Muloqot etiketi
Suhbatni muloyimlik bilan boshlash
Download 8.98 Kb.
|
Muloqot etiketi-fayllar.org
Suhbatni muloyimlik bilan boshlashMuomala odobi boshqa kishilar qadr-qimmatini, izzatini joyiga qo‘yishni, an’anaviy axloqiy me’yoriy talablarini bajarishni taqazo etadi. Shuning barobarida, u insondagi yaxshi jihatlarni namoyon yetishi, ko‘zga ko‘rsatishi bilan ham ajralib turadi. Uning eng yorqin, eng sermazmun va eng ifodali namoyon bo‘lishi so‘z, nutq vositasida ro‘y beradi. So‘zlash va tinglay bilish, suhbatlashish madaniyati – muomalaning muhim jihatlarini tashkil etadi. Shu bois, muomala odobi o‘zini, eng avvalo, shirinsuxanlik, kamsuqumlik, bosiqlik, xushfe’llilik singari axloqiy me’yorlarda namoyon qiladi. Muomala odobining yana biri bu – insoniy nigoh. Ma’lumki, odamning nigohida, yuz ifodasida, qo‘l harakatlarida uning qay sabablardandir tilga chiqmagan, so‘zga aylanmagan hissiyoti, talablari o‘z aksini topadi. Chunonchi, suhbatdoshining gapini oxirigacha eshitmay, qo‘l siltab kyetishi yoki fikrini bo‘lib, qo‘pol muomalada bo‘lishi madaniyatsizlikni anglatadi. Suhbatdoshni fikrini noto‘g‘ri deb bilgan taqdirda ham tarbiyali va kamtar inson “Menimcha adashdingiz?” “Uzr, men boshqa fikrdaman”, “Kechirasiz, men sizning fikringizga qo‘shilmayman” degan tushunchalar bilan murojaat qiladi. Hech qachon “umuman noto‘g‘ri”, “bu to‘g‘rida hech narsani tushunmaysiz”, “ bu narsani yosh bola ham biladi” degan tushunchalarni ishlatish mumkin emas. Suhbatdoshingizga og‘ir botadigan, xafa qiladigan, noqulay vaziyatga solib qo‘yadigan, gapirishni xohlamaydigan mavzu bo‘yicha suhbatlashish vaziyatni og‘irlashtiradi. Suhbatdoshingizga o‘zingizga ta’rif-tavsif berishdan, o‘z muammo va yutuqlar haqidagi ma’lumotlarga e’tiborni kuchaytirishdan qochish, suhbat chog‘ida o‘z “men” ini markaziy joyga qo‘ymaslik lozim. Bunda axloqning kamtarinlik va bosiqlik me’yorlari qo‘l keladi. O‘z fikrini uqtirishdan avval, noqulay vaziyatga tushib qolmaslik uchun suhbatdoshning ijtimoiy kelib chiqishi, shahs sifatida, aytilayotgan masala yuzasidan qanday ma’lumotga ega ekanligini bilib olgan yaxshi. Suhbatdosh hurmat qilishga, hatto uni fikrini noto‘g‘ri deb hisoblaganda ham oxirigicha eshitish bilan shahsning so‘z erkinligini ta’minlashga intilish lozim. Download 8.98 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling