Muloqot etiketi


Download 68.17 Kb.
bet1/4
Sana08.02.2023
Hajmi68.17 Kb.
#1177533
  1   2   3   4
Bog'liq
Muloqot etiketi1

Muloqot etiketi

Muloqot etiketi

  • Muloqotni boshlash odobi
  • Suhbatni muloyimlik bilan boshlash
  • Ohangni to‘g‘ri tanlash
  • Tinglash odobi

Muloqotni boshlash odobi

Kattalar muloqotida ko'pincha muloqot madaniyati amalga oshiriladi, ya'ni bir-birlarini hurmat qilish, ishonish, anglash kabilar. Ammo ba'zi paytlarda muloqot buzilishi ham mumkin. Chunki ular ham ayrim paytlarda bir-birlarini tushunmasdan xafa qilib qo'yishlari, ko'ngilga og'ir botadigan gaplar aytib yuborishlari, natijada nizolarni keltirib chiqarishlari mumkin. Agar muloqot madaniyati kishilarda yaxshi shakllangan bo'lsa, ular bir-birlarini tushunishlari oson kechadi. Muloqot madaniyati yoshlikdan oilada, ijtimoiy muhit ta'sirida, o'z-o'zini anglash, tarbiyalash jarayonida shakllanishi mumkin. Biz kattalar yoshlarga namuna, ibrat bo'lishimiz bir-birimizga bo'lgan muloqotimizdan kelib chiqadi. «01tin so'zlar» (azizim, aylanay, o'rgilay, juda ham ajoyibsiz, bugun boshqachasiz, ochilib ketibsiz, kiyimingiz juda yarashibdi kabi) dan kundalik hayotimizda ko'proq, ammo o'rni kelganda foydalanishimiz zarur. Kattalar muloqotiga yoshlarning taqlid qilishlari orqali ularda muomala san'ati, madaniyati shakllanib boradi. Ayniqsa, oilada biz bu holatlarga e'tibor berishimiz kerak. Chunki «qush uyasida ko'rganini qiladi», degan naql bejiz emas.

Kattalar bir-birlariga verbal (og'zaki), noverbal va paralingvistik ta'sir ko'rsatadilar. Biz vaqti kelganda imo-ishora, mimika, pauzalar orqali ham bir-birimizga ta'sir eta olamiz. Bir so'z bilan ham xursand, yoki xafa qila olamiz. Shuning uchun doimo kattalar bir-birlariga samimiy munosabatda bo'lishlari lozim.

  • Kattalar bir-birlariga verbal (og'zaki), noverbal va paralingvistik ta'sir ko'rsatadilar. Biz vaqti kelganda imo-ishora, mimika, pauzalar orqali ham bir-birimizga ta'sir eta olamiz. Bir so'z bilan ham xursand, yoki xafa qila olamiz. Shuning uchun doimo kattalar bir-birlariga samimiy munosabatda bo'lishlari lozim.
  • Muloqot turli yoshlarda o'ziga xos bo'ladi. Masalan, kattalar ma'lumotlariga, yoshlariga, jinslariga, kasblariga qarab muloqotda bo'ladilar. Keksalar muloqoti o'ziga xosdir. Ular xuddi kichik bolalardek izzattalab, injiq, e'tibortalab bo'lib qoladilar. Keksalarga ehtiyotkor bo'lib muomalada bo'lish zarur, chunki ularning ko'ngillari nozik bo'ladi. Ularga ko'ngillarini ko'taradigan so'zlarni ko'proq qoilash zarur.
  • Demak, har bir yosh guruhiga kiradigan kishilar, shu jumladan, kattalar ham o'ziga xos muloqotga kirishadilar. Muloqot har bir davrga xos holda amalga oshiriladi.

Download 68.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling