulosa chiqarish jarayonida mulohazalarning shaklini o’zgartirish orqali yangi bilim hosil qilinadi. Bunda asos mulohazaning tarkibi, ya’ni sub’ekt va pridakat munosabatlarining miqdor va sifat tavsiflari muhim ahamiyatga ega bo’ladi.
  • Aylantirish, almashtirish, predikatga qarama-qarshi qo’yish va mantiqiy kvadrat orqali xulosa chiqarish

Aylantirish orqali xulosa chiqarish

  • Aylantirish shunday mantiqiy usulki, unda berilgan mulohazaning miqdorini saqlagan holda, sifatini o’zgartirish bilan yangi mulohaza hosil qilinadi. Bu usul bilan xulosa chiqarilganda qo’sh inkor sodir bo’ladi, ya’ni avval asosning predakati, keyin bog’lovchisi inkor etiladi.
  • Aylantirishda A-E ga, E-A ga, I-O ga, O-I ga o’zgaradi.Demak, aylantirish usuli bilan xulosa chiqarilganda “biror nimaning qo’sh inkori uning tasdig’iga tengdir”, degan qoidaga asoslanadi.

Almashtirish orqali xulosa chiqarish

  • Almashtirish orqali xulosa chiqarishda xulosa asos mulohazadagi sub’ekt va predikatning o’rnini almashtirsh orqali keltirib chiqariladi;
  • Almashtirishda berilgan mulohazadagi terminlar hajmi e’tiboriga olinishi shart. Agar berilgan mulohazadagi terminlar hajmiga e’tibor berilmasa, xulosa noto’g’ri bo’lishi mumkin;
  • Almashtirishda mulohazadagi sub’ekt va predikat hajmi aniqlanadi va shu asosda mulohazadagi terminlarning o’rni almashtirilib, xulosa chiqariladi.

Predikatga qarama-qarshi qo’yish orqali xulosa chiqarish

  • Predikatga qarama-qarshi qo’yish orqali xulosa chiqarishda berilgan mulohaza avval aylantiriladi, so’ngra almashtiriladi. Natijada hosil qilingan mulohazaning (xulosaning) sub’ekti asos mulohaza predikatiga zid, predikati esa uning sub’ektiga mos bo'ladi;
  • Predikatga qarama-qarshi qo’yishda A-E ga, E-I ga, O-I ga o’zgaradi.

Download 297.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling